135
Bankning (lizing firmasining) ishi, mijozlarni qidirib
topish va buyurtmani
rasmiylishtirishdan boshlanishi zarur. Buning uchun xo’jalik tashkiloti unga xizmat
qiluvchi bank muassasalariga murojaat qiladi yoki uning o’zi haqiqiy mijozni-
ijarachilarni hamda dastgohlar va mashinalarni etkazib beruvchilarni topadilar.
Talabnoma dastgohlarni va ularni texnikaviy tavsilotini aniq ko’rsatgan holda
mahsus hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Shundan so’ng bank korxonaning o’zining
haqiqiy mijozini iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlarini o’rganadi. Odatda o’rganish
ob’ekti bo’lib keyingi yillardagi korxona balansi, foyda va zararlar to’g’risidagi
ma’lumotlar, korxonani rivojlanish loyihasi hisoblanadi, ya’ni uning kredit qobiliyati
baholanadi, ijaraga olgan dastgohlaridan foydalanganligi uchun o’z vaqtida
to’lovlarni berish qobiliyati baholanadi.
Moliyaviy nuqtai nazardan
mulkni sotib olish bahosi, uzoq muddatli kredit
uchun bank protsenti, daromad solig’i stavkasi, amortizatsiya ajratmasi normasi
to’g’risidagi ma’lumotlarni taxlil qilish alohida ahamiyatga egadir. Shuningdek
mulkning qoldiq qiymati, firma (bank) ning lizing operatsiyalari tahlil qilinadi.
Mijozning kreditini to’lay olish qobiliyati tahlil qilib bo’lingandan so’ng
shartnoma tuzish to’g’risida uzil-kesil bir qarorga kelinadi. Shartnomani tayyorlash
jarayonida (bosqichida) mulkni olish bilan bog’liq
barcha harajatlar baholanadi,
shartnoma muddati, vznosni to’lash davri oralig’i belgilanib, ijara bo’yicha
to’lovlarni hisoblab chiqiladi. Ijara haqini aniqlashni qulaylashtirish uchun ularning
to’lov muddati- har oyda, kvartalda, yarim yilda, bir yilda deb qabul qilinadi, ijara
haqini bankning uzoq muddatli kredit bergan davridan
ham uzunroq muddatga
cho’zish imkoniyatlari belgilanadi. Ijara haqini hisoblashda shuningdek soliq undirish
stavkalari va mulkni sug’urta qilish bo’yicha xarajatlar e’tiborga olinadi.
(Ijara to’lovlarini hisoblash ishlari bilan alohida shug’ullanish zarur bo’ladi).
Lizing firmasi yoki kompaniyasi ijarachining (ijara oluvchining) kreditni
qaytara olish qobiliyatini aniqlab shartnomaga imzo chekkandan so’n bitimdagi mulk
(ob’ekt) qiymatini to’laydi. Mehnat vositalari uchun uni etkazib beruvchiga ajratilgan
pul summasi lizing tashkilotining mahsus hisob raqamida aks etdiriladi. Bu hisob
136
raqamidan chegirib tashlash ijara haqi to’lovini kelib tushishiga qarab olib boriladi.
Bitim ob’ekt realizatsiya qilinguncha mulk lizing tashkiloti mulki bo’lib turadi.
Ijarachi (ijaraga oluvchi) mulk ob’ektini keltirganda qabul qilib olishga
majburdir. Dastgohlarni qabul qilish, o’rnatish,
komplekt holga keltirish va
foydalanish bo’yicha barcha texnikaviy va huquqiy qoidalar ijarachining shaxsiy
hisobidan ta’minlanadi.
Ob’ektni qabul qilishda ijaraga oluvchi uni kelib tushganini tasdiqlovchi
bayonnoma tuzadi. Bu hujjatni uning o’zi, mulkni etkazib beruvchi va sotuvchi
imzolaydi.
Bayonnomaning nushasi, ijaraga beruvchiga topshiriladi. Agar arendator lizing
bitimi tuzilgan ob’ektni, ya’ni mehnat vositalarini qandaydir kamchiliklarni tufayli
qabul qilishni hohlasa, u holda yuzaga chiqarilgan kamchiliklari ko’rsatib, asoslab
ijaraga beruvchini yozma ravishda xabardor qilishi zarur.
Bunday taklif ijaraga
beruvchiga mulkni etkazib beruvchini lizing shartnomasini bekor qilinishi va
ko’chirilgan pul mablag’larini qaytarilishini xabardor qilish huquqini beradi.
Ijaraga beruvchi imkoniyat boricha ijarachiga (arendatorga) zarur mehnat
vositalarini (texnika, dastgohlar, mashinalar va shunga o’xshashlar) etkazib
beruvchini topishiga yordamlashishi mumkin.
Bitimga ko’ra (bitim tuzilganda) ob’ektni ijaraga olib, ijarachi lizing firmasiga
ijara haqi vznoslari,
kredit uchun foiz, ijaraga bergan tomonning ustama xarajatlarini
qoplash uchun lizing stavkasi to’laydi. (Lizing stavkasi shartnomada kelishiladi).
Shundan so’ng lizing firmasi dastgohlarni keltirish uchun uni etkazib beruvchiga
buyurtma beradi. Ijaraga olinadigan mulk jo’natilgandan so’ng mulkni jo’natuvchi
to’lov talabnomasini tovarni kuzatuvchi hujjatlar bilan bankka beradi.
Agar u qandaydir sababga ko’ra o’z vaqtida ijara vznosini to’lay olmasa, u
holda ijarachi ijaraga bergan tomonga to’lov muddatini kechiktirishni so’rab
talabnoma yozadi. Kechirimli sabablar bo’lgan holda ijara haqining to’lov muddati
30 kungacha orqaga surilishi mumkin. Bir nushasi ijarachiga jo’natiladi. Dastgohlar
haqi to’langandan so’ng bank shartnomaga ko’ra balans va balansdan tashqarida
137
bo’lgan hisob raqami ochadi, ijarachining vznoslarini hisobga olish,
qabul qilish
ishlarini talab etadi. Kechiktirilgan to’lov muddati uchun ijarachi shartnomada
keltirilgan miqdorda peniya to’laydi. Hisob-kitob ishlari muttasil kechikib tursa
ijaraga beruvchi kontraktni uzib qo’yishi mumkin va lizing shartnomasini
muddatidan avval bekor qilinishi bilan kelib chiqqan barcha zararlar ijarachi
tomonidan qoplanishi lozim.
Amaliyotda lizingni quyidagi turlaridan foydalaniladi:
Dunyo amaliyoti turli xil lizinglarni biladi. Ular:
- operativ (tezkor) lizing;
- moliyaviy lizing;
- qaytariladigan lizing («Liz-bek»);
- xalqaro lizing.
Do'stlaringiz bilan baham: