4.Mahalliy va jahon bozoriga yaratilgan maxsulotni tatbiq etish.
1. G’oyaga ega yoshlarni to’plash jarayoni
Har bir viloyat yoki tuman, chekka qishloq bo’lishidan qat’iy nazar u yerda ixtirolar yaratishga moyil yoshlar va boshqa aholi qatlami mavjud. Ammo ularda o’z g’oyasini xayotga tatbiq etish yoki sotish uchun imkoniyati yo’q. Yoki bo’lmasam g’oyalari shunchaki qog’ozda qolib ketadi. Ammo ularning g’oyalariga e’tibor bersak ular qishloq xo’jaligi yoki texnologiya sohasida ajoyib natijalar keltirishi mumkin. Shu maqsadda biz ularni o’zimiz tashkil qilmoqchi bo’lgan markazlarimizga jamlaymiz va ularning g’oyalarini o’rganib g’oyalarini rivojlantiramiz.
2. G’oyalarni iste’molga tayyorlash.
Xar bir g’oya yaratilgan ilk paytida ma’lum kamchilikka yoki nuqsonga ega bo’ladi. Bu yaratuvchining malakasiga bog’liq. Ammo ko’plab ixtirochilarning fikri asosida ularni kamchiliklari bartaraf etilsa maxsulot ancha sifatli bo’ladi. Ko’plab jamoa a’zolari tomonidan ishlanmani yaratish bir kishi yaratgandan ko’ra samaraliroq bo’ladi. Shu maqsadda biz ishlanmalar bo’yicha gurux yaratamiz. Ular loyihaning dizayni yoki boshqa tomonlarini mukammallashtiradilar. Uni iste’molchilarga qulay holatga keltiradilar.
3. Ularga homiylik qilish va rivojlantirish.
Asosan bu sohani rivojlantirishda dastlabki moddiy yordam davlat tomonidan olinadi ammo chet el INVESTORLARI va tashkilotlari bu loyihaga katta qiziqish bildirishlari tabiiy hol chunki barcha davlatda innovatsiyaga qiziqish katta va bugungi kunda asosiy moddiy mablag’ ham shu sohada.
Demak dastlab davlatdan moddiy mablag` va bino ajratish talab etiladi.
Maxsulotlarni mahalliy va jahon bozoriga olib chiqish.
Asosiy masala bu yaratilgan maxsulotlardan moddiy foyda olishdir bunda asosiy etibor albatta bozorga qaratiladi shu bilan birga yaratilgan ixtirolarni qishloq xo`jaligi va energetika sohasida qo`llash katta foyda keltiradi. Ularni yuqori hajmda ishlab chiqarish esa foyda hajmini kengaytiradi. Bu masala ham bevosita davlat ko’magiga borib taqaladi.
Qishloq xo`jaligini rivojlanishi
Energetika sohasida yutuqlarga erishish
Dasturchilik maxsulotlari yaratish
Loyiha
ishlanmalar
Iqtisodiy foyda
Yaratuvchilarni rag’batlantirish
G`oyalar
LOYIHANI RAQAMLASHTIRISH.
RAQAMLASHTIRISHDAN KO’ZLANGAN MAQSAD.
Loyihani raqamlashtirishdan ko`zlangan asosiy maqsad bu loyiha qatnashchilarini jalb etish va ro’yxatdan o’tqazish jarayonini turli usullar bilan amalga oshirish loyihada yoshlarni faolligini yanada oshirish.