harakat sezgilari-
ning
rivojlanishi uchun juda keng imkoniyatlar maydonga keladi.
272
Bu yoshda bola ko‘p narsalarni o‘zi mustaqil ravishda qo‘liga
olib ushlab, timirskilab ko‘radi, stulga chiqib tushadi, karavot
tagiga kiradi, quti va eshiklarni tartib bilan ochib yopadi. Ana
shuning uchun bola yurgandan so‘ng uning predmetlarni bi-
lish doirasi juda kengayib, har kungi tinimsiz harakatlarida ju-
da ko‘p narsalarni bilib oladi va uning harakat sezgilari ham ta-
komillashadi hamda fazoni va fazoviy munosabatlarni (baland,
past kabi) anglay boshlaydi.
Ilk yoshiga kelib, bolaning barcha sezgi a’zolari tuzilishi jihati-
dan deyarli to‘la takomillashgan bo‘ladi. Ilk yoshda ko‘proq sezgi
a’zolarining markaziy qismlari takomillashadi. Ilk yoshdagi bola-
larga xos bo‘lgan miya po‘stida har qanday qo‘zg‘alishning keng
irradiatsiyalanish (yoyilish) xususiyati qisman bog‘cha yoshidagi
davrda ham saqlanib qolgan bo‘ladi. Bu esa bolalarda farq ajratish
sezgilarining takomillashuviga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun,
2–3 yoshli bolalar narsalarning farqini tez ajrata olmasliklari tu-
fayli har bir narsani bevosita ushlab, timirskilab ko‘rishga bo‘lgan
intilishlari bog‘cha yoshi dagi davrda ham qisman saqlanib qola-
di. Keyinchalik turmush tajribasining birmuncha ortishi bilan
ko‘rish va eshitish sezgilari teri, muskul va hara kat sezgilaridan
(ya’ni narsalarni hamisha bevosita timirski lab ko‘rishdan) ustun-
lik darajasiga ko‘tariladi.
Sezgilarning normal rivojlanishi bola
idrok
ining taraqqiyo-
ti uchun zamin bo‘ladi. Yoshidan oshib, bemalol yura va yugu-
ra oladigan bolaning idroki uning har kungi tinimsiz hara katlari
jarayonida takomillashib, narsalar haqidagi tasavvurlari aniqla-
shib boradi, lekin katta odamlar idrokidan keskin farq qiladi.
Bi rinchidan, bog‘chagacha tarbiya yoshi dagi bolalarda turmush
tajribasi yo‘qligi tufayli ularning idroklari ham angla shilmagan
xarakterga ega bo‘ladi. Ular ko‘p narsalarga birinchi marta duch
keladilar. Shuning uchun bolalar idrok qiladigan ko‘p narsa lar
ular ga yangilik, ya’ni dastlabki taassurot kuchiga ega bo‘ladi.
Ikkinchidan esa, bolalarning idroki ko‘pincha ixtiyorsiz xarak-
terga ega bo‘ladi, ya’ni ularning idrokida muayyan bir maqsad-
ni ko‘zlash hali sezilmaydi. Shuning uchun ularning idro ki bir
narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ko‘chib ketaveradi. Le-
kin bu yoshdagi bolalarda hissiyoti kuchli bo‘lgani uchun ular
273
o‘zlarini qiziqtiradigan, hayron qoldiradigan, hissiy kechinmalar
uyg‘otadigan narsalarni idrok qiladilar.
Bu yoshdagi bolalar idrokining yana farqlanadigan tomoni
shundaki, ular idrok qilayotgan narsalarni umumlashtira olmay-
dilar. Atrof-muhitdagi narsalarni qanday bo‘lsa shundayligicha id-
rok qiladilar. Bu xususiyat ularning rasmlarni idrok qilishlarida
yaqqol ko‘rinadi. Masalan, bir yarim, ikki yoshli bolaga otning kal-
lasi solingan surat ko‘rsatilsa, u «otning o‘zi qani?» deb so‘raydi.
Ikki yoshga yaqinlashib qolgan bolaning idrokida narsalarni
bir-biridan farqlash juda yaqqol ko‘rinadi. Masalan, bola suratda
tasvirlangan it, ayiq, qarg‘a, koptok, mashina va hokazolarni be-
malol tanib, ajrata oladi.
2–3 yoshli bolalarning idroklarida ayrim fazoviy elementlar
ham ko‘rina boshlaydi. Masalan, ular narsalarning katta-kichik-
ligini farqlay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar «katta», «kichik»
so‘zlarini hali ayta olmasalar ham bunday tushunchani imo-
ishora va allaqanday ovoz chiqarish bilan ifodalashga intiladilar.
Katta narsalar haqida qo‘llarini baland ko‘tarib «u-u-u» deyish-
lari kichkina narsalarni ifodalamoqchi bo‘lganlarida esa «burun-
larini bujmaytirib, ko‘zlarini yarim yumib, ingichka ovoz chiqa-
rib «i-i-i» deyishlari mumkin.
Ilk yoshidagi bolalarning nutqni egallashlari idrokning yana ham
rivojlanishi uchun juda katta imkoniyat tug‘diradi. Nutqni egallagan
bola idrok qilayotgan narsalarning nomini ataydigan bo‘ladi. Bu id-
rokning onglilik darajasini yanada o‘stiradi. Ana shu davrdan bosh-
lab bola endi nutq orqali ham (ya’ni narsalarning nomini eshitish
orqali) idrok qila ola digan bo‘ladi. Bola nomini bila olmagan narsala-
ri haqida «Bu nima?», «Buning oti nima?» deb savol bera boshlaydi.
Ilk yoshidagi bolalarda vaqtni idrok qilish juda sodda, ya’ni
boshlang‘ich holatda bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar faqatgina hozir-
gi zamon vaqti bilan yashaydilar. Ular shu kunni, ayni shu da-
qiqani yaxshi tasavvur etib, o‘tgan va kelasi zamonni noaniq,
pala-partish tasavvur etadilar. Eng ko‘p ishlatiladigan vaqt tus-
hunchalaridan «kecha», «bu gun», «ertaga» va «indinga» kabilar-
ni ham ko‘pincha almashtirib yuboradilar. Vaqt tushunchalarini
idrok qilishdagi bu qiyinchiliklar bolalarda ko‘pincha bog‘cha
yoshining dastlabki davrlarida ham saqlanib qoladi.
274
Shunday qilib, ilk yoshdagi bolalarning idroki kundalik faoli-
yatlarida tevarak-atrofidagi narsa va hodisalarni kuzatish va ular
bilan bevosita munosabatda bo‘lishi jarayonida har tomonlama
rivojlanib boradi. Bolalar idrokining mazmunan boyishiga nutq-
ni egallash juda katta ta’sir qiladi. Ana shu jihatdan olganda, tar-
biyachisining vazifasi nutqdan bolalar idrokini o‘stiradigan vosi-
ta sifatida keng foydalanishdir. Bolalar bilan ko‘proq gaplashish,
tevarak-atrofdagi narsalar haqida ko‘proq so‘zlab berish, bola-
larning turli-tuman savollariga mumkin qadar javob qaytarish-
ga harakat qilish, narsalarning asosiy va muhim xususiyatlariga
bolalarning diqqatlarini jalb qilish lozim. Bularning hammasi
bolalar idrokini o‘stirishning zarur va muhim yo‘llari hisobla-
nadi.
Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarda
diqqat
ning ixti-
yorsizligi va beqarorligi ularda tormozlanish jarayonining hali
kuchsizligi bilan bog‘liqdir. Bu yoshda gi bolalarda tormozlanish-
ga nisbatan qo‘zg‘alish jarayoni kuchli (ustun) bo‘lganligi sababli
qo‘zg‘alish jarayoni bilan tormozlanish jarayoni muvozanatlasha
olmay, qo‘zg‘alish ustunlik qiladi va bosh miya yarimsharlarining
tobora yangi-yangi qismlariga tarqalib ketaveradi. Ana shuning
uchun kichik bolalarning diqqati bir narsadan ikkinchi narsaga
chalg‘ib ketaveradi. Masalan, bolaga yangi o‘yinchoq bersangiz u
o‘yinchoqni juda qiziqib ko‘ra boshlaydi. Lekin ayni shu paytda
yana bir boshqa o‘yinchoqni ko‘rsatsangiz, birinchi o‘yinchoqni
tashlab, ikkinchisiga talpinadi. Ilk yoshdagi bolalar diqqatining
beqarorligi fiziologik nuqtayi nazaridan ularda hali tormozlanish
jarayonlarining kuchsizligi bilan bog‘liqdir. Tormozlanish jara-
yoni qo‘zg‘alish jarayonining keng yoyilib ketishini to‘xtata ol-
maydi.
Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining g‘oyat beqaror bo‘lishi
turmush tajribalarining juda ozligi bilan ham bog‘liqdir. Bolalar-
ga hamma narsa yangilik bo‘lib tuyilaverganidan ularning diqqat-
lari bir narsadan ikkinchi narsaga tez-tez chalg‘ib ketaveradi. Bo-
la ko‘z o‘ngidagi narsaning o‘zi bolaga juda qiziq tuyilgani sababli
ham diqqati chalg‘ib ketadi. Masalan, N.M. Menchinskayaning
hikoya qilishicha, Sasha (1 yosh-u 8 oylik) «Echki va uning bola-
lari» haqidagi ertakni zo‘r qiziqish bilan tinglaydi. Bo‘ri kelib
275
eshik ni taqillatgani hikoya qilinganda, Sasha bo‘rining qanday
taqillatganini ko‘rmoqchi bo‘lib, devorga tap-tap etib uradi, le-
kin ba’zan taqillatishga shu qadar mahliyo bo‘lib ketadiki, ertak-
ni tamomila unutib qo‘yadi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda diqqatning bo‘linuvchanligi ju-
da zaif, ko‘lami esa tor bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar diqqatlarini
faqat ko‘zlariga yaqqol ko‘rinib turgan bir narsagagina qarata
oladilar. Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining rivojlanishida
nutqning roli juda kattadir. Bolaning tili chiqib nutqni egallay
boshlashi, katta kishilar bilan muloqotda bo‘lishdan tashqari,
ular ning ko‘rsatmalarini bajarish imkoniyatini ham beradi. Yu-
qorida aytib o‘tganimizdek, kichik yoshli bolalar kattalarga qara-
shishni, imkoni boricha ularning mehnatlariga aralashishni juda
yoqtiradilar. Kattalarning iltimos va topshiriqlarini bajon-u dil
ado etadilar, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga oid oddiy yumushlar-
ni qiziqib bajaradilar, ota-onalariga xo‘jalik ishlarida qarashishga
harakat qiladilar. Mana shularning hammasi, diqqatni ma’lum
darajada to‘plash va muayyan bir maqsadga qaratishni talab eta-
di. Bu esa bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanishiga asos ya-
ratadi.
Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi, ya’ni ikki yoshga to‘lib
uch yoshga qadam qo‘ygan bolalarda diqqatning ixtiyoriy tu-
ri ham rivojlana boshlaydi. Bu yoshdagi bolalarda ko‘rinadigan
ixtiyoriy diqqat alomatlari katta odamlar ning buyruq va top-
shiriqlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlarda rivojla-
na boshlaydi.
Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolaning yoshi ulg‘ayib, atrof-
muhitdagi turli-tuman narsalar haqida tasavvurlari ko‘paygan sari
uning
Do'stlaringiz bilan baham: |