Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Nazorat savollari:
1. Chaqaloqlik davri xususiyatlari haqida gapirib bering.
2. Chaqaloq bolalarning ovqat hazm qilish a’zolarining qan-
day o‘ziga xos xususiyatlari bor? 
3. Go‘daklik davrida bola nerv sistemasining rivojlanishi. 
4. Skolioz qanday kasallik?
5. Go‘daklik davrida psixik taraqqiyot xususiyatlari haqida ga-
pirib bering.
6. Bola nutqini rivojlanishi nimalar bilan bog‘liq? 
7. Bola nutqini o‘stirishda qanday mashqlardan foydalanish 
samarali hisoblanadi?
8. Tadqiqotchi F.I. Fratkina kattalarning go‘dakka qaratilgan 
nutqidan qanday ta’sirlanish holatlarini aniqlagan? 
9. Bolada hid va ta’m bilish analizatorlari qachon rivojla-
nadi?
10. Jonlanish kompleksi nima? 
11. Olti-yetti oylik bolalarda qanday taqlid qilish harakatlari 
paydo bo‘ladi? 
6.4. Ilk yosh davrida psixik taraqqiyot.
Ilk yoshdagi bolaning jismoniy jihatdan o‘sishi
Bola yoshidan oshgach, uning go‘daklik davri tugaydi. Bir 
yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davr odatda ilk yosh dav-
ri (bog‘chagacha yosh) deb yuritiladi. Bu davrda ham bola jis-
moniy va psixik jihatdan tez rivojlanishida davom etaveradi. Lekin,
uning rivojlanishi chaqaloqlik davridagiga nisbatan ancha sekin-
lashadi. Bola yoshidan oshgach, uning tashqi qiyofasi ancha 
o‘zgaradi. Bu o‘zgarish turli a’zolarning nisbati boshqacha bo‘lib 
qolganida ko‘rinadi. Bir yoshdan oshgan bolaning bosh suyaklari 
ilgarigidek tez o‘smaydi. Boshining o‘sishi biroz sekinla shib, uning 
o‘rniga qo‘l va oyoqlari tez o‘sa boshlaydi. Bola ning bo‘yi 25 sm 
o‘ssa, bir yoshdan ikki yoshga to‘lguncha bo‘lgan davr da 10 sm ga 
o‘sadi. Ikki yoshdan uch yoshgacha esa, bola ning bo‘yi faqat 6–7 
sm ga o‘sadi. Bog‘chagacha bo‘lgan davrda bolaning vazni ham 


266
ana shu ta riqa rivojlanadi. Agar tug‘ilgandan bir yoshga to‘lguncha 
bo‘lgan bolaning vazni uch barobarga ortsa, bir yoshdan ikki yosh-
gacha bo‘lgan bolaning vazni 3,5 kg ortadi. Ikki yosh dan uch yosh-
gacha esa faqat 1,5 kg ga ortadi. Shuni e’tibordan chetda qoldirmas-
lik kerakki, bolaning bo‘yi va vaznining o‘sishiga nisbatan bo‘lgan 
bu ma’lumotlar hamma bolalar uchun umumiy hamda o‘zgarmas 
emas. Bu ma’lumotlar o‘rtacha hisobga to‘g‘ri keladi. Kun tartibi, 
bola yeydigan ovqatning turlari, ayniqsa ovqatning miqdori, sifati 
va irsiy xususiyatlar bola bo‘yi hamda vaznining o‘zgarishiga kat-
ta ta’sir qiladi. Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalar suyaklari-
ning rivojlanishida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Bu yoshdagi 
bolalarda tog‘aysimon suyaklarning o‘sishi va qotishi tezroq da-
vom etadi. Umurtqa suyaklari borgan sari mustahkamlanib, suyak-
lanish (qotish) jarayoni tezlashadi. Umurtqa suyaklari ning bunday 
o‘zgarishi bola yurganda, yugurganda va murakkab sakrash ha-
rakatlarini bajarganda gavda og‘irligini ko‘tarish imkonini beradi. 
Biroq ilk yoshdagi bolalar umurtqa suyaklari hali juda ojiz va elas-
tik bo‘ladi. To‘g‘ri o‘tirmaslik, tekis qilib solinmagan o‘rinda yo-
tish natija sida bolaning umurtqa suyaklari qiyshayib o‘sishi mum-
kin. Bosh suyagining tutashmagan joyi, ya’ni kalla liqildoqlari bitib 
ketib, ensa va tepa qismlari o‘sadi. Bolaning dastlabki sut tishlari 
chiqib, jag‘i avvalgiga nisbatan aktiv ishlay boshlaydi.
Bir yoshga to‘lgan bolaning harakatchanligi ortib borgan sari 
uning ichki organlari faoliyatida ham muhim o‘zgarishlar yuzaga 
keladi. Ma’lumki, har qanday harakat qon aylanishi bilan nafas 
olishning aktiv ishlashini taqozo qiladi. Bola bir yoshga to‘lgach, 
bemalol yurib, har xil harakatlarni qiladigan bo‘lgach uning 
yurak vazni hamda o‘pkasining hajmi anchagina kattalashadi, 
yurak muskullari ham birmuncha mustahkamlanib qon bosimi 
bir qadar oshadi. Bu esa qon tomirlari urishining sekinlashi shiga 
olib keladi. Masalan, chaqaloq bolaning qon tomiri daqiqaga 
120–130 marta ursa, bog‘chagacha tarbiya yoshida bolaning yu-
ragi 110–120 marta uradigan bo‘lib qoladi. Bog‘chagacha tarbi-
ya yoshidagi bola organizmi juda ko‘p ozuqa moddalarni talab 
qiladi. Yoshidan oshgan bola turli xil ozuqa moddalarni asosan 
ovqatdan oladi. Bola yoshidan oshgach, ko‘krakdan ajratiladi. 
Ana shu davrdan boshlab uni kattalar iste’mol qiladigan ovqat-


267
larga sekin-asta o‘rgatila boshlanadi. Bolaning faqat ona sutini 
iste’mol qilishdan boshqa ovqatlarni ham iste’mol qilishga o‘tishi 
uning ovqat hazm qilish organla rida o‘zgarish yasaydi. 
Bolalarning jismoniy jihatdan normal va sog‘lom o‘sishlari 
uchun oilada ham MTMda ham ularning qat’iy rejim bilan 
sifatli ovqatlantirishga jiddiy e’tibor bilan qarash kerak. Ilk 
yosh dagi bola ovqatlanishida yuzaga keladigan bu o‘zgarishlar 
bolaning qon tarkibini ham o‘zgartiradi. Ovqatning turi ort-
gan sari qondagi eng muhim elementlar bo‘lmish gemoglo bin 
va erit rotsitlar miqdori ortadi. Lekin shunday bo‘lsa ham bu 
yoshdagi bolada organizmni yuqumli kasalliklardan muhofaza 
qilib turadigan oq qon tanachalari (leykotsitlar) yetarli miqdor-
da bo‘lmaydi va ular turli yuqumli kasalliklarga tez chalinadi-
gan bo‘ladi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bola jismoniy jihatdan 
tez o‘sishda davom etsa ham, u hali tashqi muhit o‘zgarishlariga 
yaxshi moslasha olmagan bo‘ladi. Shuning uchun muhitning 
salgina o‘zgarishi bolaga darhol ta’sir qiladi. Bola yangi muhit 
sharoitida tez toliqadi. 
Bolaning psixik jihatdan sog‘lom o‘sishi uchun uning orga-
nizmini mustahkamlaydigan tadbirlarga, ya’ni qat’iy kun tartibi, 
gigiyena qoidalari va organizmni sistemali tarzda jismoniy jihat-
dan chiniqtirishga rioya qilish kerak.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish