Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

29-rasm. 
Bolalar va kattalarda bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘idagi nerv 
hujayralarining tuzilishi.
Bosh miya katta yarimsharlari po‘stidagi nerv hujayralarini 
birlashtiruvchi nerv tolalarining usti miyelin deb nom olgan max-
sus parda bilan qoplana boradi. Bu jarayon bosh miyaning normal 
faoliyati uchun tayyor ekanini ko‘rsatuvchi belgidir. Nerv tolala-
rining miyelin qobig‘i bilan sekin-asta qoplanib borishi tabiiy 
jarayon bo‘lib, bu jarayonni tezlashtirsa bo‘ladi. Chaqaloq bola-
larni har gal yo‘rgaklash oldidan biroz harakatga solish, ya’ni qo‘l-
oyoqlarini harakat qildirish miyelinizatsiya jarayonini tezlashtira-
di. Mielinizatsiya jarayonining tezlashuvi bosh miya po‘stining 
jadal rivojlanishiga yordam beradi.
Bola yoshiga to‘lguncha jismoniy jihatdan tez o‘sar ekan,
uning nerv sistemasi ham rivojlanadi. Chunonchi, yangi tug‘ilgan 
bola miyasining umumiy vazni 1 yoshga to‘lguncha 600 gramm-
ga ortadi.
Chaqaloq bolalarning hamma analizatorlari (sezgi a’zolari) 
tug‘ilishidanoq me’yorida rivojlangan bo‘lib faoliyatga tayyor 
bo‘ladi. Bola teri analizatorlari orqali haroratni (issiq va sovuq-
ni), biron narsa tekkanini va og‘riqni sezadi. Chaqaloq bola ning 


252
badani haroratga nisbatan juda sezgir bo‘ladi. Shuning uchun 
tez sovqotadi. Bola tarbiyalanadigan xonaning harorati 20° dan 
kam bo‘lmasligi kerak. Agar bolaning yuzi yoki labiga qo‘lingizni 
tekkizsangiz, u darhol emish harakatlarini qila boshlaydi. Bola-
ning kiyimi yoki yo‘rgaklari buklanib qolib bo‘yniga yoki boshqa 
bir yeriga botsa, u bezovtalanib yig‘lay boshlaydi. Ana shulardan 
ko‘rinib turibdiki, chaqaloq bolaning teri analiza torlari dastlabki 
kunlardanoq yaxshi ishlaydi.
Bolada tug‘ilgan kunidan boshlab, hid va ta’m bilish ana-
lizatorlari ham normal ishlay boshlaydi. Chaqaloq bolaning 
og‘ziga biron taxir yoki achchiq narsa solinsa, u aftini burish-
tirib, bezovtala nib, so‘laklari bilan uni chiqarib tashlaydi. Bola 
qo‘lansa hiddan ham bezovtalanadi. Demak, chaqaloq bolalarda 
hid va ta’m bilish analizatorlari ham nor mal holatda bo‘ladi. 
Ko‘rish va eshitish analizatorlari murakkab analizatorlar hisobla-
nadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalarda bunday murakkab anali-
zatorlar ham faoliyatga tayyor bo‘ladi. Chaqaloq bolalarda ko‘rish 
refleksini bemalol kuzatish mumkin. Agar biroz qorong‘iroq uy-
da bola ko‘zlarini ochib yotgan paytida to‘satdan chiroq yoqib 
yuborilsa, u darhol yorug‘likdan ko‘zlarini yumib oladi. Lekin 
chaqaloq bolalarning ko‘rish analizatorlari (ko‘zlari) hali yaxshi 
takomillashmagan va ishlashga muvofiqlashmagan bo‘ladi. Yan-
gi tug‘ilgan bola dastlab faqat ko‘zining to‘g‘risidagi narsalarni 
ko‘ra oladi. Buning sababi shundaki, chaqaloq bolalarda ko‘z to‘r 
pardasidagi markaziy qismlargina sezish qobiliyatiga ega bo‘ladi. 
Ko‘rish retseptorlari joylashgan ko‘z to‘r pardasining chekka 
qismlari keyinroq ishga tushadi. Shuning uchun chaqaloq bola-
lar yon tomonlaridagi narsalarni yaxshi ko‘ra olmaydilar. Bun-
dan tashqari, ularda ko‘zni qimirlatadigan muskullar ham yax-
shi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shu sababli chaqaloq har ikkala 
ko‘zini ayni bir vaqtda barobar qimirlata olmaydi. Natijada bir 
ko‘zi g‘ilayroqqa o‘xshab turadi. Bola bir oyga to‘lgandan keyin 
har ikkala ko‘zi moslashgan holda harakat qiladigan bo‘ladi. Ana 
shu davrdan boshlab bola biron narsaga tikilib qaray olish qobili-
yatiga ega bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan bola dastlabki bir hafta davomida yaxshi eshit-
maydi. U faqat qattiq tovushlarnigina eshitishi mumkin. Bunga 


253
sabab shuki, bola ona qornidaligida uning o‘rta quloqlari suyuq-
lik bilan to‘lib qol gan bo‘ladi. Keyinchalik bu suyuqlik shimilib, 
singib ketgandan so‘ng o‘rta quloqning havo to‘lqinlari kiradigan 
yo‘li ochilib, bola eshitadigan bo‘ladi.
Ko‘rish va eshitish kabi murakkab analizatorlarning chaqaloq 
bolalarda hali yaxshi takomillashmaganligining sabablaridan yana 
biri yangi tug‘ilgan bolalarda bosh miyaning po‘sti yetarli darajada 
rivojlanmaganligidir. Barcha analizatorlarning markaziy qism-
lari esa bosh miya po‘stida joylashgan bo‘ladi. Bola tug‘ilgandan 
keyin birinchi oylarda uning bosh miyasi va ayniqsa, bosh mi-
ya po‘sti tez rivojlanadi. Miya po‘stida analiza torlar markaziy 
qismlarining rivojlanishi natijasida dastlabki shartli reflekslar-
ning vujudga kelishi uchun sharoit tug‘iladi. Ana shu tariqa bola 
bir oylik bo‘lgandan so‘ng uning teri, harakat, hid va ta’m bilish, 
ko‘rish va eshitish analizatorlarida shartli reflekslar paydo bo‘la 
boshlaydi. Bir oylik bolani qo‘lga olishingiz bilan yig‘isi to‘xtab, 
tinchib qoladi. Bu bolaning qo‘lga o‘rganib qolganini ko‘rsatadi. 
Bolaning qo‘lga o‘rganishi unda teri, hid, harakat (kinestezik) va 
ko‘rish analizatorlari bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab shartli ref-
lekslar vujudga kelganligini ko‘rsatadi. Shuni unutmaslik kerakki, 
noto‘g‘ri tarbiyalangan bolada bu refleks nihoyat darajada mus-
tahkam o‘rnashib qolib, natijada bola o‘z o‘rnida yotmaydigan 
va faqat qo‘lda uxlashni talab qiladigan bo‘ladi. Bu esa bolaning 
normal o‘sishiga zarar yetkazadi.
Bola ulg‘aygan sari ko‘rish va eshitish analizator lari bilan 
bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina shartli reflekslar yuzaga kela boshlaydi. 
Keyinchalik bu analizatorlar bolaning tevarak-atrofdagi muhitni 
bilib olishida tobora katta rol o‘ynaydi. Bola ikki oylik bo‘lganida, 
uning deyarli hamma analizatorlarida shartli ref lekslar paydo 
bo‘ladi. Bu shartli reflekslar tobora ko‘payib va murakkablashib, 
bola psixikasining o‘sishida fiziologik negiz bo‘lib qoladi.
Go‘daklik davrida psixik taraqqiyot
Go‘dak bolalar psixikasining rivojlanishi, birinchidan, ana-
lizatorlarning takomillashuvi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, 
mustaqil harakatlarining o‘sishi bilan bog‘liqdir. Analizatorlar ning 
tez takomillashuvi natijasida bola uch oylik bo‘lganidan so‘ng un-


254
da dastlabki shartli reflekslar yuzaga kela boshlaydi. Demak, ana 
shu davrdan boshlab bola psixikasi tez rivojlanish yo‘liga kiradi. 
Dastavval bolada harakat analizatorlari bilan bog‘liq bo‘lgan, un-
dan so‘ng eshitish va ko‘rish analizatorlari bilan bog‘liq bo‘lgan 
shartli reflekslar yuzaga keladi. Ana shu tarzda barcha analiza-
torlarga nisbatan har xil murakkablikda shartli reflekslar tobora 
ko‘plab yuzaga kela boshlaydi. Shartli reflekslarning yuzaga keli-
shi bola psixikasining rivojlanishi uchun moddiy zamin bo‘ladi.
Chaqaloqlik davri.
Keyinchalik, ya’ni ikki-uch oylik bolalarda anali za tor lar fa o-
liyatining takomillashuvi natijasida ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchi-
larni farqlash qobiliyati yuzaga kela boshlaydi. Dastavval turli 


255
ovoz larni, so‘ngra ayrim yorqin ranglarni, ta’mlarni, farqlay bosh-
laydi. Nihoyat, uch oylik bola atrofidagi juda ko‘p narsalardan 
odamni farqlaydigan va odamga nisbatan qandaydir boshqacha 
reaksiya qiladi gan bo‘ladi. Uch oy lik bola oldiga kelgan odamga 
tikilib, emotsional munosabatda bo‘la boshlaydi. U odamga uzoq 
vaqt tikilib qaraydi. Lablarini ha rakatlantirib, tilini aylantirib, 
go‘yo odamning nutqiga taqlid qilmoqchi bo‘ladi. Ana shu davr-
dan boshlab bolalar bilan imkoni bo‘richa mehribonlik ohangida 
gaplashib turish ke rak. Ana shunday munosabatlar natijasida bola-
da qandaydir faollik, kattalarga talpinish reaksiyasi yuzaga keladi. 
Psixologlar bolalarda kattalar bilan bo‘lgan munosabatdan yuza-
ga keladigan emotsio nal reaksiyalarni 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish