Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

28-rasm. 
Skolioz kasaliga uchragan bolaning qiyshayib qolgan umurtqa
suyagi.
Skolioz kasalligiga uchramaslik uchun bola yotadigan to‘shak 
tekis, boshiga qo‘yiladigan yostiq ham ortiqcha baland bo‘lmasligi 
kerak. Bola yurishga o‘rganayotganida goh o‘ng, goh chap qo‘lidan 
ushlab unga yordam berish lozim. Ana shu kabilarga rioya qil-
gandagina bolani skolioz kasalligidan saqlab qolish mumkin.
Yangi tug‘ilgan bolaning bosh suyagi hali yaxshi qotmagan 
bo‘lib, uning oldingi qismida peshana liqildog‘i va orqa qis mida 
esa ensa liqildog‘i bo‘ladi. Bola bir yoshga to‘lguncha uning kal-
la suyagi qotib, bu bo‘shliqlar (liqildoqlar) tutashib ketadi. Li-
qildoqlarning biri 2–3 oy mobaynida, ikkinchisi bola 12–14 oy-
lik bo‘lgandagina tutashib, bitib ketadi. Chaqaloq bolalar kal la 
suyagining hali yaxshi qotmaganligi va ayrim joylarining tu-


250
tashmaganligini nazarda tutib, ularni doimo ehtiyot qilish lozim. 
Bola yoshga to‘lib, yurib ketgach u jismoniy jihatdan ancha mus-
tahkamlanib boradi.
Chaqaloqlik va go‘daklik davrida bola nerv sistemasining
rivojlanishi
Bola psixik taraqqiyotining anatomik va fiziologik asosini 
tashkil etuvchi nerv sistemasining rivoj lanishi bolaning bir yosh-
gacha bo‘lgan davrida juda jadal sur’at bilan boradi. Bola ancha-
gina takomillashgan nerv sistemasi bilan tug‘iladi. Biroq chaqaloq 
bolalarning nerv sistemasi o‘zining tuzilishi va vazifasi (funksiya-
si) jihatidan katta odamlar nerv sistemasidan keskin farq qiladi.
Go‘dak bolalar nerv sistemasining hamma qismlari barobar 
rivojlanmaydi. Ularda eng oldin nerv sistemasining quyi qismlari, 
ya’ni orqa miya, uzunchoq miya takomillashadi. Chunki nerv sis-
temasining bu qismlari tug‘ma yo‘l bilan o‘tadigan shartsiz ref-
lekslarning markazlari hisoblanadi. Eng keyin nerv siste masining 
yuksak qismlari, ya’ni oliy nerv faoliyati bi lan bog‘liq bo‘lgan kat-
ta miya yarimsharlari va uning po‘stloq qismi takomillashadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalarning katta miya yarimsha rlari 
o‘zining tuzilishi va tashqi ko‘rinishi jihatidan katta odamlar mi-
yasidan deyarli farq qilmasada, vazni jihatidan keskin farq qiladi. 
Masalan, yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, katta odam lar mi-
yasining o‘rtacha vazni 1400 g bo‘lsa, yangi tug‘ilgan chaqaloq 
miyasining vazni 350–400 g bo‘ladi. Bundan tashqari, chaqaloq 
bolalar bosh miya yarimsharlari po‘stining burmalari katta odam-
larnikiga qaraganda juda kam bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq 
bolalar bosh miya katta yarimsharlari po‘stidagi nerv hujayrala-
rining soni katta odamlarnikidan kam bo‘lmaydi, ya’ni 14–15 
milliard bo‘ladi. Bosh miya katta yarimshar lari po‘stidagi nerv 
hujayralari (neyronlar) odamga tug‘ilishdanoq ma’lum miqdor-
da berilgan bo‘ladi. Keyinchalik odamning individual hayoti da-
vomida bunday nerv hujayralari birorta ham qo‘shilmaydi. Farq 
faqat shundaki, chaqaloq bolalar bosh miyasi katta yarimshar-
lari po‘stidagi nerv hujayralari hali tuzilishi jihatidan juda sodda, 
hajm jihatidan kichik, o‘simtalari (dendrit va neyrit) yaxshi rivoj-
lanmagan bo‘ladi. Bolalar nerv sistemasining rivojlanishi davo-


251
mida har bir hujayradan ko‘proq miqdorda dendritlar o‘sib chiqa-
di. Shu tariqa bolalar bosh miyasi katta yarimsharlari po‘stining 
sathi orta boradi.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish