J. Piaje (1896–1980-yy.)
239
L.S. Vigotskiy o‘zining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini
ilmiy asoslab, ta’riflab bera olgan. Olim eng muhim psixik yangi-
lanishlar haqida ilmiy va amaliy mulohazalar bildirgan. Biroq bu
mulohazalarda ancha munozarali, bahsli o‘rinlar ham mavjud.
Umuman L.S. Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariya-
si ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega, uning rivojlanishni amalga oshi-
ruvchi inqirozlar to‘g‘risidagi g‘oyalari hozirgi kunning talabla-
riga mosdir.
D.B. Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N. Leontev)
nazariyasiga, har qaysi rivojlanish bosqichida biror faoliyatning
ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning
inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning asosiy
mohiyatini tashkil qiladi.
D.B. Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratish-
ni lozim topadi:
1) go‘daklik davri – tug‘ilgandan 1 yoshgacha, yetakchi faoli-
yati – bevosita emotsional muloqot;
2) ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha, yetakchi faoli-
yat – predmetlar bilan nozik harakatlar qilish;
3) maktabgacha davr – 3 yoshdan 7 yoshgacha – rolli
o‘yinlar;
4) kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 10 yoshgacha –
o‘qish;
5) kichik o‘smirlik davri – 10–15 yoshgacha – intim (dilkash,
samimiy) muloqot;
6) katta o‘smirlik yoki ilk o‘spirinlik davri – 16–17 yosh-
gacha, yetakchi faoliyat – o‘qish, kasb tanlash davri.
D.B. Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ay-
niqsa yosh davrlari psixologiyasida muhim o‘rin tutadi.
Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyandasi A.A. Lyub-
linskaya inson kamolotini yosh davrlariga ajratishda pedagogik
psixologiyaga faoliyat nuqtayi nazaridan yondashib quyidagi davr-
larni atroflicha ifodalaydi:
1) chaqaloqlik davri – tug‘ilgandan bir oylikkacha;
2) kichik maktabgacha davr – 1 oylikdan 1 yoshgacha;
3) maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr – 1 yoshdan 3 yosh-
gacha;
240
4) maktabgacha tarbiya davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha;
5) kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 11, 12 yoshgacha;
6) o‘rta maktab yoshi davri (o‘spirin) – 13 yoshdan 15 yosh-
gacha;
7) katta maktab yoshi davri – 15 yoshdan 18 yoshgacha.
Yuqorida keltirilgan ko‘pchilik olimlarning bola kamolotini
davrlarga ajratish muammolari o‘ziga xosligi bilan ajralib tura-
di. Biz ularni ham fiziologik, ham psixologik taraqqiyoti, faoli-
yat turlarining o‘zgarib turishi va organizmdagi sodir bo‘ladigan
xususiyatlarni hisobga olib bolalikni quyidagi davrlarga ajratish-
ni tavsiya etamiz:
1)
chaqaloqlik davri – 0–1 oygacha;
2) go‘daklik davri – 1 oydan – 1 yoshgacha;
3) ilk bolalik davri – 1–3 yoshgacha;
4) maktabgacha yosh davri – 3–7 yoshgacha;
5) kichik maktab yoshi davri – 6–11 yoshgacha;
6) o‘smirlik davri – 12–15 yoshgacha;
7) ilk o‘spirinlik – kollej, litsey davri – 15–18 yoshgacha.
Albatta bu davrlarni bir-biridan qat’iyan bir yosh bilan chega-
ralab qo‘yish mumkin emas. Bola o‘zining o‘sish davrida shu davr-
larni ertaroq yoki kechroq kechiradi, ammo bu davrlar bir-biriga
tabiiy bog‘lanib boradi va oldingisi keyingisiga zamin hozirlaydi.
Har bir davrda bolaning ayrim psixik tomonlarigina emas, balki
uning umumiy ko‘rinishi, yuz tuzilishi ham boshqacha ko‘rina
boshlaydi va ularning yosh belgilariga qarab ta’lim-tarbiya muas-
sasalariga qabul qilinadi.
Bolaning yosh belgisi uning taraqqiyoti darajasini ko‘rsata ol-
maydi. Chunki 2 ta bir yoshdagi bola belgisi jihatidan bir xil
bo‘lsa ham, taraqqiyot darajasi har xil bo‘lishi mumkin. Ma’lum
yosh bosqichiga tegishli bolalarning faoliyatlarida ham umumiy-
lik bordir. Masalan, chaqaloq bolalarning asosiy faoliyatlari kat-
ta odamlar bilan emotsional munosabatga kirishishdan, ilk
yoshdagi bolalarning asosiy faoliyatlari esa turli narsalar bilan
shug‘ullanishdan va nihoyat, maktabgacha ta’lim yoshidagi bola-
larning asosiy faoliyatlari o‘yindan iboratdir.
Kattalar har bir yosh bosqichidagi bolalarga ma’ lum talab-
lar qo‘yadi, ular bajarishlari mumkin bo‘lgan huquq va burch-
241
larini belgilaydi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bola o‘sib, rivojlanib bor-
gan sari uning imkoni yatlari ham ortib boradi. Natijada jamiyat
tomonidan bolalarga qo‘yilgan talablar, huquq va burchlarning
mas’uliyati ham orta boradi. Har bir yosh bosqichining oxiri-
ga kelganda jamiyat tomonidan belgilangan talablar, huquq va
burchlar bolaning imko niyatlari bilan mos kelmay qoladi, ya’ni
bola jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablardan o‘zib ketadi. Bu-
ning natijasida jamiyatning bolalar yosh bosqichi oldiga qo‘ygan
talablari, huquq va burchlari, axloq me’yorlari bilan bolaning im-
koniyatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladi. Har bir yosh
bosqichida maydonga keladigan krizis, ya’ni
inqiroz
davri ana
shunday jamiyat talablari bilan bolaning imkoniyatlari o‘rtasidagi
ziddiyatdan paydo bo‘ladi.
Bolalarning har bir yosh bosqichlarida (1,3,7, o‘smirlik davri
inqirozlari) yuzaga keladigan krizislarni, ya’ni inqiroz davrlarini
akademik I.P. Pavlovning dinamik stereotip haqidagi ta’limoti
orqali juda yaxshi tushuntirib berish mumkin. Ma’lumki, har
bir bola konkret bir oila muhitida yashar ekan, u shu muhit sha-
roitiga ko‘nikib, o‘rganib qoladi. Bola har kuni o‘z ota-onasi,
aka-ukalari bilan munosabatda bo‘ladi. U o‘zining ovqatlanadi-
gan idishlarini, atrofdagi o‘yinchoqlarini juda yaxshi tanib oladi,
ya’ni bolada mana shu o‘z oila muhitidagi hayot tarziga nisbatan
mustahkamlanib ketgan muvaqqat aloqalar sistemasi (dinamik
stereotip) maydonga keladi. Bola o‘sib, ulg‘ayib, oila muhiti-
dan maktabgacha ta’lim muassasiga borganida muhit o‘zgarishi
o‘rtasida tafovut paydo bo‘ladi. Muhitning mana shunday keskin
o‘zgarishi natijasi da bolada krizis, ya’ni inqiroz holati yuzaga ke-
ladi. Bunday krizis holati eski dinamik stereotip yoki turmush
tarzi batamom yemirilib, uning o‘rniga yangi dinamik stereotip
hosil bo‘lgunga qadar davom etadi. Bolaning maktab gacha ta’lim
muassasasiga borgisi kelmaydi hamda borganida yig‘lab qola-
di. Bunday holat bir qancha vaqt davom etgandan so‘ng bolada
bu muhitga nisbatan yangi dinamik stereotip maydonga keladi.
Nati jada bola hech narsani ko‘rmagandek, maktab gacha ta’lim
muassasasiga ko‘nikib ketadi. Shu narsani alohi da ta’kidlab o‘tish
kerakki, bir yosh bosqichidan ikkinchi yosh bosqichiga o‘tishida
yuzaga keladigan krizis davrlari hamma bolalarda ham bir xil-
242
da bo‘lavermaydi. Ayrim bolalarda krizis davri yaqqol namo-
yon bo‘lsa, boshqa bolalarda deyarli bilinar-bilinmas tarzda o‘tib
ketadi. Bu narsa turli yosh bosqichidagi bolalar ning nerv siste-
malari bilan bog‘liqdir. Masalan, nerv sistemasi mustahkam va
egiluvchan (plastik) bolalarda yangi dinamik stereotiplar tez va
osonlik bilan yuzaga keladi. Bunday, bolalarning xulq-atvorlari-
da krizis davri deyarli bilinmaydi. Aksincha, nerv sistemasi zaif
bolalarda yangi dinamik stereotiplar qiyinlik bilan uzoq muddat
davomida yuzaga keladi va bunday bolalarning xulq-atvorlarida
krizis davri yaqqol namoyon bo‘ladi. Ota-onalar va tarbiyachilar
bolalar ning yosh bosqichlarida uchraydigan ana shu hodisalarni
hisobga olgan holda ish olib borishlari kerak.
Bolalarning psixik taraqqiyotlarida muhim individual farq-
lar sezilib turadi. Buning asosiy sababi shundaki, bolalarning
psixik jarayonlari va psixologik sifat xususiyatlari bolaning yoshi
ulg‘ayishi bilan o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Bu psixik jarayon-
lar, psixologik sifat va xususiyatlar turli yosh bosqichida bola-
larning faoliyatlari negizida ta’lim-tarbiyaning ta’siri bilan tarkib
topadi. Bolalar dastavval psixik taraqqiyot tempi jihatidan bir-bir-
laridan farqlanadilar. Hamma bo lalar psixik jihatdan, ya’ni sez-
gi va idroklari, diqqat va xotiralari, nutq va tafakkurlari hamda
psixologik sifatlari jihatidan bir xilda rivojlanmaydilar. Masa-
lan, bolalarning bir yosh bosqichdan ikkinchi yosh bosqichiga
o‘tishning o‘rtacha bir muddati bordir. Ayrim bolalarda krizis
davr lari vaqtincha paydo bo‘lib, bir yosh bosqichidan ikkinchi
yosh bosqichigacha tez o‘tib ketadi. Boshqa bir bolalarda esa bu
jarayon juda cho‘zilib ketadi.
Turli yosh bosqichlaridagi bolalar ayrim faoliyat turlarini
o‘zlashtirish tempi jihatidan ham bir-biridan farq qiladilar. Ma-
salan, ayrim to‘rt-besh yoshli bolalar rasm chizishga qiynaladilar.
Ayrimlari yaxshi rasm chizadilar. Ayrim besh-olti yoshli bola-
larning diqqat va xotiralari sust bo‘ladi. Ular raqam va harf larni
tanishda nihoyatda qiynaladilar. Boshqa bir shu yoshdagi bola-
lar esa, oz vaqt ichida o‘rganib oladilar. Ayrim shaxsiy psixo logik
sifatlarning (mustaqillik, batartiblik kabi) yuzaga kelishida ham
xuddi shularga o‘xshash individual farqni ko‘rish mumkin. Turli
yosh bosqichidagi bolalarning psixik taraqqiyotlarida ko‘rinadigan
243
individual farqlarning asosiy sababi, birinchidan, ijtimoiy hayot
sharoitining har xilligi bo‘lsa, ikkinchidan, organi zmning tabi-
iy irsiy imkoniyatlarining ta’siridir. Bolalarda shartli reflekslar
ham turlicha muddat davomida hosil bo‘ladi. Ayrim bolalarda
oriyentirov ka refleksi yaqqol namoyon bo‘lsa, boshqa bo lalarda
biron narsaning tekkanini sezish refleksi, ya’ni taktil sezgilar
yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunday farqlar nerv sistemasi ning nasliy
xususiyatlari bi lan bog‘liqdir. Masalan, miyaning qandaydir jaro-
hati bilan tug‘ilgan bola psixik taraqqiyotdan orqada qoladi.
Turli yosh bosqichidagi bolalarning individual psi xologik xu-
susiyatlarini hisobga olgan holda yondashish, bolalarga nisbatan
individual munosabatda bo‘lishni ta’minlash bilan birga ularni
har tomonlama rivojlantirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |