236
Bolaning psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy faktorlardan
tashqari bolaning shaxsiy faolligi ham muhim ahamiyatga egadir.
Bola psixikasining taraqqiyotida bolaning shaxsiy faolligini to‘g‘ri
tashkil qilib, yo‘lga solib turilsa, undagi mavjud sifatlar faoliyati-
ning har xil turlarida namoyon bo‘lib o‘sayotganini hisobga olib
tursagina tarbiya muvaffaqiyatli bo‘ladi.
Bola psixikasi o‘yin, ta’lim, mehnat, ijtimoiy faoliyat va mu-
nosabatlar jarayonida taraqqiy etadi.
Har bir faoliyat bolaning
hayotini o‘zgarishi bilan turli yoshda turlicha xarakter kasb etadi.
Agar maktabgacha davrdagi bolalarning yetakchi faoliyati o‘yin
bo‘lsa, maktab yoshidagi bolalar faoliyati o‘qish, o‘rganishdan
ibo ratdir. O‘yin, o‘qish, o‘rganish, mehnat yoki ijtimoiy faoli-
yat turlari orasida keskin chegara bo‘lishi mumkin emas. Maktab
yoshi davrida o‘yin ham saqlanadi, u hatto katta yoshli kishilar
hayotida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat faoliyatiga esa
biz bolalarni juda yoshligidan jalb qilamiz. Lekin har bir faoli yat
turi o‘z mazmuni, tashkil etilishi bilan bolaning ham jismoniy,
ham psixik faolligini rivojlantirish imkonini beradi.
6.3. Psixik taraqqiyot va yosh bosqichlari
Bolalarning psixik taraqqiyotlarida ma’lum notekislik mavjud-
dir. Bu notekislik, birinchidan, bola tug‘ilib o‘sadigan muhit bi-
lan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, bolalarning individual imkoniyat-
lari bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat, ayrim bo lalar psixik taraqqiyot
uchun ko‘p pog‘onali oilada o‘sib rivojlansalar, boshqa bir bola-
lar faqat ishlaydigan ota-onasidan tashqari hech kimi yo‘q oilada
o‘sib rivojlanadilar. Biz bilamizki, bolaning psixik jihatdan rivoj-
lanishida uning katta odamlar bilan qiladigan faol munosabatlari
juda katta o‘rin egallaydi. Bola katta odamlar bilan bo‘ladigan
munosabatlarida o‘zining son-sanoqsiz savollariga javob oladi.
Binobarin, u yangi-yangi informatsiyalarga ega bo‘lib, psixik ji-
hatdan rivojlanadi. Yuqoridagi birinchi holatda, ya’ni bola ko‘p
kishilik (buvilik va buvalik) oilada o‘sib rivojlanganda tez-tez kat-
ta odamlar bilan faol munosabatga kirishib, ulardan ko‘p narsa-
larni bilib oladi. Ikkinchi holatda esa, o‘z
holicha qolib ketib,
psixik jihatdan yaxshi rivojlana olmaydi. Bu bolalarning notekis
rivojlanishidagi tashqi sabablardir.
237
Bolalar har xil individual imkoniyatlar, ya’ni
layoqatlar bi-
lan tug‘iladilar. Shuning uchun bolalarda psixik jihatdan rivoj-
lanishlariga ta’sir qiladigan ichki, ya’ni nasliy xususiyatlar har xil
bo‘ladi. Nasliy xususiyatlar, ya’ni turli sohalarga nisbatan bo‘lgan
tug‘ma layoqatlar hamma bolalarda bir xil bo‘lmaydi. Masalan,
bir bola matematikaga layoqatli bo‘lib tug‘ilsa,
boshqa bir bola
musiqaga nisbatan layoqatli bo‘lib tug‘iladi. Kimning qaysi so-
haga nisbatan layoqatli bo‘lib tug‘ilishi
genetika fanining muhim
muammolaridandir.
O‘tkazilgan kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, bolalarning
psixik taraqqiyotlari nisbatan
sekinlik bi lan yuzaga kelsa, ya’ni
uzoq muddat davomida jiddiy o‘zgarishlar sezilmasa, ayrim davr-
larda bolalarning psixik taraqqiyotlari qandaydir sakrash yo‘li bi-
lan jadal amalga oshadi. Bolalarning psixik taraqqiyotlaridagi
ana shunday sakrash yo‘li bilan amalga oshiriladigan jadal davr-
ni taraqqiyotning
Do'stlaringiz bilan baham: