Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Taqrizchilar:
Z.T. Nishonova
– Nizomiy nomidagi TDPU professori, 
psixologiya fanlari doktori. 
F.N. Vahobova
– «Lider» bolalar maktabi direktori, 
psixologiya fanlari nomzodi. 
S.T. Madaliyeva
– 1-TPK psixologiya fani o‘qituvchisi.
ISBN: 978-9943-4133-7-5 
© «Faylasuflar» nashriyoti, 2013.


3
KIRISH
Respublikamizda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish jarayonida hayo-
timizning barcha jabhalarida inson omilining roli ortib borayot-
gani kuzatilmoqda. Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni 
jahon andazalari darajasiga ko‘tarish, fan sohasidagi yangiliklarni 
amaliy hayotga tatbiq etish muhim masalalardan biri bo‘lib qol-
moqda. Ayniqsa yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularda fan 
asoslariga nisbatan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish 
davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. O‘zbеkiston 
Rеspublikasi Prеzidеnti I.A. Karimov «Tarbiyachi – ustoz bo‘lishi 
uchun boshqalarning aql-idrokini o‘stirishi, ma’rifat ziyosidan 
bahramand qilishi, haqiqiy fuqaro etib yеtishtirish uchun eng av-
valo tarbiyachining o‘zi aynan shunday yuksak talablarga javob 
bеrishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kеrak» – 
dеgan edi. Ta’limning yangi modelida jamiyatda mustaqil fikr-
lovchi erkin shaxsni shakllantirishga e’tibor berilar ekan, psixo-
logiya fanining vazifalari ham malakali mutaxassislar sifatida 
o‘zligini, o‘z qobiliyatlari, individualligi, ya’ni shaxsiy fazilat, xis-
latlarini bilgan tarzda ta’lim-tarbiya faoliyatini oqilona tashkil 
etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidor-
li kasb sohibi sifatida faoliyat ko‘rsata oluvchi shaxslarni tarkib 
toptirishdir. 
Psixologiya fanini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarni 
psixologiya fanining asoslari, tarixiy taraqqiyoti, hozirgi zamon 
psixologlarining ilmiy yondashishlari bilan, shuningdek, turli 
yoshdagi insonlarda o‘qish jarayonida shaxs fazilatlarini shakl-
lantirish qonuniyatlari va kasbiy malakalarni egallash xususiyat-
lari bilan tanishtirishdir. Hozirgi zamon tarbiyachisi ijtimoiy-kas-
biy vazifalarini bajarish uchun yuksak ma’naviy xislatlarga ega 
bo‘lishi, umumiy va kasb madaniyati, ziyoliligi, axloqiy pokligi, 
faolligi, shaxsiy hissiyotlarga berilmasligi, ijodiy tasavvur egasi, 
psixik jihatdan sog‘lom, davlatimiz fuqarosi sifatida mas’uliyatni 
his eta bilishi lozim. Tarbiyachilik kasbiga xos psixik holatlar va 
xarakter maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining o‘ziga xos 
xususiyatlarini tarbiyalashning psixik asoslari va qonuniyatlari 


4
haqida bilim, ko‘nikma va malakalar berishdan va ularni kasbiy 
faoliyatga tatbiq etishdan iborat. 
Pedagogika yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarida psixologi-
ya fanining asosiy vazifasi o‘quvchilarni barcha psixik jarayon-
lar va hodisalarning mohiyatini, hamda maktabgacha yoshda 
shaxs ning shakllanishi bilan bog‘liq holda shu jarayon va hodi-
salarning rivojlanishini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tushuntirib berishga 
o‘rgatishdir. O‘quvchilar psixologiyani o‘rganish natijasida bola-
larning psixik xususiyatlarini tushuntirib bera oladigan tarbiyachi 
bo‘libgina qolmay, balki shaxsning voyaga yetishida mas’ul o‘rin 
egallaydilar.
Ushbu o‘quv qo‘llanma bolalar psixologiyasi fanining asosiy 
muammolarini o‘z ichiga olib, u pedagogika yo‘nalishidagi kasb-
hunar kolleji va akademik litsey o‘quvchilari va o‘qituvchilariga 
mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanma umumiy psixologiya va bolalar 
psixologiyasi asoslaridan iborat bo‘lib, 10 bobdan iborat. Har bir 
bob o‘zining mazmuniga asosan yoritilgan bo‘lib mavzu oxirida 
mustahkamlash uchun nazorat savollari berilgan.
Psixologiyani o‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘z-o‘zini tarbi-
yalash, kasbiy xislatlar: diqqatlilik, kuzatuvchanlik, esda qoldira 
olish, oqilona ishlash xislatlarini o‘stirish bilan shug‘ullanishi, o‘z 
xayoli, ijodiy mustaqil fikrlashi, o‘z hislarini boshqara olishi, qo-
biliyatini o‘stirish zarurligi masalasi qo‘yiladi va rivojlantiriladi.


5

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish