Maktabgacha yoshdagi


Psixologiyaning fan sifatidagi vazifasi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Psixologiyaning fan sifatidagi vazifasi
psixik hayotning asosiy 
qonunlarini o‘rganishdan iboratdir. Psixologiyani o‘rganish 
odamning o‘zini va boshqalarni yaxshiroq tushunishiga, ular-
ning psixik holatini hisobga olgan holda yondashishiga yordam 
beradi. Kishi o‘zining kuchli va zaif tomonlarini ko‘ra oladi, 
o‘z ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, nuqsonlarni yo‘qotib 
borishga o‘rganadi. Psixologiyaning oxirgi yillardagi taraqqiyo-
ti ham aynan ana shu mezon talablariga javob berishi bilan xa-
rakterlanadi. Jamiyatimizda esa psixologik bilimlarni bevosita 
amaliyotga tatbiq etishga ehtiyoj katta. Birgina O‘zbekistonda 
kadrlar tayyorlash milliy dasturini oladigan bo‘lsak, uning bajari-
lishi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun psixologiyaning 
ara lashuvi zarur. Joylarda tashkil etilgan tashxis markazlarida 
faoliyat ko‘rsatayotgan amaliyotchi psixologlar o‘quvchilardagi 
rivoj lanish ko‘rsatkichlari, aqliy o‘sish omillari va iqtidoriga qa-
rab ta’lim-tarbiyani tashkil etishlari uchun qator diagnostik tad-
birlarni o‘tkazishlari zarurki, bu tadbirlar oxir-oqibat real sama-
ra berishi lozim. Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining kamolotiga 
psixologiya fani muayyan hissa qo‘shadi.
Psixologiya muammolari turli sohalar bilan bog‘liq bo‘lishi 
bilan birga hozirgi kun uchun o‘ta dolzarb vazifalarni hal qi-
lish bilan ham bog‘liqdir. Bularga ekologiya muammolari, zoo-
psixologiya va odamshunoslik muammolari, demografik va mil-
latlararo munosabatlar muammosi, insonparvarlik muammolari 
bilan bog‘liq psixologik muammolarni ko‘rsatish mumkin. Bu-
lardan tashqari moddiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish, mehnat 
samaradorligini oshirish, inson-inson, inson-texnika, yer-in-
son, inson-iqlim munosabatlari, oila munosabatlari, o‘z joni-
ga qasd qilish, turli jinoyatchilik singarilar ham o‘ta muhim 
bo‘lganligidan psixologik tadqiqotlar orqali aniqlanadi va tuza-
tishlar kiritiladi.


17
Psixologiya fanining tarmoqlari
Psixologiya fani jamiyatdagi barcha sohalarga kirib borgan 
bo‘lib barcha fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Har bir soha-
si o‘z yo‘nalishida psixologiyaning ma’lum bir yo‘nalishini ochib 
berish bilan, kasb-psixologiyasiga oid tushuncha va qarorlarni il-
gari suradi: 
pedagogik 
psixologiya
umumiy 
psixologiya
savdo
psixologiyasi
PSIXOLOGIYA
FANINING
PSIXOLOGIYASI
maxsus 
psixologiya
eksperimental
psixologiya
bolalar
psixologiyasi
ijtimoiy 
psixologiya
qiyosiy 
psixologiya
muhandislik 
psixologiyasi
sotsial
psixologiya
yuridik 
psixologiya
mehnat
psixologiyasi
yosh davrlari
psixologiyasi
Psixologiya fani jamiyatdagi barcha sohalarga kirib borgan bo‘lib 
hozirgi kunda uning 300 dan ortiq tarmog‘i mavjud.
– 
umumiy psixologiya
– psixologiya tomonidan aniqlanadigan 
eng umumiy qonuniyatlarni, bu fanda qo‘llaniladigan tadqiqot 
metodlarini, nazariy prinsiplarni, ilmiy tushunchalarni ta’riflaydi. 
Psixik jarayonlar, psixik holatlar, psixik xususiyatlardan iborat 
uchta asosiy kategoriyani birlashtiradi;


18
– 
pedagogik psixologiya 
– ta’lim-tarbiya jarayonining psixologik 
qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi. O‘qituvchi 
va tarbiyachilar uchun bolalar psixologiyasini va pedagogik psi-
xologiyani bilish, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Pedagogik psi-
xologiya ta’lim jarayonida o‘quvchilar psixikasini, ularni muvaf-
faqiyatli o‘qitish va tarbiyalashning psixik sharoitlarini tekshiradi. 
Pedagogika va maxsus fanlar psixologiyaning ma’lumotlari negi-
zida ish ko‘radi;
– 
yosh davr psixologiyasi
– turli yoshdagi odamlarning 
tug‘ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanishi jarayoni-
ni, shaxsning shakllanishi va o‘zaro munosabatlari qonuniyat-
larini o‘rganadi. Bolalar psixologiyasi bola rivojlanishining turli 
bosqichlarida uning psixikasini o‘rganadi;
– 
maxsus psixologiya
– psixik rivojlanishda normadan og‘gan 
bolalar, ya’ni anomal taraqqiyot psixologiyasini o‘rganadi. Patopsi-
xologiya – kasallar psixologiyasi. Oligofrenopsixologiya – aqli
zaiflar psixologiyasi, surdopsixologiya – kar-soqovlar psixologi-
yasi, tiflopsixologiya – ko‘zi ojizlar psixologiyasi; 
– 
ijtimoiy psixologiya
– jamiyatda odamlarning birgalikda-
gi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo‘ladigan tasavvur-
lar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarni 
o‘rganadi;
– 
mehnat psixologiyasi
– kishi mehnat faoliyatining psi xologik 
xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psi-
xologik jihatlarini o‘rganadi;
– 
muhandislik psixologiyasi
– avtomatlashtirilgan boshqaruv 
sistemalari operatorining faoliyati, odam-texnika o‘rtasida funksi-
yalarni taqsimlash va muvofiqlashtirish xususiyatlarini o‘rganadi;
– 
yuridik psixologiya
– huquq sistemasining amal qilishi bilan 
bog‘liq masalalarning psixologik asoslarini o‘rganadi;
– 
harbiy psixologiya
– kishining harbiy harakatlar sharoitida 
namoyon bo‘ladigan xulq-atvorini, boshliqlar bilan ijro etuvchilar 
o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o‘rganadi;
– 
savdo psixologiyasi 
– jamiyatda tijoratning psixologik sha-
roitlari, ehtiyojning individual, yoshga va jinsga oid xususiyat-
larini, xaridorga xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini aniq-
laydi, modalar psixologiyasi kabi masalalarini o‘rganadi;


19
– 
tibbiyot psixologiyasi
– shifokor faoliyati psixologiyasini, be-
mor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o‘rganadi. 
Shuningdek, psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psi-
xo logiyasi, boshqaruv psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, rahbar 
psixologiyasi, parapsixologiya va boshqa ko‘plab sohalar mavjud. 
Psixologiyaning qaysi tarmog‘ini olmang ular oldida turgan asosiy 
vazifalar mehnat faoliyatida odamlar ishini yengillashtirish va ta-
komillashtirishdan iboratdir.
Psixologiya fanining fanlar tizimida tutgan o‘rni
XVIII asrga kelib psixologiya falsafa tarkibidan ajra-
lib chiqdi va mustaqil fan darajasiga ko‘tarildi. Uning mus-
taqil bo‘lishi tez rivojlanishga olib keldi. Natijada XX asrga 
ke lib o‘zining eng muhim muammolarini ishlab chiqa bosh-
ladi. Hozirgi davr ga ke lib psixologiya fani o‘zining alohida 
o‘rganish metod la riga, o‘ziga xos vazifalariga va o‘z predmeti-
ga ega bo‘lib qoldi. Hozirgi vaqtda psixologiya inson haqidagi 
eng muhim fanlardan biri sifatida tan olinmoqda. Psixologiya 
falsafa, tabiatshunoslik, pedagogika, sotsiologiya, tabiiy fanlar, 
texnika fanlari, kibernetika iqtisodiyot kabi ko‘plab fanlar bi-
lan bog‘langan.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish