12
Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo‘lib
ruh va jon
tananing ajralmas qismlari ekanligi g‘oyasini ilgari surdi. Shu
sabab li ham Arastu psixologiya fanining otasi sifatida talqin qi-
linadi. «Psixologiya», ya’ni jon haqidagi fan so‘zi (yunoncha «psy-
che» – ruh, jon, «logos» – fan, ta’limot ma’nosini anglatadi)
bizning davrimizda ham saqlanib qolgan.
«Tibbiyotning otasi» Gippokrat (er.av. 460–377-yy.) tafakkur va
sezgi organi miya ekanligini ta’kidlaydi. Uning yozishicha: «Ma-
na shu qism bilan biz fikrlaymiz, yaxshi va yomonni ajratamiz,
tanamizning mana shu qismi bilan ko‘ramiz. Miya sog‘ holatda
bo‘lgandagina biz sog‘ fikrlaymiz». Gippokratning ishlari orasida
eng katta shuhrat keltirgani temperament haqidagi ta’limotdir.
Bu barcha anatomo-fiziologik ma’lumotlarni rimlik tabib
Klavdiy Galen (er.av. II asr) umumlashtirdi va yangilari bilan bo-
yitdi. Uning asarlaridan XVII asrgacha keng foydalanildi. Har xil
muskullarga boruvchi nervlarni kesish bilan Galen shu xulosaga
keldiki, tananing nervsiz birorta qismi yo‘q, birorta harakat, biror-
ta hissiyot ularning ishtirokisiz kechmaydi. Eks perimentlar orqali
Galen orqa miyaning funksiyalarini ham aniq ladi. Agar orqa mi-
yani ko‘ndalang kessa, kesilgan joydan pastda joylashgan barcha
tana qismlari harakatchanligi va sezuvchanligini yo‘qotadi, degan
xulosani olim asoslab berdi. Geraklit, Demokrit, Aflotun, Aras-
tularning ta’limotlari keyingi asrlarda psixologik g‘oyalarning
rivojlanishi uchun tayanch nuqta bo‘ldi. «Bu – ruhiy dunyosi ul-
kan odam» deganda biz jismsiz va abadiy barhayot narsani emas,
balki psixikani nazarda tutamiz.
XVII asr psixologlar ko‘z o‘ngida psixikaga bo‘lgan
qarash-
larning tubdan o‘zgarish davri sifatida namoyon bo‘ladi. Psixo-
logik fikr taraqqiyotidagi yangi davrni «fanlar malikasi» bo‘lib
hisoblangan mexanika ta’sirida paydo bo‘lgan konsepsiyalar ochib
berdi. Bu ta’limotlarning asosida fanning ulug‘ zahmatkashlari
Rene Dekart (1598–1660), Benedit Spinoza (1632–1677), Tomas
Robbe (1588–1679), Djon Lokk (1632–1704), Gomfrits Leybnits
(1646–1716) kabilar turar edi.
Fransuz matematigi, tabiatshunos va faylasufi Dekartning ismi
bilan psixologiya tarixidagi g‘oyat muhim bosqich boshlanadi. Ay-
nan u o‘zining ong haqidagi ta’limoti bilan Aristotelning ruh ha-
13
qidagi ta’limotidan psixika to‘g‘risidagi
tushunchalarning ajra lib
chiqishi uchun asos yaratdi. Dekartning fikricha: «Hayotni ruh bi-
lan bog‘laganlar xato qiladilar. Negaki o‘lim hech qachon ruh tu-
fayli sodir bo‘lmaydi, balki tananing muhim qismi dagi buzi lishlar
tufayli ro‘y beradi». Dekartga ko‘ra asoslar ning asosi shubhalanish-
dir. Uning fikricha hamma tabiiy va g‘ayritabiiy narsa lardan shub-
halanish kerak. Chunki shubhalanganda odam fikrlaydi. Bunga
Dekartning mashhur aforizmi «Men fikrlayapman, bundan chiqdi
mavjudman» asos bo‘ladi. O‘zining asosiy fikrlarini Dekart «Aqlni
boshqarish qoidalari», «Ruhlar ehti roslari», «Odam haqida» nomli
asarlarida bayon etgan. XVIII asrning eng yirik kashfiyotlari qa-
toriga refleks tushunchasi ning paydo bo‘lishini kiritish mumkin.
Refleks tushunchasi
Dekart fizikasida
paydo bo‘ldi.
Markaziy Osiyoda psixologik ta’li-
motlarning rivojlanishi VII–IX asrlar-
ga to‘g‘ri keladi.
Al-Xorazmiyning tib,
odam anato-
miyasi va fiziologiyasi sohasidagi bilim
his siy sezgining moddiy asoslarini qidi-
rishga yordam beradi. «Shaxsiy ruh –
u miyada bo‘lib, ular badan a’zolariga
asab orqali tarqaladi» deydi va aqlni
odam nafsining
kuchlaridan biri deb
hisoblaydi.
Abu Ali ibn Sinoning psixologik-fal-
safiy qarashlari «Tib qonunlari» asari-
da inson fiziologiyasi
va psixologiya-
si asosi da talqin etiladi. Ibn Sinoning
sezgini tashqi va ichki turlarini, miya-
ni nerv
sistemasining markazi ekan-
ligini, inson tana va jondan tashkil
topishi, miya insonni boshqarib turuv-
chi markaz ekanligi kabi fikrlari noyob
oltin xazina hisoblanadi.
Abu Nasr Farobiy Yaqin va O‘rta
Sharqda ilg‘or
ijtimoiy-falsafiy oqim
Do'stlaringiz bilan baham: