Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

sotsiogenetik konsepsiya 
– qobiliyat-
larning taraqqiyotini faqat tevarak-atrofdagi muhitning ta’siri bi-
lan tushuntiradi. K. Gelvetsiyning ta’limotiga ko‘ra, barcha odam-
lar aqliy va axloqiy rivojlanishi uchun tug‘ilishidanoq mutlaqo 
bir xil tabiiy imkoniyatga ega bo‘ladilar. Shuning uchun odam-
larning psixik xususiyatlaridagi farq faqatgina muhit va tarbiya-
ning turlicha ta’sir qilishi bilan vujudga keladi, deb tushuntiriladi. 
Bu nazariyaning xorijiy mamlakatlardagi hozirgi turli namoyan-
dalari psixikaning rivojlanishida ijtimoiy muhitning g‘oyat dara-
jada muhim roli borligini e’tirof etadilar. 
Inson shaxsining tarkib topishini o‘rganish davomida yuzaga 
kelgan sotsiogenetik konsepsiya fanda eksperimentlarning rivoj-
lanishi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, XVII asrning oxiri va XVIII 
asrning boshlarida hammaning diqqat-e’tibori mo‘jizakor tajri-
baga qaratilgan edi. Bu hodisa inson shaxsining tarkib topishi 
masalasiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Angliyalik olim Djon 
Lokk dunyoga kelgan yangi chaqaloq bolaning ruhini top-toza 
doskaga, taxtaga o‘xshatadi. Uning fikricha, bolaning top-toza 
taxta tarzidagi ruhiga nimalarni yozish mutlaqo katta odamlar 
ixtiyoridadir. Shuning uchun bolaning qanday odam bo‘lib ye-
tishishi, ya’ni unda qanday shaxsiy fazilatlarning tarkib topishi 
bola hayotdan oladigan tajribaga, o‘zgalar bilan muloqot jarayo-
nida oladigan hayotiy tushuncha va tasavvurlariga bog‘liqdir, deb 
ta’kidlaydi.
Bu tahlil etgan har ikkala yo‘nalishning namoyandalari, 
o‘z manfaatlarining tashqi jihatdan bir-biriga qarama-qarshi 
bo‘lishiga qaramay, insonning psixik xususiyatlarini biologik va 
ijtimoiy omillar ta’sirida avvaldan belgilangan va o‘zgarmas nar-
sa, deb e’tirof etadilar.
Ma’lumki odam shaxs sifatida muntazam qandaydir faoliyatda 
tarkib topib boradi, rivojlanadi, uning faolligi namoyon bo‘ladi. 
Bolaning psixik jihatdan taraqqiy etishida biologik (nasliy), ijti-
moiy, uzoq vaqt davomida beriladigan ta’lim-tarbiya va bolaning 
shaxsiy faolligi ta’siri muhim o‘rin egallaydi.


232
Psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda in-
son shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta’siriga 
bog‘liqligini dalillar asosida izohlab beradi. Nasliy yo‘l bilan 
odamga to‘g‘ridan to‘g‘ri bir qator tashqi alomatlar, tashqi xususi-
yatlar o‘tishi mumkin. Masalan, bolalar o‘z ota-onalarining tashqi 
jismoniy belgilarini, ya’ni bo‘y-bastini, ko‘zi va sochining rangini, 
yuz tuzilishi va shu kabilarni nasliy yo‘l bilan meros qilib ola-
di. Bolaning psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar nasliy yo‘l bilan 
tug‘ma ravishda to‘g‘ridan to‘gri berilmaydi. Lekin bundan nasliy 
xu susiyatlarning psixik taraqqiyotga mutlaqo aloqasi yo‘q, de-
gan ma’no kelib chiqmaydi. Nasliy xususiyatlarning psi xik taraq-
qiyotga taalluqliligi shundaki, ayrim psixik jarayon yoki psixik 
xususiyatlarning anatomik-fiziologik nishonalari naslga o‘tadi. 
Lekin psixik taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan ana shunday anato-
mik-fiziologik nishonalar odamga imkoniyat tarzida beriladi. Har 
qanday imkoniyat ham ro‘yobga chiqavermaydi. Ijtimoiy muhit va 
ta’lim-tarbiya tizimi noto‘g‘ri olib borilsa, imkoniyat tarzidagi la-
yoqatlar qobiliyatga aylanmay yo‘qolib ketishi mumkin. 
Demak, odamga imkoniyat tarzida beril gan nasliy xususiyat-
larning o‘zi tegishli muhit bilan bog‘lanmasa, bola psixik taraqqi-
yotida deyarli biron hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘la olmaydi.
Bola tug‘ilgan kunidan boshlaboq 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish