Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Ilk yoshdagi bolalar nerv sistemasining rivojlanishi
Bolaning bog‘chagacha yoshdagi davrida ham nerv sistema-
si tez rivojlanishda davom etadi. Bu davrda bosh miyaning hajmi 
va vazni anchagina ortadi. Masalan, bo la bir yoshdan ikki yoshga 
kirguncha bosh miyasining vazni 940 grammdan 1025 grammga 
ortadi. Ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda esa bola mi-
yasining vazni 1025 grammdan 1112 grammga ortadi. Bu davr-
da bola miyasi vaznining ortishi bilan birga miyaning ichki qism-
larida ham jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Miya po‘stidagi nerv 
hujayralarining (neyronlarning) tuzilishi murakkablashadi, ya’ni 
neyronlarning shoxsimon o‘simtalari tobora orta boradi. Bosh 
miya po‘stidagi nerv hujayralarining takomillashuvi turli assotsi-
atsiyalarning (muvaqqat aloqalarning, shartli reflekslarning) yu-
zaga kelishini osonlashtiradi va tezlashtiradi.


268
Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bola nerv sistemasining rivoj-
lanishida ham nerv tolalarining miyelinizatsiyalanishi davom 
etadi. Bu davrda asosan bosh miya yarimsharlaridagi nerv hu-
jayralarini bir-biri bilan bog‘lovchi nerv tolalari miyelin pardasi 
bilan qoplanib, bir-biridan ajratiladi. Bola psixikasining rivojla-
nishida buning ahamiyati g‘oyat kattadir. Chunki shu munosabat 
bilan, ya’ni miyelinizatsiya orqali nerv tolalarining bir-biridan 
ajratilishi bilan turli taasurotlar (qo‘zg‘alishlar) nerv sistemasida 
tezroq tarqaladi va ravshanroq aks ettiriladi. Nerv hujayralarini 
bir-biri bilan bog‘laydigan juda ham nozik nerv tolalari ning mi-
yelin pardasi bilan qoplanib, bir-biridan aj ratilishi butun nerv sis-
temasining tobora uyg‘un va puxta ishlashiga yordam beradi. Bu 
miya po‘sti nerv sistemasidagi barcha quyi boblar faoliyatini asta-
sekin o‘ziga bo‘ysundira boradi. Shu tariqa bolaning butun hayo-
tida oliy nerv faoliyatining roli orta boradi.
Ilk yoshdagi bolalarda shartli reflekslar tez va osonlik bilan 
yuzaga keladi, xili orta boradi. Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi 
bolalar nerv sistemasining rivojlanishidagi eng xarakterli tomon-
lardan biri shundan iboratki, bu davrda shartli tormozlanish ning 
oddiy turlari yuzaga kela boshlaydi. Shartli tormozlanishning 
ishlay boshlashi tufayli bu yoshdagi bolalar ayrim harakatlardan 
o‘zlarini darhol to‘xtata oladigan bo‘ladilar. Masalan, ikki yoshli 
bolaga «tegma», «jim bo‘l», «to‘xta», «yo‘q» kabi so‘zlarni tegish-
li qo‘l yoki boshqa ishoralar bilan aytilsa, u o‘zini ba’zi harakat-
lardan tiya oladi. Shartli tormozlar ko‘paya borgan sari ularning 
hosil bo‘lishi ham yengillasha boraveradi va bola o‘z xatti-harakat-
larini ifoda qila olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Oliy nerv faoli-
yatining ishida signallar sistemasining nisbati o‘zgaradi. Agar bir 
yoshgacha bo‘lgan bola asosan birinchi signallar sistemasi orqali 
tashqi muhitni aks ettirsa, ikki yoshga to‘lgandan so‘ng ikkinchi 
signallar sistema si ham ishga tusha boshlaydi. Lekin bog‘chagacha 
tarbiya yoshidagi davrda birinchi signallar sistemasining faoliya-
ti ustun bo‘ladi. Bu davrda ikkinchi signallar sistemasi doirasida, 
ya’ni nutq materiallari, so‘zlar, gaplarga nisbatan shartli reflekslar 
yuzaga kela boshlaydi. Bu yoshdagi bolalar anchagina so‘zlarning 
ma’nosini to‘gri tushuna oladigan bo‘ladilar.


269
Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalar analizatorlari ham 
tobora takomillashib boradi. Ularning ko‘rish, eshitish, ta’m 
va hid bilish, teri hamda harakat sezgilarining sezgirligi ancha 
o‘tkirlashadi. Ana shularning hammasi bog‘chagacha tarbiya 
yoshidagi bolalar psixikasining yanada rivojlanishi uchun qulay 
sharoit tug‘diradi.
Ma’lumki, bolaning bog‘chagacha tarbiya yoshidagi davri bu-
tun sezgi a’zolarining jadal taraqqiy etish davri, ya’ni 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish