Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Nazorat savollari:
1. Ilk yoshdagi bolalar psixikasining rivojlanishida erkin ha-
rakatlarning roli.
2. Ilk yoshdagi bolalar psixikasining rivojlanishiga umumiy 
xarakteristika bering.
3. Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarda sezgi va idrok-
ning rivojlanishi.
4. Bola taraqqiyotida senzitiv davr va uning mohiyatini tu-
shuntirib bering.
5. Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarda diqqatning rivoj-
lanishi.
6. Ilk yoshdagi bolalarda xotira va xayolning rivojlanishi.
7. Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarda tafakkur va nutq-
ning rivojlanishi.
8. Ilk yoshdagi bolalarda gigiyenik va axloqiy odatlarning 
tarkib topishi.


287
VII bob. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR 
FAOLIYATINING PSIXOLOGIK TAVSIFI 
7.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar taraqqiyoti va faoliyatining 
psixologik tavsifi
Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha yoshi 
bolalik davrining katta bir qismini tashkil etadi. Asosan mana 
shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyatlari rivojlanadi 
hamda shaxsiy individual xususiyatlari (shaxsiy fazilatlari) tarkib 
topa boshlaydi. Mashhur rus pedagoglaridan P.F. Lesgaftning 
fikricha, insonning maktabgacha yoshidagi davri shunday bir 
davr ki, ana shu davr mobaynida kelgusida qanday xarakter xislat-
lari paydo bo‘lishi belgilanadi va axloqiy sifatlarining asoslari yu-
zaga keladi. Insonning kamol topa borishida maktabgacha yosh-
dagi davrning ahamiyatiga doir P.F. Lesgaftning bu fikri buyuk 
rus pedagogi A.S. Makarenkoning quyidagi fikriga to‘la mos ke-
ladi. A.S. Makarenko bolalarni juda kichik davridan boshlab tar-
biyalash zarurligi haqida gapirib, tarbiyaning eng muhim asoslari 
bola ning besh yoshgacha bo‘lgan davri mobaynida yuzaga keltiri-
ladi. Mana shu davrda qilingan butun tarbiya, tarbiya jarayoni-
ning 90% ini tashkil etadi, degan edi.
Haqiqatan ham bolaning maktabgacha yoshidagi davri shu qa-
dar mazmundor va faol davrdirki, bu davr bolaning kelgusi o‘sishida 
albatta o‘z aksini qoldiradi. Shuning uchun maktabgacha yoshida-
gi davr ta’sir o‘tkazish kuchi jihatidan g‘oyat mas’uliyatlidir.
Bola ilk yoshdan maktabgacha davrga o‘tgach, uning butun 
yashash sharoitida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Birinchidan, bo-
la bog‘cha yoshiga o‘tgach, uning faoliyat doirasi ancha kengayib, 
mustaqilligi yanada ortadi. Uning o‘yinlari, xatti-harakatlari ham 
boshqacha mazmunga ega bo‘la boshlaydi. Ikkinchidan, bola ning 
butun faoliyatida nutqning roli orta boradi. Uchinchidan, bo-
la maktabgacha yoshga o‘tgach, muayyan dastur asosida maxsus 
pedagog tomonidan tarbiyalana boshlanadi. Maktabgacha yosh-
dagi bolaning yashash sharoitida yuzaga kelgan bu o‘zgarishlar 
uning jismoniy va psixik jihatdan o‘sib kamol topishniga ta’sir et-
may qolmaydi.


288
Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy jihatdan rivojlanishi
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bolaning jismoniy jihatdan eng 
tez o‘sadigan davri bir-ikki yoshligiga to‘g‘ri keladi. Bola uch yosh-
ga to‘lib maktabgacha yoshiga o‘tgandan so‘ng uning jismoniy ji-
hatdan o‘sishi bir qadar sekinlashadi. Bolaning jismoniy jihatdan 
o‘sishidagi notekislik bu davrda ham davom etaveradi. Masalan, 
bola tug‘ilgandan bir yoshga to‘lguncha bo‘yining o‘sishini qu-
yidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin. 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish