Nazorat savollari:
1. Kichik va o‘rta bog‘cha yoshi davridagi o‘yin faoliyatining
xususiyatlari.
2. O‘yin faoliyati davomida bolalarda qanday psixik jarayon-
lar rivojlanadi?
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyotida tur-
li o‘yin faoliyatlari, mazmunli va rollarga bo‘linib o‘ynaladigan
o‘yinlarning ahamiyatini aytib bering.
4. Bola psixik rivojlanishida o‘yinchoqlar qanday ta’sir
ko‘rsatadi?
5. Turli yosh guruh bolalariga qanday o‘yinchoqlar berish ke-
rak? Nima uchun?
7.3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limiy mashg‘ulotlari
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish shakllari nati-
jalarga erishish emas, balki bilim, mahorat va ko‘nikmalar hosil
qilish o‘quv faoliyatining maqsadidir. Bu maqsad uning asosiy
xususiyatini belgilaydi.
Bola rasm chizish jarayoniga qiziqsa va chiroyli chizishga ha-
rakat qilsa, bunday jarayon o‘yin yoki samarali harakat hisoblanadi.
Lekin qachonki bola rasm mashg‘uloti vaqtida o‘z oldiga ma’lum
maqsad qo‘ysa, bu harakatlar ta’lim ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Ma-
salan, avvalgilardan yaxshiroq rasm chizish, tasvirni to‘g‘ri bo‘yash
yoki tekis chiziqlar chizish ham shunday harakat turlariga kiradi.
Ta’lim olish vaqtida va bolaga oldingi avlod tomonidan
qoldirilgan tajribani yetkazib berishda bolaning psixik rivojla-
nishi amalga oshsada, bilim va ko‘nikmalarni aksariyat qismini
u kattalar bilan muloqotda, ularning talablarini, maslahatlarini
va ko‘rsatmalarini bajarish davomida o‘zlashtiradi. Shuningdek
o‘yin faoliyati, rasm chizish, buyumlar yasash va turli xil faoli-
yatlarda vujudga kelgan kundalik muloqot ham bolaning bilim
va ko‘nikmalarini kengaytirib boradi. Kattalarning bola bilan
bo‘lgan har xil uslubdagi muloqot negizida ta’lim yotadi.
Ammo u bolaning rivojlanishiga qarab sistematik xarakterga
ega bo‘ladi. Bolalar ijtimoiy maktabgacha tarbiya sharoitida muay-
yan dasturlar asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda ta’lim oladi-
lar. O‘yin usullari va samarali topshiriqlardan foydalanish bunday
307
hollarda muhim o‘rin egallaydi. Shu bilan birga mashg‘ulotlar
vaqtida bolalarga tanish bo‘lgan talablar qo‘yiladi: to‘liq va si-
fatli bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, tarbiyachini tinglash va
uning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarish. Mashg‘ulotlar orqali bilim
be rish o‘quv faoliyatini boshlang‘ich qoidalarini egallashda
muhim ahamiyatga ega. O‘quv faoliyatini boshlang‘ich qoidasi
bilim olish ga bo‘lgan qiziqishni shakllanishini va o‘rganish qobi-
liyatini o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi.
Atrof-muhit haqida yetkazilagan xilma-xil ma’lumotlar bolada
qiziquvchanlik paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kattalar tomonidan
gapirib berilgan va ko‘rsatilgan narsalar, yoki bolaning o‘z ko‘zi bi-
lan ko‘rganlari ham unda yangiliklarga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otishi
mumkin. Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda qiziquvchanlik ning
o‘sishi, aksariyat hollarda ular tomondan berilayotgan savollar soni
va ularning turini o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Uch-to‘rt yoshli
bolalar savollari yangi bilim olishga, tushunarsiz narsalarni aniq-
lashtirishga qaratilgan bo‘lsa, maktab yoshiga yaqinlashgan bola-
lar savollarini aksariyat qismini shunday savollar tashkil qiladigan
bo‘ladi. Turli xil hodisa sabablariga, ular orasidagi bog‘liqlikka qi-
ziqadilar. «Nimaga yomg‘ir yog‘yapti?»; «Nima uchun o‘simliklarni
sug‘orish kerak?»; «Nimaga doktor kasalni urib, eshitib ko‘radi?»;
«Yulduzlar qayerdan paydo bo‘ladi?»; «Traktorga kichik uyni joy-
lashtirsa olib keta oladimi?»; «Agar barcha suvlar dengizga quyilsa,
keyin ular qayerga g‘oyib bo‘ladi?». Bu olti yoshlik bolaning doim
berishi mumkin bo‘lgan savollarining kichik ro‘yxatidir.
Shunday bo‘lsada qiziquvchanlik bolani o‘qishga, sistematik
tarzda bilim olishga hali tayyorligini ta’minlay olmaydi. U yoki
bu hodisaga qiziqish bolada tez sodir bo‘ladi va shuningdek tez
yo‘qoladi ham, yoki boshqa bir qiziqishga aylanadi. Yuqorida kel-
tirilgan savollar ro‘yxatidan ko‘rinib turibdiki, bolani turli xil vo-
qelik sohalariga oid bo‘lgan hodisalar qiziqtiradi. Rivoj topgan
uslubga ko‘ra esa, hodisalarni aniq turlariga va jihatlariga bo‘lgan
barqaror qiziqish ta’lim tomonidan talab qilinadi. Bunday ho-
disalar matematika, ona tili, biologiya kabi o‘quv fanlarini maz-
munini tashkil etadi.
Ayrim hollarda maktabgacha yoshdagi bolalarda aniq va barqaror
qiziqish erta namoyon bo‘ladi va ular bolalarni bilim olishda hay-
308
ratlanarli natijalarga erishishlariga sabab bo‘ladi. Izlanishlarga ko‘ra
mashg‘ulotlar vaqtida bolalarga alohida, tarqoq ma’lumotlar emas,
balki aniq tartibdagi bilimlar berilsa, barcha bolalarda matemati-
kaga, tilga, jonli va jonsiz tabiat hodi salariga bo‘lgan qiziqish ke-
rakli me’yorda shakllanadi. Bu bilimlar bolalarga voqelikni barcha
sohasiga xos bo‘lgan hodisalarni asosiy bog‘liqligini tushuntirib
berishi kerak. Matematika sohasida bu o‘lchovni o‘lchanuvchiga,
qismni butunga, birlikni ko‘plikga bo‘lgan bog‘liqligidir. Til so-
hasida esa so‘z tuzilishini uning ma’nosiga bog‘ligligi, jonli tabiat
sohasida hayvonlarni va o‘simliklarni tuzilish xususiyatlarini ya-
shash sharoitiga bo‘lgan bog‘liqligidir va h.k..
Bunday obyektiv qonuniyatlarga asoslangan hodisalar bilan ta-
nishuvdan so‘ng bolalar ularni ayrim hollarda namo yon bo‘lishini
katta qiziqish bilan kuzatib boradilar. Bolalar ko‘z o‘ngida atrof-
muhitning notanish qirralari ochiladi va ular ta’limni ajoyib kash-
fiyotlarga yo‘l ekanligini tushunadilar.
O‘qish va doimo yangi bilimlarga ega bo‘lish istagi bolalarda
barqaror va aniq qiziqish uyg‘otadi. O‘qish qobiliyati avvalo o‘quv
topshirig‘ini bilim olish uchun bajarilayotgan topshiriq sifatida
tushunishni, bu topshiriqlarni amaliyotdan, xayotiy vaziyatlardan
ajrata olishni taqozo etadi. Maktabgacha yoshdagi bola ba’zida
matematik masalani eshitgach, uni yechish yo‘llariga emas, balki
masaladagi tavsiflangan vaziyatga qiziqish bildiradi. Shu sababli u
masalani yechishdan bosh tortadi: «Oyisi to‘rtta konfet yeb, ikki-
tasini o‘g‘liga bersa, birgalashib nechta konfet yeyishgan bo‘ladi?».
Bunday «adolatsiz» tasvirlangan masaladan achchiqlangan bola:
«Nimaga Valiga buncha oz konfet beradi? Teng bo‘lishishi kerak
edi», – degan savolni beradi. Boshqa hollarda bola tezroq javob
olish ilinjida o‘ziga tanish bo‘lgan taxminiy qo‘shuv va ayiruv
amallaridan foydalanadi. Ikkala holda ham bilim olishga intilish
yo‘qligi ko‘rinadi. Masala shartlarida tasvirlangan vaziyat, xayotiy
vaziyatni tasviri bo‘lganligi uchun muhim emas, balki masalalar-
ni to‘g‘ri yechishni o‘rganish uchun oddiy material ekanligini bo-
la tushunishi kerak. Masalani yechish mazmuni uni javobini tez
topishda emas, balki shartlardan kelib chiqqan holda, qaysi arif-
metik amalni qo‘llash lozimligini aniqlashda va bu mahoratdan
keyinchalik ham foydalana olishidadir.
309
Kichik va o‘rta maktabgacha yoshdagi bolalar odatda berilayot-
gan bilim va ko‘nikmalar o‘yinda, rasm chizishda yoki boshqa
ular ni o‘ziga jalb qiluvchi harakatda darhol qo‘llansagina, o‘quv
topshiriqlarini qabul qiladilar.
Maktab yoshiga yaqinlashgan bolalarda maxsus tashkillash-
tirilgan o‘quv sharoitida o‘quv topshiriqlarini o‘zlashtirilgan ma-
teriallarni darhol amalga oshirish imkoniyati bilan bog‘lamasdan
qabul qilish qobiliyati paydo bo‘ladi. Bilimni kelajakda «foyda
keltiradigan» qilib o‘zlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.
Didaktik o‘yinlar.
Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki,
Do'stlaringiz bilan baham: |