Maktabgacha yoshdagi


Maktabgacha yoshda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Maktabgacha yoshda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari:
Yoshi
0–1
1–2
2–3
3–4
4–5
5–6
6–7
Bo‘yi 
(sm) 
25
40
8
4
6–7
7–8
10
Maktabgacha yoshdagi bolaning tanasi, xususan, oyoqlari-
ning uzayishi tufayli gavdasidagi umumiy mutanosiblik o‘zgaradi. 
Maktabgacha yosh davrida bolaning oyoqlari nisbatan ko‘proq 
o‘sadi. Biroq shunday bo‘lsa ham 6–7 yoshgacha bo‘lgan bola-
ning suyaklari hali yaxshi qotmagan, ya’ni tog‘aysimon holatda 
bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning pay va muskullari hali 
baquvvat emasligiga qaramay juda harakatchan bo‘ladilar. 
Bola 7 yoshga yetgach, umurtqa suyagining bo‘yin qismida 
oldinga tomon, ko‘krak qismida esa orqaga tomon ma’lum dara-
jada egilish yuz beradi. Keyinchalik bolaning umurtqa suyagi 
mana shu shaklda saqlanib qoladi. Bola qaddi-bastining to‘g‘ri 
bo‘lishida umurtqa suyagining ana shunday holda saqlanib qoli-
shi juda katta ahamiyatga ega. Bog‘cha yoshidagi bolaning bosh 
suyagi ham tez o‘sadi. Bola uch yoshga to‘lgandan so‘ng bosh mi-
ya suyagining orqa va tepa tomonlari tez o‘sadi. 
Maktabgacha yoshda bolaning ichki organlarida ham jiddiy 
o‘zgarishlar ro‘y beradi. Masalan, bolaning yuragi hajm jihati-
dan chaqaloq bolaning yuragiga nisbatan 4–5 barobar kattalash-
gan, biroq uning muskullari hali yetarli darajada mustahkamlan-
magan bo‘ladi. Mana shuning uchun bog‘cha yoshidagi bolaning 
yuragi bir qisqarishda organizm uchun yetarli qon siqib chiqara 
olmaydi. Bola yuragining katta odamlar yuragiga qaraganda 


289
nisbatan tezroq urishining sababi ham mana shundadir. Chu-
nonchi, agar 1 yoshdagi bolaning yuragi bir marta qisqarishda
10,2 kub/sm qon siqib chiqarsa, 7 yoshli bolaning yuragi bir mar-
ta qisqarishda 23 kub/sm dan qon siqib chiqaradi. Katta yoshdagi 
odamning yuragi esa bir marta qisqarishda 60 kub/sm dan ortiq-
roq qon siqib chiqaradi. Maktabgacha yoshdagi davrda yurakning 
nisbatan tezroq ishlashi tufayli bolaning qon bosimi katta kishi-
larga nisbatan biroz kuchliroq bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nafas olish a’zolarining ishi-
da ham anchagina o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu yoshdagi bola-
lar o‘pkasining normal ishlashi va rivojlanishiga ko‘krak qafasi-
ning o‘sishi ko‘p jihatdan ta’sir etadi. Chunki, o‘pkaning faoliyati 
asosan ko‘krak qafasining shakli va elastikligiga (harakatchan-
ligiga) bog‘liq bo‘ladi. Bolalarning ko‘krak qafaslari nafas
olish uchun qulay emas. Bolalarda diafragmaning bir qadar tik 
joylashganligi ko‘krak qafasining vertikal uzunligini qisqartirib 
qo‘ygan. Bundan tashqari, maktabgacha yoshdagi bolalarda 
ko‘krak qafasi ning doirasi ham kattalarnikiga qaraganda juda tor 
bo‘ladi. Shu sababli bolalarning nafas olishlari katta odamlarning 
nafas olish lariga nisbatan nozikiroq bo‘ladi. Bolalar o‘pkasining 
hajmi yetarli darajada kattalashmaguncha chuqur nafas ololmay-
dilar. Natijada bolalar chuqur nafas olishning o‘rniga tez na-
fas olish bilan qoniqadilar. Bolaning bog‘cha yoshidagi davrida 
boshqa organlari kabi ko‘krak qafasining o‘sishi ham biroz sekin-
lashadi. Lekin ko‘krak qafasi doirasining kengayishi bu davr da 
ancha tez davom etaveradi. Bola ko‘krak qafasining doirasi yili-
ga 1–2 sm dan kengayib borib, 13–14 yoshga yetganda o‘z shak-
li va hajmi jihatidan katta odamlarning ko‘krak qafasiga yaqin-
lashadi.
Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrida nafas olishi-
ning miqdori deyarli o‘zgarmaydi. Lekin bu davrda bola haddan 
tashqari harakatchan bo‘lgani uchun uning organizmi juda ko‘p 
miqdorda kislorod talab qiladi. Shuning uchun bola mumkin qa-
dar ko‘proq ochiq havoda bo‘lishi kerak.
Ana shu yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, 
maktabgacha yoshiga kelib organizmining ishchanlik qobiliyati 
ancha oshadi. Shuning uchun bog‘chada va oilada ta’lim-tarbiya 


290
ishlari hamda bola faoliyati rejimini tuzishda bolaning jismoniy 
taraqqiyoti xususiyatlarini doimo hisobga olish zarurdir.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish