M avzu 3
: Jarohatdan keyingi stress buzilishlari
Reja\
1.
Stress. Jarohat stressi va jarohatdan keyingi stress buzilishlari.
2.
Jarohatdan keyingi stress buzilishi nazariyalari.
3.
Jarohatdan keyngi stress buzilishi diagnostik nazariyalari.
4.
Jarohatdan keyngi stress buzilishi psixoterapiyasi.
1. Stress. Jarohat stressi va jarohatdan keyingi stress buzilishlari
Ekstremal vaziyatlar inson psixikasiga kuchli ta'sir etishi natijasida unda
jarohatli stress paydo bo'ladi. Jarohat stressining psixologik oqibatlari jarohatdan
keyingi stress buzilishlarida nam oyon bo'ladi. Jarohatdan keyingi stress
buzilishlari jarohat stressini boshdan o'tkazish natijasida yuzaga keladigan
psixologik oqibatlardir, shu bilan birga jarohatdan keyingi stress buzilishlari
jarohatli stressi vaziyatini boshdan kechirgan 20 % insonlarda yuzaga keladi.
Bugungi kunda jarohatdan keyingi stress buzilishi termini ko'p hollarda tinchlik
davridagi ofatlarga nisbatan qo'llaniladi. Masalan: tabiiy ( iqlim, seysmik) .
ekologik va texnogen ofatlar, yong'inlar, terroristik harakatlar, baxtsiz hodisalar.
oilaviy dramalar, jinsiy zo'rlash.
Jarohatdan keyingi stress sohasida tadqiqotlar stress borasidagi tadqiqotlarga
bog'liq bo'lmagan holda rivojlangan , hozi
rgi kunga kelib ham bu ikki sohaning
um umiy tomonlari kam. 1936- yilda Gans Sele tom onidan taklif etilgan stress
konsepsiyasining asosini organizmni o'z -o'zini saqlash va stressorga qarshi tura
olish uchun resurslarning mobilizasiya qilish tashkil qiladi. Organizmga barcha
ta'sirlarni u stressning spesifik va nospesifik stereotipiga ajratgan, o'z o'rnida bular
um umiy adaptasion sindrom ko'rinishida nam oyon bo'ladi.
Bu sindrom o'z
rivojlanishida uch bosqichni o'taydi:
1)
Havotirlanish bosqichi
2) Rezinstentlik bosqichi
3)
Sarf qilinganlik bosqichi
Sele adaptasion energiya tushunchasini kiritdi. Uning sarflanishi organizmni
qarishiga va o'limiga olib keladi.
Umumiy adaptasion sindromning psixik ko'rinishi "emotsional stress" orqali
nam oyon bo'ladi. Stressni yengish o'z ichiga psixologik hamda fiziologik
m exanizm lam i oladi. Agar kelib chiqqan muammoli vaziyatdan chiqish harakatlari
samarali bo'lmay,
stress davom etsa patologik reaksiyalarga
va organik
jarohatlarga olib kelishi mumkin.
Ayrim hollarda stress jiddiy buzilishning sababi bo'lishi mumkin. Emotsional
stress ta'sirida yurak qon -tomir tizimi, oshqozon- ichak kasalliklari, immun
tizimning buzilishlari paydo bo'lishi mumkin.
38
Stressorlar odatda fiziologik( og'riq, ochlik, chanqoq , yuqori va past harorat
va hokazo) hamda psixologikka (
xavf, yo'qotish,aldanganlik, xafagarchilik)
bo'linadi. Psixologik o'z o'm ida emotsional va informatsionga bo'linadi.
Stressorlaming ta'siri psixik sohaning buzilishiga olib kelagan vaqtda stress
jarohatliga aylanadi. Bunday paytda mavjud konsepsiyalarga muvofiq dunyoning
kognitiv modeli, affektiv soha, nevrologik m exanizmlar buziladi.
Jarohat stressini boshdan o'tkazish ayrim insonlar uchun kelajakda ularda
jarohatdan keyingi stress buzilishini paydo bo'lishiga sabab bo'lib qoladi.
Jarohatdan keyingi stress buzilishi (JKSB)
- jarohat stressiga javob reaksiyasi
bo'lib, deyarli hamma odamlarda psixik buzilishni keltirib chiqarishi mumkin.
Jarohat stressi keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan 4 ta jarohatlar
xarakteristikasi:
1.
Sodir bo'lgan holat inson tomonidan anglanadi, ya'ni odam u bilan nima yuz
berganini va
shuning natijasida uning psixologik holati yom onlashganini biladi.
2.
Bu holat tashqi omillar bilan bog'liq.
3.
Boshdan o'tkazilgan holat odatiy hayot tarzini buzilishiga olib kueladi.
4.
Yuzaga kelagn vaziyat daxshat( vahima) ni va noshudlik hissini uyg'otadi.
Jarohat stressi —
odam va tashqi dunyoning o'zaro ta'siri natijasidir. Bu
normal bo'lmagan vaziyatga normal reaksiya bo'lib , odatiy holda
inson
tajribasida uchramaydigan vaziyatga munosabat natijasida paydo bo'ladigan holat.
Jarohat stressi uyg'otuvchi buzilishalr doirasi juda ham keng bo'lib, o'z hayoti
yoki yaqin kishisining hayotiga , jism oniy salomatlikka yoki " Men" obraziga
xatarli bo'lishi mumkin.
Jarohatga psixologik reaksiya o'z ichiga uch m ustaqil fazani oladi:
Bir inchi faza
- psixologik shok fazasi- ikki asosiy tarkibdan iborat:
1
.Tashqi muhitda mo'ljal olishning buzilganligi, faollikni yo'qolishi
2.Sodir bo'lgan vaziyatni inkor etish. Norm ada bu faza qisqa bo'ladi.
Ikkinchi faza —
vaziyatga va uning oqibatlariga emotsional reaksiya
bildirish.Bu kuchli qo'rquv , daxshat, g'azab, yig'i, ayblash kabi emosiyalar
shaklida namoyon bo'ladi. Asta- sekinlik bilan bu emosiyalar o'zini tanqid qilish
yoki o'zidan shubhalanish bilan almashadi.
Uchinchi fa za
- normal qabul qilish( reallikni qabul qilish, yangi paydor
bo'lgan vaziyatga moslashish).
39
Do'stlaringiz bilan baham: |