Ijtimoiy reablitatsiya


Jarohatdan keyingi stress buzilishi nazariyalari



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/84
Sana04.03.2022
Hajmi2,84 Mb.
#482052
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84
Bog'liq
2. N.Komilova, Ijtimoiy reabilitatsiya o`quv qo`llanma

2. Jarohatdan keyingi stress buzilishi nazariyalari
Bugungi kunda jarohatdan keyingi stress buzilishini paydo bo'lishini va 
rivojlanishini tushuntiruvchi um um iy qabul qilingan nazariy konsepchiya 
m avqjud emas.
Bir necha nazariy m odellar mavjud: psixodinamik, kognitiv, psixosotsial, 
psixobiologik yondashuv va oxirgi yillarda ishlab chiqilgan multifaktorli nazariya.
Psixodinamik, kognitiv va psixosotsial modellar psixologik modelga tegishli. 
U lar jarohatli vaziyatning qurboni bo'lgan insonlaming normal hayotga 
moslashishini analiz qilish asosida ishlab chiqilgan.
Psixodinam ik yondashuvga
binoan jarohat 
simvolizasiya jarayoning 
buzilishiga olib keladi. Freyd jarohat nevrozini narsistik konflikt deb qaragan. 
Zam onaviy psixodinam ik yondashuvga ko'ra jarohat bolalikdagi nizolaming 
aktualizasiyasidir. Bu m odel jarohatli ta'sim i butunlay tushuntirmaydi.
Kognitiv model
tarafdorlari vaziyatni kognitiv baholamoq kerak 
deb 
hisoblaydilar.( M: m en " yom on emasman" , balki " men yomon xatti-harakatni 
qildim".)
Kognitiv m odel bo'yicha jarohatli vaziyat dunyo va o'zi haqidagi 
tasavvurlaming buzilishidir. Bu model buzilishning etiologiyasi va patogenezni 
ham da sim ptom atikasini deyarli to'liq tushuntirmaydi, chunki u genetik , kognitiv, 
emotsional ham da xulq-atvor omilini hisobga oladi.
Garovis tom onidan ishlab chiqilgan 
informatsion model -
kognitiv, 
psixoanalitik, psixofixiologik m odellam i takomillashtirish natijasidir. Stress bu 
ichki va tashqi axborotlarining yig'indisi 
bo'lib, kognitiv sxemalar bilan mos 
tushmay qoladi, natijada axborotlaring 
ortib ketishi yuzaga keladi.Qayta 
ishlanmagan axborot ong ostiga o'tadi, ammo faol shaklda qoladi , saqlanadi. 
Og'riqdan qochish tam oyiliga bo'ysunib inson axborotni ongsiz shaklda saqlashga 
harakat qiladi,ammo vaqti- vaqti bilan jarohat axboroti qayta ishlash qismi bo'lib 
ongli holatga o'tadi.Bu model to'liq differensiallanmagan, oqibatda jarohatli 
vaziyatlarda individual farqlami hisobga olish kerakligini ko'rib chiqmaydi.
Psixosotsial yondashuvga
ko'ra jarohatga ta'sir ko'p omillidir, shuning uchun 
har bir omilni hisobga olish lozim.Bu yondashuvning asosida Garovisning modeli 
yotadi, ammo bu m odelning mualliflari va tarafdorlari tashqi muhit omillarini ham 
hisobga olish kerak deb hisoblashadi: ijtimoiy qo'llab- quvvatlash omili, 
demografik om il , m adaniy xususiyat, qo'shimcha stresslar. Psixik jarohat 
qurbonining m oslashishi muvaffaqiyatli bo'lishiga ta'sir etuvchi asosiy ijtimoiy 
omillar ajratilgan: jarohatdan keyin jism oniy oqibatlaming yo'qligi, mustahkam 
m oliyaviy ahvol, avvalgi ijtimoiy statusning saqlanganligi, jam iyat va ayniqsa 
yaqin kishilar tom onidan ijtimoiy qo'llab- qo'vvatlashning mavjudligi.Oxirgi omil 
eng muhim omil hisoblanadi. Ijtimoiy atrof bilan bog'liq bo'lgan quyidagi
40


stressogen vaziyatlar ajratiladi: urushda tajribasi bo'lgan odamlar jam iyatga kerak 
emas, urush va uning qatnashchilari mashhur emas, urushda bo'lgan va bo'lm agan 
insonlar o'rtasida o'zaro tushunish yo'q, jamiyat urush qatnashchilarida aybdorlik 
hissini shakllantiradi.
M ultifaktorli konsepsiyada
nimaga jarohat stressini boshdan kechirgan ayrim 
insonlar jarohatdan keyingi stress buzilishidan azoblanadiyu, boshqalarda esa 
bunday holat kuzatilmasligini tushuntirishga harakat qilinadi. Bu konsepsiyada 
uchta guruh omili ajratiladi, ulaming o'zaro qo'shilishi jarohatdan keyingi stress 
buzilishiga olib keladi:
1. 
Jarohat vaziyati bilan bog'liq omillar: Jarohatning og'irligi, uning 
kutilmaganligi, boshqarib bo'lmasligi
2. 
Himoya omillari: sodir bo'lgan vaziyatni anglab yetish qobiliyati, ijtimoiy 
qo'llab - quw atlashning mavjudligi, jarohat haqida gapirib berish imkoniga ega 
insonlar boshqalarga nisbatan o'zini yaxshiroq his qilishi bilan farqlanadi va 
shifokorlarga kamroq murojaat qilishadi.
3. 
Xatarli omil: jarohat paytidagi yosh, avvalgi salbiy tajriba, psixik buzilishlar 
, past intellekt va ijtimoiy- iqtisodiy daraja.

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish