■S
N im a voqea ro'y berganini anglab yetganingizdan so'ng, aqlingizga
kelgan birinchi fikr nima edi?
S
N im a bo'lishini bilganingizdan so'ng sizning birinchi fikringiz qanday
edi? (ushbu savol bevosita guvox bo'lmagan kishilar uchun ta'luqli hisoblanadi)
K ishilar ko'pincha voqeadan so'nggi birinchi fikrlarini bayon etishga
qarshidir, chunki ular birinchi
fikr ojizlik va qo'rquvni namoyon etadi deb
xisoblaydilar. Birinchi fikr ko'pincha yurakdagi xavotirni ochib beradi.
Keyingi
savol quyidagicha: "Voqea sodir bo'lmasdan oldin nima bilan shug'ullanayotgan
edingiz?", "N im a uchun siz bajargan ishingizni bajarishga qaror qildingiz?".
So'nggi savolga ko'pincha birinchi fikr ishtirokchilari ximoya qilinadi. Tezkor
harakat vaqtida ishtirokchilarda g'azab paydo bo'lishi mumkin (boshqaruvchilarga
nisbatan), chunki yuqoridagilam ing savollari be'mani va g'alati bo'lib tuyuladi.
Q ayg'urish f a za si (kechinmalar)
O datda bu debrifingning eng uzoq davom etadigan fazasi. Bundan oldingi
faza inson uchun salbiy
oqibatlarni keltiruvchi va nixoyatda kuchli bo'lgan
kechinm alam i faollashtiradi. Bu bosqichning vazifasi: ishtirokchilar uchun
shunday
sharoit yaratishki, ishtirokchi o'zida guruh tom onidan
qo'llab-
quvvtlanayotganligini ko'rib voqealarni eslashi va shu bilan kuchli xislarni bayon
etishi m um kin bo'lsin va xuddi shunday kuchli
kechinm alami boshdan
o'tkazayotgan boshqa ishtirokchilami ham qo'llab-quwatlasin.
U shbu fazada yetakchi ijobiy natijalarga erishish uchun kishilarga xikoyalam i
aytib berishga yordam berishi lozim, xattoki bu xikoyalar juda yom on xotiralam i
yodga tushursa ham. Bu shunday hislaming parchalanish extimolini kamaytirishi
mumkin.
Kishilar u yoki bu qarorini qabul qilishlarining sabablarini aytib
o'tayotganlarida ular tez-tez qo'rqib, nochorlik, yolg'izlik, o'zlariga nisbatan tanqid
to'g'risida so'z yuritadilar. So'zlab berish jarayonida guruh a'zolarida o'xshashlik,
um umiylik va tuyg'ulam ing xaqqoniyligi hissi uyg'onadi. Bunga quyidagi savollar
turtki bo'ladi:
■
H odisaga qanday fikr bildirdingiz?
■
Bo'lgan voqealar ichida siz uchun eng dahshatlisi qay biri edi?
■
Siz ilgari hayotingizda shunga o'xshash
kechinmalami boshingizdan
o'tkazganm isiz?
■
Quyidagi hislaming sababchisi nima:
G 'am;
Xafagarchilik;
Qo'rquv.
34
Yana shunday turdagi savollarni berish mumkin: "Xodisa rivojlanganda
atrofingizda bo'lib o'tayotgan ishlarga nisbatan ta'surotingiz qanday edi?" Siz
nimani ko'rdingiz, tuydingiz, eshitdingiz?
Qo'llanishi mumkin bo'lgan boshqa savollar:
Jismoniy darajada nim alami his qildingiz? Agar bu bir voqeani boshdan
o'tkazgan guvohlar
jam oasi bo'lsa, unda quyidagi savolni ham berishingiz
mumkin:
"Ko'rganlaringiz,
eshitganlaringiz, his qilganlaringiz va xattoki
tuyganlaringiz ichida qay biri xotirangizda muxrlanib qoldi va sizni ko'proq
tashvishlantiradi?"
Agar guruh kichik bo'lsa unda doira ketma-ketligida savol-javob o'tkazishi
mumkin, agar katta guruh bo'lsa, unda xoxlagan kishidan so'rash mumkin.
Ishtirokchilar diqqatini xikoyani muxokama qilishga, qayta ko'rib
chiqishga,
savollarni aniq yetkazib berishga qaratishga harakat qiling.
Ishtirokchilar ulam ing har bir hislari yashashga loyiq ekanligini, ular muhit va
xurmatga sazow or ekanligini bilishlari lozim.
Debrifing yetakchisi har bir shaxsning muloqotda ishtirok etishini ta'minlab
berishi kerak. U debrifing
qoidalari bo'lgandagina aralishishi mumkin. Buni
aloxida va mukammal bilishi lozim, chunki debrifingning asosiy terapevtik
jarayoni
shuki kishilardagi, oiladagi, do'stlar
orasidagi, o'zaro emotsional
muammolarini mustaqil ravishda xal qila olishlariga tayyorlashdan iborat. Agar
ishtirokchilardan birining axvoli yomonlashsa, unda guruh a'zolarining yordami
ayni muddao hisoblanadi. Ular axvoli yom onlashgan ishtirokchilaming yelkasiga
qo'lini qo'yib yoki bu yerda ko'z yosh to'kish uchun qulay paytligini aytgan tarzda
axvoli yom onlashgan ishtirokchi uchun dalda bo'lib, yordam berishi mumkin.
Bunday paytda ishtirokchilarni yolg'iz tashqariga chiqarish mumkin emas,
boshlovchi bunday paytda ishtirokchi bilan birga borib,
tinchlantirib qaytarib
guruhga olib kelishi lozim bo'ladi. Eng ko'p psixologik talofat olgan, kamgap va
alomatlari kuchli bo'lgan ishtirokchiga katta ahamiyat berishi kerak (albatta bu
jabrlanuvchining roziligi bilan amalga oshiriladi). Ba'zan eski
xotiralar yana
qaytalanib, jabrlanuvchini tashvishga solishi, bezovta qilishi va qo'rqitishi
mumkin.
Debrifing boshlovchisi kishilar uchun aloxida tinchlantiruvchi
uslublardan foydalanib, yangi mashg'ulotlarni taklif etishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: