Ijtimoiy reablitatsiya


M avzu 3 : Jarohatdan keyingi stress buzilishlari



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/84
Sana04.03.2022
Hajmi2,84 Mb.
#482052
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84
Bog'liq
2. N.Komilova, Ijtimoiy reabilitatsiya o`quv qo`llanma

M avzu 3
: Jarohatdan keyingi stress buzilishlari
Reja\
1. 
Stress. Jarohat stressi va jarohatdan keyingi stress buzilishlari.
2. 
Jarohatdan keyingi stress buzilishi nazariyalari.
3. 
Jarohatdan keyngi stress buzilishi diagnostik nazariyalari.
4. 
Jarohatdan keyngi stress buzilishi psixoterapiyasi.
1. Stress. Jarohat stressi va jarohatdan keyingi stress buzilishlari
Ekstremal vaziyatlar inson psixikasiga kuchli ta'sir etishi natijasida unda 
jarohatli stress paydo bo'ladi. Jarohat stressining psixologik oqibatlari jarohatdan 
keyingi stress buzilishlarida nam oyon bo'ladi. Jarohatdan keyingi stress 
buzilishlari jarohat stressini boshdan o'tkazish natijasida yuzaga keladigan 
psixologik oqibatlardir, shu bilan birga jarohatdan keyingi stress buzilishlari 
jarohatli stressi vaziyatini boshdan kechirgan 20 % insonlarda yuzaga keladi. 
Bugungi kunda jarohatdan keyingi stress buzilishi termini ko'p hollarda tinchlik 
davridagi ofatlarga nisbatan qo'llaniladi. Masalan: tabiiy ( iqlim, seysmik) . 
ekologik va texnogen ofatlar, yong'inlar, terroristik harakatlar, baxtsiz hodisalar. 
oilaviy dramalar, jinsiy zo'rlash.
Jarohatdan keyingi stress sohasida tadqiqotlar stress borasidagi tadqiqotlarga 
bog'liq bo'lmagan holda rivojlangan , hozi 
rgi kunga kelib ham bu ikki sohaning 
um umiy tomonlari kam. 1936- yilda Gans Sele tom onidan taklif etilgan stress 
konsepsiyasining asosini organizmni o'z -o'zini saqlash va stressorga qarshi tura 
olish uchun resurslarning mobilizasiya qilish tashkil qiladi. Organizmga barcha 
ta'sirlarni u stressning spesifik va nospesifik stereotipiga ajratgan, o'z o'rnida bular 
um umiy adaptasion sindrom ko'rinishida nam oyon bo'ladi. 
Bu sindrom o'z
rivojlanishida uch bosqichni o'taydi:
1) 
Havotirlanish bosqichi
2) Rezinstentlik bosqichi
3) 
Sarf qilinganlik bosqichi
Sele adaptasion energiya tushunchasini kiritdi. Uning sarflanishi organizmni 
qarishiga va o'limiga olib keladi.
Umumiy adaptasion sindromning psixik ko'rinishi "emotsional stress" orqali 
nam oyon bo'ladi. Stressni yengish o'z ichiga psixologik hamda fiziologik 
m exanizm lam i oladi. Agar kelib chiqqan muammoli vaziyatdan chiqish harakatlari 
samarali bo'lmay, 
stress davom etsa patologik reaksiyalarga 
va organik 
jarohatlarga olib kelishi mumkin.
Ayrim hollarda stress jiddiy buzilishning sababi bo'lishi mumkin. Emotsional 
stress ta'sirida yurak qon -tomir tizimi, oshqozon- ichak kasalliklari, immun 
tizimning buzilishlari paydo bo'lishi mumkin.
38


Stressorlar odatda fiziologik( og'riq, ochlik, chanqoq , yuqori va past harorat 
va hokazo) hamda psixologikka ( 
xavf, yo'qotish,aldanganlik, xafagarchilik) 
bo'linadi. Psixologik o'z o'm ida emotsional va informatsionga bo'linadi.
Stressorlaming ta'siri psixik sohaning buzilishiga olib kelagan vaqtda stress 
jarohatliga aylanadi. Bunday paytda mavjud konsepsiyalarga muvofiq dunyoning 
kognitiv modeli, affektiv soha, nevrologik m exanizmlar buziladi.
Jarohat stressini boshdan o'tkazish ayrim insonlar uchun kelajakda ularda 
jarohatdan keyingi stress buzilishini paydo bo'lishiga sabab bo'lib qoladi.
Jarohatdan keyingi stress buzilishi (JKSB)
- jarohat stressiga javob reaksiyasi 
bo'lib, deyarli hamma odamlarda psixik buzilishni keltirib chiqarishi mumkin.
Jarohat stressi keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan 4 ta jarohatlar
xarakteristikasi:
1. 
Sodir bo'lgan holat inson tomonidan anglanadi, ya'ni odam u bilan nima yuz 
berganini va
shuning natijasida uning psixologik holati yom onlashganini biladi.
2. 
Bu holat tashqi omillar bilan bog'liq.
3. 
Boshdan o'tkazilgan holat odatiy hayot tarzini buzilishiga olib kueladi.
4. 
Yuzaga kelagn vaziyat daxshat( vahima) ni va noshudlik hissini uyg'otadi. 
Jarohat stressi —
odam va tashqi dunyoning o'zaro ta'siri natijasidir. Bu
normal bo'lmagan vaziyatga normal reaksiya bo'lib , odatiy holda 
inson 
tajribasida uchramaydigan vaziyatga munosabat natijasida paydo bo'ladigan holat.
Jarohat stressi uyg'otuvchi buzilishalr doirasi juda ham keng bo'lib, o'z hayoti 
yoki yaqin kishisining hayotiga , jism oniy salomatlikka yoki " Men" obraziga 
xatarli bo'lishi mumkin.
Jarohatga psixologik reaksiya o'z ichiga uch m ustaqil fazani oladi:
Bir inchi faza
- psixologik shok fazasi- ikki asosiy tarkibdan iborat:
1
.Tashqi muhitda mo'ljal olishning buzilganligi, faollikni yo'qolishi 
2.Sodir bo'lgan vaziyatni inkor etish. Norm ada bu faza qisqa bo'ladi.
Ikkinchi faza —
vaziyatga va uning oqibatlariga emotsional reaksiya 
bildirish.Bu kuchli qo'rquv , daxshat, g'azab, yig'i, ayblash kabi emosiyalar 
shaklida namoyon bo'ladi. Asta- sekinlik bilan bu emosiyalar o'zini tanqid qilish 
yoki o'zidan shubhalanish bilan almashadi.
Uchinchi fa za
- normal qabul qilish( reallikni qabul qilish, yangi paydor 
bo'lgan vaziyatga moslashish).
39



Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish