JKSBining
disforik
tipi
ichki
dunyosi
bilan
qoniqmaslikda,
o'ta
qo'zg'aluvchanlikda, kuchli jahl va nafratda namoyon bo'ladi. Ular o'zlarining o'ta
tajovuzkor bo'lib qolganligi, atrofdagilarga ichidagi yig'ilgan zo'riqishlarini to'kib-
sochishga ehtiyoj sezayotganlarini aytadi. Odatda, ular o'z hissiyotlarini nazorat
qila olmay, oxirida qilgan ishlariga afsus chekadi. Psixoterapevt oldiga xulq-
atvordagi o'zgarish sababli yaqinlari va hamkasblari tom onidan yuboriladi.
JKSBining somatoform tipi somatik buzilishlar: yurak atrofdagi og'riqlar
(54% ), oshqozon-ichak tizimi (36%) hamda bosh miya og'riqlari (20%) bilan
xarakterlanadi. JKSBining klassik asoratlari bunday tiplarda 6 oy o'tgach namoyon
bo'ladi.
4. Jarohatdan keyingi stress buzilishining psixoterapiyasi
JKSB (jarohatdan keyingi stress buzilishi) psixoterapiyasi birinchi navbatda
jarohat natijasida vujudga kelgan psixik faoliyat buzilishini reintegrasiyasi ("qayta
jam iyatga qo'shilishi") ga o'z e'tiborini qaratadi. Hayotni yangitdan idrok etishni
ta'minlash, jarohat tajribasini affektiv tarzda qayta baholash, o'zining shaxsiy
"men"ining qadrini oshirish va kelajakda samarali hayot kechirish qobiliyatini
hosil qilish - psixoterapiyaning vazifasidir. Hozirgi paytda jarohatlangan mijozlar
bilan
ishlash
metodlarining
ko'pligini
kuzatishimiz
mumkin.
Ular
o'z
samaradorligini amaliyotda ko'p marotaba isbotlagan. Ammo shuni hisobga olish
lozimki, jarohat Igan shaxsga psixoterapevtik usul qo'llayotganda to'g'ri diagnoz
jud a muhim.
JKSB haqidagi qarashlar zamonaviy talqin bo'yicha o'zgaruvchan. Ayrim
psixologlar JKSB - bu da'volanadigan buzilish deb hisoblasalar, ayrimlar uning
asoratlari baribir yo'qolmaydi, degan fikrda. JKSB odatda ijtimoiy, kasbiy va
boshqa hayotiy muhim sohalarda salbiy o'zgarishlarga olib keladi. Demak, JKSB
da'vosi ? uzoq va bir necha yil davom etuvchi jarayondir.
Shu bilan bog'liq ravishda terapiyaning 4 strategiyasi taklif qilinib, ular
maqsadga erishishga yordam beradi:
❖
"Men" malakasining moslashuvini qo'llab quvvatlash (bu yerda muhim
aspekt terapiyaga pozitiv munosabatni shakllantirish);
❖
Asoratlarga nisbatan pozitiv munosabat shakllantirish ( bu strategiyaning
natijasida mijoz jarohatdan keyingi
asoratlarga mos hissiyotlami
kechirayotganini anglashi kerak);
❖
Qochishni (izbeganie) pasaytirish ( chunki, mijozning jarohatdan qochishi
tajribaning shakllanishiga halaqit beradi);
❖
Va nihoyat, atribusiya mazmunini o'zgartirish (bu strategiyaning maqsadi
? boshdan o'tkazilgan jarohatdan keyingi stress buzilishining mazmunini
o'zgartirish, buning oqibatida mijoz jarohatni o'z nazorat ostiga olish
imkoniga ega ekanini anglaydi).
43
Jarohatdan keyingi stress buzilishi bilan ishlayotganda quyidagi 2 jihatga:
qo'rquvni pasaytirish va atrofdagi bo'layotgan narsa va hodisalar uning nazoratida
ekanini singdirishga alohida e'tibor qaratishi kerak. Shuningdek, JKSBini boshidan
o'tkazgan mijoz psixoterapevt bilan og'ir
munosabatga kirishadi, chunki
jarohatdan so'ng shaxslararo m unosabatda ularda ? ishonchsizlik, nafrat, tobelik
namoyon bo'ladi. Jarohat bilan ishlaganda m ijoz hissiyotlami o'ta jadal tarzda
kechiradi, shuning uchun ham bu psixoterapevtdan yuksak mahorat talab qiladi.
Gorovisaning ishlarida m ijozning jarohatga reaksiya fazalari ajratib ko'rsatilgan.
Ular:
1. jarohat natijasida uzoq stressli holat;
2. yengib bo'lm aydigan kechinmalarning namoyon bo'lishi: hissiyot va
obrazlaming quyilib kelishi;
3. nazorat qilib bo'lm aydigan yolg'izlik, "qochish" holatlarida qotib qolish;
4. xotiralar va kechinmalam i idrok qilish va ushlab qolish qobiliyati;
5. mustaqil tarzda o'z fikrlari hamda hissiyotlarini tahlil qilish qobiliyati.
Har bir fazaga niyabatan psixoterapevtning bildiradigan reaksiyasi yoki
boshqacha qilib aytganda, amalga oshirishi lozim bo'lgan maqsadlari mavjud:
1. M avjud holatdan chiqarish yoki mijozni stressogen muhitdan chiqarish.
Vaqtinchalik aloqalarni tuzish. Mijozga qaror qabul qilishga, kelajakni
rejalashtirishga yordam berish;
2. Kechirish imkoniga ega xotira va kechinmalami qoldirish, qolganlarining
qo'zg'alishini pasaytirish;
3. Mijozning jarohatni
qaytadan
boshdan
kechirishida
va
ularning
oqibatlarida yordam berish, o'z xotiralari ustidan nazorat qilishni o'rgatish.
Esga tushirish davom ida hissiyotlami to'g'ri ifodalashni boshqarish. Mijoz
bilan o'sib kelayotgan m unosabatlam i saqlab qolish va shuning davomida
jarohatni qayta tahlilini amalga oshirish;
4. Men obrazi va boshqa insonlar obrazi bilan bog'liq bilish hamda
emotsional assosiasiyalam i qayta ishlab chiqishga yordam berish. Jarohat
hamda xatam i yengish, shaxslararo munosabatlar pattemlari yaratish, Men
obraziva
kelajakdagi
maqsadlar
o'rtasida
aloqa
hosil
qilishga
ko'maklashish;
5. Terapevtik m unosabatlar ishlab chiqish. Psixoterapiyani yakunlash.
Mijozning kechirilgan jarohatni so'zlab berishi psixoterapevtning empatik
tinglashiga to'g'ri proporsionaldir. Istalgan qarshi chiqish va mijoz kechinmalarini
tinglamaslik uning terapiyasini to'xtatadi. Empatik terapevt mijozning daxshatli
hodisalar haqidagi fikrlarini rag'batlantiradi va o'zining shokli reaksiyasini
namoyon qilmaydi. Terapevt tasodifan yuzaga kelgan mavzulami chetlab o'tmay,
jarohat qo'rquvidan olib qochaadigan , ya'ni "neytral" mavzularga o'tmaydi. Aks
44
holda klient o'zini tushunilm agandek his qiladi, - terapevt men boshimdan
kechirgan hodisalardan
qo'rqadi,- degan fikrga boradi. Jarohatni kechirish
faqatgina daxshatni ko'rish emas, balki qolgan umrini yordamga muhtojlikda
o'tkazish hamdir.
JKSB bilan hasta mijozlarga terapevtik yordam ko'rsatayotganda ishni 3
bosqichda amalga oshirish lozim. Birinchi bosqichda asosiy maqsad - xavfsiz
muhit yarata olish. Ikkinchi bosqichning asosiy vazifasi - xotiralar va kechinmalar
bilan ishlash. Va nihoyat , oxirgi bosqichning vazifasi - odatiy hayot tarziga
integrasiya.
Bunday mijozlar bilan ishlagan terapevtlarning xatolari quyidagilardir:
—jarohat mavzusini chetlab o'tish;
xavfsiz muhit yaratm asdan, bevosita jarohat mavzusiga o'tib ketish.
45
Do'stlaringiz bilan baham: |