islohotlar ham mazkur jarayonni takomillashtirishni nazarda
tutadi. Estetik tarbiyani takomillashtirish va uni zamon
talablariga moslashtirish estetik madaniyat shaxs – jamiyat
– shaxs tizimida mavjud bo‘lib, bunda shaxs madaniyati
ustuvor ahamiyatga ega. ya’ni, estetiklashgan shaxs
jamiyatni estetiklashtiradi, estetiklashgan jamiyat esa, o‘z
navbatida yangi darajadagi estetiklashgan shaxsni yaratadi
va shu tartibdagi o‘zaro ta’sir millatning qadam-baqadam
komillik darajasiga ko‘tarilishi uchun xizmat qiladi.
Hozirgi paytda milliy ma’naviyatga ta’sir o‘tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik
tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-ma’naviy munosabatlar
tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo‘naltirishni taqazo etadi.
Shaxsni estetik tarbiyalashda fan ta’lim va madaniyatning o’zaro bog’liqligi
Inson qalbiga yo‘l avvalo ta’lim va tarbiyadan boshlanadi. Ilmning hikmati va fazilatiga doir
alloma vatandoshimiz Muhammad Imomzoda al-CHo‘g‘iy (vafoti 1177)ning qarashlari ham
diqqatga sazovor. Uning “SHir’at al-islom – Islom yo‘li” nomli kitobida ilm olish odoblari va
fazilatlariga doir ko‘plab ma’lumotlarni muayyan axloqiy tizimga solgan. Qizig‘i shundaki, u
shar’iy bo‘lmagan ilmlarni ikki qismga - maqtalgan va yomonlangan turlarga bo‘ladi. Dunyoni
obod qilish uchun zarur bo‘lgan bilimlar – tibbiyot, hisob-kitob, dehqonchilik, to‘quvchilik kabi
hunarlar hatto qon olishni bilishni maqtalgan va o‘rganish kerak bo‘ladigan ilmlar sirasiga kiritadi,
bu bilimlar sababli insoniyat boqiy qoladi, deydi. Ayni paytda, riyoziyotga chuqur kirishish, uning
eng nozik jihatlarini ham tadqiq va tahlil etishga urinishni fazilat hisoblaydi. YOmonlangan
bilimlarga esa – sehr-jodu va har xil tilsimlar, folbinlik bilan shug‘ullanishni kiritadi. Muboh, ya’ni
ihtiyoriy bilimlarga she’riyat va tarix kiradi. Biroq, falsafani ba’zi joylarda va ba’zi hollatlarda
kerak bo‘ladigan fan, uni shunday zarurat holati uchun o‘rganish kerak. Aks holda, u yomonlangan
fan sohasidir, deydi.
Allomaning ilm haqidagi fikrlari ijtimoiy-ma’naviy jihatdan yuksak ahamiyat kasb etadi. U
ilmga hiyonat qilishni o‘zgalarning moliga hiyonat qilishdan og‘irroq deb biladi. SHuni alohida
ta’kidlash zarurki, al-CHo‘g‘iy ilm oluvchining zimmasiga ham bir qator axloqiy mas’uliyatni
yuklaydi. CHunonchi, chala eshitgan narsasini oshkor qilmasligi, aniq ishonch qilmagan bilimini
odamlar orasida gapirmasligi va atrofga yoymasligi zarurligini uqtiradi.
Tarbiyada estetik ta’lim va bilimning zarur ijtimoiy talab hisoblanadi. BMTning ming yillik
sammitida keltirilgan quyidagi ma’lumotlari mushohada va mulohaza uchun asos bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2001-2002 o‘quv yilida dunyo bo‘yicha 115 million bola yoki boshlang‘ich
maktab yoshidagi bolalarning 18 foizi maktabga bormagan. Bularning 61,3 millioni qizlar (53
foizi), 45 millioni (39%) Afrika Saxarasidagilar va 42 millioni (36%) Janubiy Osiyodagi bolalardan
iboratdir. Maktabni qoldirish ehtimoli katta bo‘lgan bolalar G‘arbiy va Markaziy Afrikadagi
(45,3%), SHarqiy va Janubiy Afrikadagi (38,5%) Janubiy Osiyodagi (26%) hamda YAqin SHarq va
SHimoliy Afrikadagi (18,7%) bolalar bo‘ldi. Mazkur mintaqalarning barchasida o‘g‘il bolalardan
ko‘ra qiz bolalar ko‘proq maktabga bormasligi kuzatilgan. O‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasidagi eng katta
farq YAqin SHarq va SHimoliy Afrikada kuzatilgan. Mazkur mintaqada o‘g‘il bolalarning 15,4
foizi, maktabni qoldirgan bo‘lsa, bu holat qizlarning 22,1 foizida kuzatilgan.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish axloqiy, estetik va mantiqiy tafakkurni yangilash
va boyitishni taqozo etadi. Xususan, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarligini axloqiy va
estetik madaniyatdan, mantiqiy tafakkur va mushohadadan ayri holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu
maqsadga erishish uchun bo‘lajak mutaxassis yoki davlat xizmatchisi avvalo axloqiy ko‘nikma,
estetik bilim va mantiqiy mushohadaga ega bo‘lishi zarur. Qolaversa, estetika fani doirasida
o‘zlashtiriladigan bilimlar umuman sharqliklarga, xususan xalqimizga begona emas. Zero, bu ilmsiz
o‘zbek xalqi tafakkuri, dunyoqarashi, qadriyati, madaniyati, bir so‘z bilan aytganda, uning
buyukligini anglash mumkin emas.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning “3.3.1. Uzluksiz ta’limni tashkil etish hamda
rivojlantirish prinsiplari”da ta’limning ijtimoiylashuvi – ta’lim oluvchilarda estetik boy
dunyoqarashni hosil qilish”ga bog‘liq ekanligi bundan buyon odamlar tafakkurini o‘zgartirish
estetik tarbiyadan ayri holda amalga oshmaydigan jarayon ekanligidan dalolat beradi. Bugungi
kunga kelib g‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurash aynan estetik bilimni taqazo etmoqda. SHu bois
avlodni estetik tarbiya asosida voyaga etkazish doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Hozirda
estetik bilimlar doirasi shu qadar kengayib bormoqdaki, u deyarli barcha sohalarda masalan,
sog‘liqni saqlash tizimida – tibbiyot estetikasi, ekologiya sohasida – ekologik estetika, texnikaviy
taraqqiyot sohasida – texnika estetikasi (dizayn)ning yuzaga kelgani shular jumlasidandir. SHu
bilan bir qatorda, jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirish ham estetika fani oldiga qator vazifalarni
qo‘ymoqda.
Estetika fani insonning kundalik hayotiga g‘oyatda yaqin. CHunki, erkin, demokratik
jamiyatimizning har bir a’zosi go‘zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did egalari
bo‘lishlari, haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlashlari, «ommaviy madaniyat»ning
g‘ayriestetik xususiyatlarini rad qila olishlari lozim. Buning uchun esa ta’lim tizimida estetika faniga
bo‘lgan hozirgi munosabatni tubdan o‘zgartirish zarur. CHunki, jahondagi nufuzli oliy ta’lim
muassasalarida estetika fanini o‘qitish masalasiga jiddiy e’tibor qaratiladi. Birgina Garvard
Universitetida (AQSH) estetika bo‘yicha 3 ta markaz, 18 ta yo‘nalishda (bu yo‘nalishda estetika
sohasiga doir 46 ta fan o‘qitiladi) ilmiy tadqiqot hamda ta’limiy ishlar olib borilayotganligi,
Oksford Universitetida (Angliya) esa “Estetika” fakulteti mavjudligi va unda shu sohaga doir 66 ta
fan o‘qitilishi estetik bilimlarga bo‘lgan e’tibor katta ekanligidan dalolat beradi. SHu ma’noda,
faylasuf olim Abdurahim Erkaevning “YOshlarni kitob o‘qishga o‘rgatmoq mumtoz va
zamonaviyyuksak san’at asarlariga qiziqtirmoq, estetik va axloqiy tarbiya saviyasini ko‘tarmok
kerak. Ma’naviy tarbiyaning asosini tashkil qiluvchi etika va estetika fanlarini o‘qitishni oliy o‘quv
yurtlarida qayta tiklash maqsadga muvofiq. Aks holda ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimida tarbiya
jarayoni qashshoqlashib, biryoqlamalik avj oladi. Bo‘lajak mutaxassis texnokrat, o‘qituvchi va
tarbiyachi nasihatguy safsataboz bo‘lib etishadi”, degan fikri g‘oyatda ahamiyatlidir.
Bugungi kunda odamlarga, ayniqsa yoshlarga “huzur-halovat va lazzat manbai” sifatida
taqdim etilayotgan ma’lumotlarning aksariyati horijiy ommaviy-axborot vositalari hamda Internet
tarmoqlaridagi turli xil saytlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi paytlarda fetishestetika (engil-
elpi, yaltiroq estetika), “ommaviy madaniyat”ning inson maishiy turmushi bilan bog‘liq saytlari
shunchalik ko‘payib ketdiki, ular yoshlarning estetik didini pasaytirishga va estetik dunyoqarashini
to‘poslashtirishga olib kelayotganligi bugungi kunda ochiq-oydin namoyon bo‘lib qolmoqda.
YOshlar tarbiyasiga bunday g‘ayriestetik g‘oyalarning tahdid va uning salbiy oqibatlarini
tushuntirib beradigan ilmiy nazariy asos aynan estetik bilimni yuksaltirish orqali amalga oshadi.
Estetik bilimning hozirgi kunda umumjahoniy global muammolarni hal qilishdek muhim
vazifasi ham borki, ular orasida eng dolzarbi sayyoramizda nafosatga asoslangan estetosfera
muhitini yaratish bilan bog‘liq. CHunki texnogensivilizatsiya davrida texnika, texnologiya,
umuman noosfera insonning yashash muhitiga aylanib qolgan. Binobarin, insoniyatning tabiiy
ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari kengayib borayotgan bir davrda ularning estetik muhitga
ehtiyojlari ortib bormoqda. SHuni ham ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda Internetdan
foydalanuvchilar soni kam bo‘lsada, global tarmoqda ishlash yoshlar tomonidan juda qisqa
fursatlarda o‘zlashtirilib olinmoqda. Biroq, yoshlarning qaysi veb saytlardan foydalanishi g‘oyaviy
tarbiya masalasida katta ahamiyatga ega. Bu borada belgiyalik professor Frenk Tevisson tomonidan
o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Evropa mamlakatlarida 90 foiz talabalar Internetdan
foydalanishar ekan. Ammo, ularning qaysi saytdan foydalanishlarini o‘rganilganda, atigi 10 foiz
talaba bevosita o‘quv jarayoniga taalluqli saytlarga, 90 foizi esa, asosan pornografik mazmundagi
saytlarga kirishni xush ko‘rishi ma’lum bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’limni yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida “oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini
oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik g‘oyalariga, yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy
an’analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet
va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib
borish” muhim vazifalar etib belgilab berildi. Mazkur vazifalarni ta’lim muassasalarida to‘laqonli
va oqilona bajarilishi avvvalo, estetika fanining ilmiy va ta’limiy asoslarini yanada
mustahkamlashni nazarda tutadi. Bunda estetika fanini o‘qitishni takomillashtirish, fanning
mazmunini dolzarb mavzular bilan boyitish, ta’lim bilan tarbiyaning uzviyligini ta’minlash hamda
estetika ta’limi sifatini yuksaltirish dolzarb ahamiyatga ega. Bundan tashqari, estetika fanining
tarbiya jarayonidagi o‘rni ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida estetik tarbiyaning to‘g‘ri
yo‘naltirilishi “talaba + mutaxassis = ziyoli” ko‘rinishning tarbiyaviy maqsadi va asosini
mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu turli tahdidlarning doirasi kengayib borayotgan, “ommaviy
madaniyat”ning g‘ayriestetik ko‘rinishi tez o‘zgarib inson tafakkuriga salbiy ta’siri kuchayib
borayotgan hozirgi globallashuv davrida estetika faniga bo‘lgan ta’limiy, tarbiyaviy ehtiyojni
yanada kuchaytiradi.
YUrtimizda har bir yil qay nomda nomlanmasin, unda davlatimiz va jamiyatimiz taraqqiyoti
bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, kengqamrovli maqsadlarni amalga oshirishda hal qiluvchi o‘rin
tutadigan reja va vazifalar hisobga olinadi. O‘tgan 2017 yilda ham mamlakatimiz iqtisodiy
siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalga oshmaydigan xomxayollarni haqiqat sifatida
taqdim etishdek noma’qul ish uslubi tanqidiy qayta ko‘rib chiqildi. Amaliy natijadorlik, inson
manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi.Joriy 2018 yil
“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da ham barcha
amalga oshiriladigan ishlarning markazida bilim, ma’rifat ustuvor bo‘lishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bu haqda mamlakatimiz Prezidenti SH.M.Mirziyoev “Biz diniy jaholatga, zararli oqimlarga qarshi
ma’rifat bilan kurashish kerakligi haqida ko‘p gapiramiz. Bu to‘g‘ri, albatta. Lekin ma’rifat,
ma’rifiy bilimlar qaerda – avvalo ota-bobolarimiz bizga qoldirib ketgan mana shunday mo‘‘tabar
kitoblarda emasmi? Bizning ushbu yo‘nalishdagi barcha amaliy harakatlarimiz aynan mana shunday
ezgu maqsadga qaratilgan bo‘lib, nafaqat mamlakatimiz va musulmon dunyosida, balki jahon
miqyosida ham katta qiziqish va e’tibor uyg‘otmoqda. Ana shunday bebaho boylikka, minglab
bilimdon ulamolar, faol ziyolilarga ega bo‘lgan, bu sohada katta tashabbuslar bilan chiqayotgan
xalq va davlat sifatida yurtimizdan qandaydir aqidaparast, diniy oqimlarga berilgan kimsalarning
chiqishi albatta bizga yarashmaydi” – degan to‘g‘ri talabni qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |