Xalq amaliy san’ati.
Amaliy san’at turlarining estetik xususiyati shundaki, ular bir vaqtning o‘zida
ham badiiy, ham amaliy vazifani bajaradi. SHu bois, xalq madaniyati tarixini uning amaliy
san’atisiz tasavvur qilish qiyin. O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida xalq amaliy san’ati turlari boy
va rang-barang madaniy merosining eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. O‘zbek xalq
amaliy san’ati yodgorliklari o‘tmish ajdodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan
bebaho asarlarning namunalari bo‘lib, jahon madaniyatining durdonalaridan bo‘lgan badiiy va
madaniy merosni tashkil etadi.
Xalq amaliy san’ati kishilarning ma’naviy olamini boyitadi, badiiy-estetik didini
shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. SHuning uchun ham ham o‘zbek xalqi amaliy san’ati
kishilarning badiiy, axloqiy, umuminsoni jihatdan tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashini
shakllantirishda ham madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan hisoblanadi. Bu
manbalardan bugungi kunda ham usta va hunarmandlar samarali foydalanib keladi.
Xalq amaliy san’atining milliy estetik mazmuni naqqoshlik san’atida yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Naqqoshlik san’ati g‘oyat boy va mazmundor bo‘lib maishiy turmushimizda
ishlatiladigan oddiy qoshiq, lagan, sandiq, cholg‘u asboblaridan tortib turar joy va jamoat
binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga soladi, zavqlantiradi. Bino
yoki xonadon devoridagi naqshlar turli xil bo‘lib ulardan “girix” arabcha “tuguncha” degan ma’noni
anglatgan xandasaviy naqshlar ya’ni to‘g‘ri to‘rtburchak, romb, kavadrat kabi yaxlit kompozitsiyani
tashkil qilgan naqshlar va “islim” (arabcha) yuguruvchi ma’nosini anglatib to‘g‘ri yo‘l ichiga ilon
izi shaklida chizilgan o‘simliksimon naqshlardan iborat bo‘lgan. Ular faqat foydali-amaliy
ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, balki xonadon egalarining orzu-umidlari, badiiy-estetik didi va
estetik idealining ko‘rsatkichi sifatida ham namoyon bo‘lgan. Bugun ham zamonaviy turar joylar va
binolarni bu naqshlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Bugungi zamonaviy inshootlar kabi turar joylarda amaliy san’atning bir qancha turlarini
ko‘rish mumkin. Turar-joy binolarining turli-tuman badiiy-texnologik usullarda namoyon etilgan
badiiy bezak turlari O‘zbekiston me’morchiligida muhim o‘rin tutadi. CHunonchi, turar-joy dizayni
bu milliy an’analarga tayangan noyob ijodiy faoliyat bo‘lib, ularning mahorati va badiiy
bezatilishning ko‘pgina qirralarini ifodalaydi. Turar-joylar intererlaridagi umumiy devorlarning
sathi an’anaviy kompozitsion bo‘linish usullari, intererlarni badiiy-bezakli pardozlashning
asoslariga tayanadi va ko‘plab estetik xususiyat kasb etadi. Masalan, binoning tashqi ko‘rinishi -
tarz (fasad)ga qaraganda uyning intereri ko‘p hollarda ko‘rkam bezakli bo‘ladi. Devorlarning
tokchalarga bo‘linishi turg‘unlik va sokinlik taasurotini yaratsa, devorning barcha sathi naqshinkor
bezatiladi, bezakni bajarishda simmetriya, ritm, mutanosiblik qonunlariga rioya qilinishi unga
tartiblilik, uyg‘unlikni namoyon qiladi. O‘yma bezaklar bilan oro berilgan yog‘och eshiklar,
ustunlar, shift bolorlari, gohida shift ustidan ko‘prangli naqshlar, shuningdek naqqoshlik bilan
devor sathining barcha qismlari tokchalar, shiftlar karniz va bolorlar ham bezatilishi, deraza
darchalari va eshik tabaqalari, ustunlari devor va intererga berilgan naqshu bezaklar imoratga badiiy
tantanvorlik va estetik qiyofa baxsh etadi.
Intererlarning badiiy bezatilishda asosiy ahamiyat devoriy naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib bu
o‘zbek xonadonini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. Devorda ketma-ket joylashgan
naqshinkor va pardozlangan naqshlar yordamida juda ham rang-barang, jozibador kompozitsiyalar
yaratiladi. Interer dizaynida devoriy naqqoshlikning bir necha kompozitsion echimlarini kuzatish
mumkin. Bu tokchalarga bo‘lingan, yalpi naqqoshlik bilan bezatilgan devor sathi va naqshinkor va
o‘ymali naqshlar ketma-ket joylashgan, rang-barang naqshinkor kompozitsiya. SHift naqqoshligi
ham Toshkent intererlarida muhim o‘rin tutadi. Ular o‘zida konstruktiv va badiiy echimning
sintezini namoyon etadi. Ular turar-joylari ayvon va dahlizlarda ham keng qo‘llaniladi. Bu amaliy
san’at turining gullashi va rivojlanishi, hozirgi davrda shaharda shakllangan qulay iqtisodiy sharoit,
innovatsion ta’sir va amaliy-bezak san’atining ko‘p asrlik an’analari bilan bog‘liqdir.
YOg‘och o‘ymakorligi faqat intererning sirtida namoyon bo‘lib qolmay turli shakl va
kompozitsiyalarda ham aks etadi. Bu interer uchun ishlangan stol, stullar, xontaxtaning nafaqat
shaklining bejirimligi balki yog‘och fakturasining go‘zalligi va ularga berilgan ishlov hamda
naqshlarning betakror va engilligi kishiga zavq bag‘ishlaydi. Toshkent turar joy me’morchiligida
O‘rta Osiyo me’morchiligi amaliyotida qo‘llanilgan badiiy bezaklarning deyarli barcha turlari
mavjud: suvalgan devor ganch naqqoshligi avva o‘ymakorligi shular jumlasidandir.
Intererning badiiy bezalishida asosiy ahamiyat devoriy naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib, bu
o‘zbek xonadonini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. Ko‘pincha naqqoshlik ganch
o‘ymakorligi bilan muvofiqlikda bajariladi. Ayniqsa Toshkentda keng tarqalgan o‘simlik naqshlari-
majnuntol, anor, xrizantema butalarining yoyilgan shoxlarini ko‘plab uchratish mumkin. Bu
lavhalar faqatgina bezak emas o‘z falsafiy ma’nosiga egadir. Masalan majnuntol - sevgi sog‘inchi,
anor - serhosillik, lola - bahor, gulsafsar - osoyishtalik va uzoq umrni anglatgan.
O‘zbek xalq amaliy san’atining eng rivojlangan ganchkorlik, naqqoshlik, kandakorlik,
zardo‘zlik, kigizchilik, kashtachilik kabi bir qancha turlarining o‘ziga xos bajarish texnologiyasi,
haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu san’atlarga xos maktablar yo‘qolib ketishi xavfi bor
edi. Ammo mustaqillikka erishgach milliy san’atimizning bu sohalariga bo‘lgan e’tibor kuchaydi.
Ular tiklanib yangi an’analar paydo bo‘la boshladi. Bu esa hozirgi kunda san’atkorlar, xalq ustalari,
mualimlar amaliy bezak sirlarini shogirdlariga o‘rgatib qolmay bu san’at asarlarini keng targ‘ib etib
jamoatchilikning estetik didini, madaniy darajasini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |