Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

Maishiy turmush estetikasi.
Turmush azaldan madaniy qadriyatlarni vujudga keltiradigan va
asraydigan muhim makon bo‘lib kelgan. Turmush madaniyati inson hayoti va ijtimoiy muhitda
iqtisodiy, ijtimoiy, estetik mezonlarni ko‘ratish bilan birga estetik madaniyatni ham shakllantiruvchi
hodisadir.
“Turmush” tushunchasi, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “inson, millat va xalqning
yashash tarzi, urf-odatlar, rasm-rusum majmui, ob’ektiv reallik, moddiy, oziq-ovqat, kiyim-kechak,
uy-joy, sog‘liqni saqlash, shuningdek, ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishdan
iborat ijtimoiy hayotning noishlab chiqarish sohasi” deb talqin etiladi. Moddiy ne’matlar ishlab
chiqarish va ijtimoiy-siyosiy amaliyot bilan bir qatorda shaxs tarbiyasida turmushning ta’siri ham
muhim omil sanaladi
.
Turmush madaniyatining o‘ziga xosligi mehnat, oila, Vatan, kattalarga
hurmat, o‘zini tutish me’yorlari kabi tabiiy, sodda ammo, asosiy qadriyatlarni singdirishida
namoyon bo‘ladi. Aynan turmush tarixiy xotira madaniyatini asrovchi hodisa sifatida ham namoyon
bo‘ladi, chunonchi u san’at, dinga nisbatan barqarorligi bilan farqlanadi. Turmushga singgan
qadriyatlar nisbatan mutlaq bo‘ladi, juda kam o‘zgaradi. Ushbu fazilatlar, qadriyatlarni har bir shaxs
o‘zi bilan oilasiga olib o‘tadi va uning abadiyligini ta’minlaydi. 
Turmush estetikasi dizayn, ekoestetika, atrof-muhit estetikasi, estetik tarbiya bilan bevosita
bog‘liq bo‘lib, moddiy va badiiy madaniyatni integratsiyalashning eng ta’sirchan vositalaridan
biridir.
Turmush estetikasi estetikaning insonning voqelikka munosabatini namoyon etadigan
sohalaridan biri. Bunda tashqi ko‘rinish, kiyinish, muomala madaniyati, narsa-buyumlarga, turar
joylarga munosabat aks etadi. Turmush estetikasi insonning barcha sohalarda go‘zallikka bo‘lgan
intilishining ifodasidir. 
Insonni o‘rab turgan narsa va buyumlar olamining go‘zalligi bir tomondan inson hayotining
uyg‘unligini ta’minlasa, ikkinchi tomondan estetik tarbiyalaydi. Turmush tarzi, tashki ko‘rinishi,
kiyim ko‘rkamligi orqali inson yashayotgan, mansub bo‘lgan jamiyat haqida estetik tasavvur
shakllanadi. Aksincha turmushda tartibsizlik, palapartishlik estetik madaniyat pastligidan dalolat
beradi.
Maishiy turmush estetikasi insonni o‘rab turgan narsa va buyumlar olami, atrof-muhit,
yashash tarziga munosabati masalalarini o‘z ichiga oladi. Insonning dizaynerlik, ijodkorlik
qobiliyatlari dastavval turmushda shakllanadi. Bunda ma’lum bir xalqning tarixi, mentaliteti,
avvaldan shakllanib kelgan turmush tarzi muhim o‘rin tutadi. Turli xalq, ijtimoiy guruh va


boshqalar turmush madaniyatining moddiy ko‘rinishlari kishilarning narsa va buyumlar olami,
estetik didi va ijtimoiy ideallari haqidagi tasavvurlari umumiyligi va rang-barangligi bilan uzviy
bog‘langan. 
Inson yashash va ijtimoiy muhiti iqtisodiy, ijtimoiy, funksional, estetik me’yor va shart-
sharoitlarini gavdalantiradigan turmush madaniyati olamni estetik idrok etish, uning estetik
madaniyati asosini tashkil qiladi. Bu jihat esa insonning atrof-olamga keng qamrovli estetik
munosabatini shakllantiradi. Kiyinishidan tortib, oilaviy an’analar, oilaviy makongacha bo‘lgan
hodisalarda odamlarning narsalar dunyosiga, go‘zallik va ulug‘vorlik orqali qarashlari, estetik
didga, ijtimoiy ideallarga o‘ziga xos munosabatlari namoyon bo‘ladi va bu pirovard natijada
turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi.
Maishiy turmush estetikasi turli madaniyatlar ta’siri, turmush tarzi va usuli, an’anaviylik va
yangilik, milliylik va umuminsoniylik masalalari bilan bog‘langan bo‘lib, texnika, ekologiya,
predmetli muhitni jihozlash, tarbiya sohasidagi estetik jihatlarni ifodalaydi, moddiy va badiiy
madaniyat integratsiyalashuvining samarali vositalaridan hisoblanadi. Turmush estetikasining
o‘ziga xosligi ham shu jarayonda takomillashib boradi. 
Estetik did turmush estetikasining shakllanishida muhim o‘rin tutadi, ayni paytda, turmush
estetikasi ham insonda badiiy-estetik didning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. CHunki, chiroyli
narsa va buyumlar muhiti inson his-tuyg‘ulari, kayfiyatiga estetik ta’sir ko‘rsatadi. 
Odamlarning turmush tarzini o‘zgartirish, estetik dunyoqarashini boyitish orqali bir
xillikdan – rang-baranglikka, qo‘pollikdan – ihchamlikka, noqulaylikdan - qulaylikka qarab
yo‘nalish maishiy turmush estetikasining asosiy maqsadi va prinsipi hisoblanadi. Ayniqsa, estetik
madaniyat infratuzilmasi, madaniy hordiq maskanlari maishiy turmush estetikasi rivojiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. 
Turmushning ijtimoiy-estetik mohiyati uchta omil bilan belgilanadi: 1) inson hayot
kechiradigan rang-barang predmetlar olami; 2) insonning boshqalar bilan muloqotda o‘zligini
namoyon qilish holatlari; 3) insoniy munosabatlarning odob-axloqda aks etish imkoniyati va
xususiyatlari

Bundan tashqari,yaratuvchanlik va bunyodkorlik turmush estetikasining muhim mezonlari
hisoblanadi. CHunik, inson turmush tarzini qay tarzda yo‘lga qo‘yishi uning badiiy tafakkuri va
ruhiyatini ham aks ettiradi. Zero, Gegelning “Agar san’atni uning butun maftunkorligi bilan yaxlit
idrok etish zaruriyati tug‘ilsa, uni hamma joyda - varvarlarning zebu ziynat, liboslaridan tortib, to
bag‘oyat go‘zal qilib bezatilgan ibodatxona anjomlarigacha - jami narsalar olamida uchratish
mumkin”- degan fikri bejiz emas. 
Zamonaviy maishiy turmush estetikasi farovon hayot va uning uchun zarur bo‘ladigan
kamponentlarning o‘zaro maqsadga muvofiqligi, mutanosibligi va mosligini taqozo etadi. Bu
moddiy ne’matlar (orgtexnika, tele va mobil kommunikatsiya vositalari) va ma’naviy ne’matlar
(kitob, sayohat, qadriyat)ning boy zahirasini taqozo etadi. 
Hozirgi globallashuv va axborotlashgan jamiyatda inson haqidagi dastlabki ma’lumot uning
tashqi ko‘rinishi orqali olinadi. Bunda insonning kiyinish madaniyati muhim omil hisoblanadi.
CHunki, kiyim-libos insonni nafaqat go‘zallashtiradi, balki uning madaniyatlilik darajasini ham
belgilaydi. SHuning uchun kiyinish ham ijtimoiy-ma’naviy, ham axloqiy-estetik hodisadir.
SHuni alohida ta’kidlash zarurki, kiyinish dastlab tabiiy zaruriyat - ya’ni tashqi omillar
ta’siridan badanni himoya etish vositasi sifatida vujudga kelgan bo‘lsa, zamonlar o‘tishi bilan u
inson madaniyati namunasiga aylandi. SHu bois yuksak madaniylikka asoslangan kiyinishni ham
axloqiy qadriyat, ham estetik qadriyat deb aytish mumkin. Axloqiy qadriyat ekanligi shundaki,


kiyim o‘zida uyat, hayo, ibo kabi fazilatlarni mujassam etadi. Kiyimning estetik qadriyat ekanligi
esa u insonga go‘zallik va chiroy baxsh etadi.
Bugungi kunda yoshlarning kiyinish madaniyatida zamonaviylik bilan an’anaviylikning
uyg‘unligini ta’minlash milliy-madaniy taraqqiyotda muhim o‘rin tutadi. Buning uchun quyidagi
omillarga e’tibor qaratish zarur:
Birinchi omil - did bilan kiyinish. Bu kiyinish madaniyatining nozik jihatlariga e’tibor
qaratish demakdir.CHunki, inson o‘z chiroyini egnidagi libosni to‘g‘ri tanlay olganligi bilan ham
boyitishi mumkin. 
Ikkinchi omil - zamonaviy kiyinish. Bu yoshlarning didini, qiyofasini qiyofasini aks ettirishi
bilan bir Moda - maishiy turmush estetikasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Moda – bu
tashqi madaniyat shakllarining vaqti-vaqti bilan qisman o‘zgarish va takrorlanib turishidir. Bunday
takrorlanishlar va o‘zgarishlar iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy, estetik omillar kabi ijtimoiy asosga ega
bo‘ladi. 
Modani asosiy ko‘pchilik e’tirof etadi, u o‘zini faqat kiyinishda emas, ishlab chiqarishda
ham, siyosatda ham, san’atda ham, fanda ham, hatto mafkurada ham namoyon qila oladi. U
ijtimoiy-estetik mezon sifatida baholash xususiyatiga ega va shu bilan odamlarga nima kerakligini
belgilab beradigan hukmron didga aylanadi. Moda odamlarning yashash tarzidan (uslubidan) kelib
chiqib, doimiy ravishda o‘zgarib boradigan hayot mazmuniga mos shaklni taklif etadi. Zotan u
ommaviy estetik didning darajasi va o‘ziga xosliklarini zamon ko‘zgusida aks ettirish xususiyatiga
ega. SHu jihatdan u, yuqorida aytib o‘tganimizdek, o‘zgaruvchanlik tabiatiga ega.
SHuni alohida ta’kidlash zarurki, kiyinish insoniylikni taqazo
etadi. CHunki, kishilar jinsi, yoshi, gavda tuzilishi, ruxiy xolatiga
qarab kiyim tanlaydi va kiyadi. SHu bois bugungi kunda yoshlarning
kiyinish madaniyati quyidagi jihatlar asosida shakllanayotganligini
kuzatish mumkin:
1.Badanni tabiiy omillar ta’siridan himoyalash;
2.Qulaylikka erishish.
3.Zamonaviy axloq va etnik xususiyatga mos odobni namoyon
etish.
4.Atrofdagilarning e’tiborini qozonish.
YOshlar tomonidan yuqoridagi jihatlarning amalga oshish mexanizmi modani taqozo etadi.
CHunki, modakiyinishning o‘ziga xos me’yori. Biroq, bu me’yor insonning go‘zalligini
ta’minlashishi shart. Aks holda me’yorning buzilishi natijasida bachkanalik vujudga keladi.
Qolaversa, ijtimoiy madaniy taraqqiyot muayyan moda umrining qisqarishiga olib keladi.
Taraqqiyot natijasida yangi modalar eskisini muomala jarayonidan siqib chiqaradi. 
Bugungi kunda yoshlarning kiyinish madaniyatiga e’tibor qaratishning ijtimoiy ehtiyojga
aylanish sababi shundaki, har bir xalqning tarixiy-madaniy rivojlanish bosqichlari ularning ajdodlari
tomonidan kiyilgan kiyimlarda o‘z aksini topgan. Bu esa milliy g‘urur, vatanparvarlik va o‘zlikni
anglash kabi buyuk hodisalar bilan chambarchas bog‘liq. SHunday ekan, bugungi kunda kiyinish
madaniyatiga jo‘n va oddiy maishiy hol sifatida munosabat bildirish mumkin emas. 
Inson faoliyatining barcha ko‘rinishlari estetik bilimni taqozo etadi. Estetik bilim esa
insonda turmush tarzini tartibli, oqilona va maqsadli tashkil etish ko‘nikmasini shakllantirishga
ko‘mak beradi. Bu boradi dizaynning turmush estetikasiga ta’sirini alohida ta’kidlash joiz.


Narsalar inson ehtiyojlarini qondirishi uchun o‘zgarib takomillashib boradi, bu inson
faoliyatini erkin va qulay tashkillashtirish ijobiy, mo‘‘tadil ruhiy muhit yaratishga imkon yaratadi.
Estetik A.P.Marder rivojlangan hozirgi jamiyatda ob’ektiv olam faqat fizikaviy, kimyoviy va
boshqa xossalar bilan emas, shu bilan birga, estetik xususiyatlar va unga munosabatlar yig‘indisi
sifatida ham inson ma’naviy va moddiy hayoti, axloq-odobiga emotsional tus beradigan estetik
reallik bo‘lib namoyon bo‘ladi, - degan fikrni bildiradi. Darhaqiqat,insonni qurshagan predmet va
narsalar muhiti uyg‘unlik, shinamlik va qulaylik xususiyatlari bilan insonda zavq, ko‘tarinki
kayfiyat, xotirjamlik kabi hissiyotlarni uyg‘otishi
;
insonga o‘z hayotidan mamnunlik uyg‘otishi,
ruhiy muammolar echimini hal etishda yordam berishi mumkin. Binobarin, me’morlar, amaliy
san’at namoyandalari, dizaynerlar, umuman ijodkorlar bu estetik qulayliklarni nafaqat moddiy balki
insonning ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida yaratadi. 
So‘nggi besh yilda mamlakatimiz shaharlari va qishloqlari qiyofasi tubdan o‘zgardi. Buning
natijasida odamlarning estetik dunyoqarashi va tafakkurida ham o‘zgarish paydo bo‘ldi. CHunki,
barpo etilayotgan ijtimoiy obektlar – muassasa, maydon, markaz, hiyobon, maskan, ziyoratgoh
odamlarda turmush estetikasi haqidagi tasavvurini boyitadi, yuksaltiradi

Atrof-muhitning go‘zalligi
kayfiyatga ta’sir ko‘rsatish, faollikka undash, xatti-harakatlariga tetiklik baxsh etishi asosida
baholanadi. 
Estetik muhitda tarbiya topgan inson narsalar olamining estetik shakli va mazmunini
qadrlaydi, anglaydi, oqilona munosabatda bo‘ladi. Ayniqsa, badiiy konstruktorlik badiiy loyihalash
unsurlarini ham o‘z ichiga oladi. Konstruktorlikni rivojlantirish bolalar va o‘smirlarda badiiy
loyihalash qobiliyatini shakllantirish imkonini beradi, konstruktorlik ishlarini amalga oshirishi
ijodiy tasavvur va badiiy qobiliyatning rivojlanishiga olib keladi. Bu esa estetik xarakter kasb etadi.
Turmush estetikasi inson faoliyati sohalari, narsalar olami, intererning tarkibiy qismlari,
uning shakllanish qonuniyatlari, ish joylar muhitini shakllantirish kabi masalalarni hal etishda yangi
texnik va texnologik ishlanmalar va dizaynga asoslanadi. Narsa-buyumlarni qulay, shinam
joylashtirish va ulardan to‘g‘ri foydalanish hayotimizning kun tartibidan muhimi o‘rin egallagan.
CHunki kishilarning turmushi jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy-
madaniy jihatlarini o‘zida aks ettiradi va bu oiladagi sog‘lom muhitni belgilaydi. Insonni o‘rab
turgan predmet-narsalar insonning moddiy ehtiyojlarini qondirish bilan cheklanmaydi, tashqi muhit,
shu bilan birga, insonning o‘z qiyofasini shu muhitga moslashtirishga ham ma’naviy-ruhiy ta’sir
ko‘rsatadi, dizayn inson bilan narsalar olami o‘rtasidagi uyg‘unlikni qaror toptirish vazifasini
bajaradi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish