Mehnat-turmush estetikasining muhim omili.
Mehnatmoddiy va ma’naviy go‘zalliklar yaratish
bilan estetik tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-foydali mehnatning
badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat
vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi, qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv
jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.
O‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqtisodiy asosi - ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor
iqtisodiyotidir. Ushbu jarayonda eng muhim va dolzarb vazifa insonlarda mehnatga bo‘lgan
yangicha estetik munosabatni shakllantirishdan iborat. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni
rag‘batlantirish, odamlarda mulkka egalik hissiyotini tarbiyalash o‘z navbatida mehnatga bo‘lgan
estetik munosabat orqali ro‘yobga chiqadi.
Mehnat - insonning aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan estetik faoliyat. U
ma’naviy va moddiy jihatdan odamzot hayotini farovonlashtirish, ma’naviy hamda moddiy
qadriyatlarni yaratish vositasi. Mehnatda inson ayni paytda ham aqliy, ham jismoniy tomondan
tarbiyalanib, ma’naviy yuksalib boradi. Biroq mehnat og‘ir majburiyatga aylangan joyda uning bu
xususiyatlari yo‘qoladi. SHu sababli mehnat har jihatdan yuksak samara borishi uchun erkin
bo‘lishi, mehnat jarayoni ijodiy va qiziqarli kechishi lozim. Agar mehnat erkin va ijodiy bo‘lsa
ko‘plab yuksak asarlar, mukammal mahsulotlar yaratiladi. Va aksincha, mehnat asarlari xunuk
bo‘lsa insonning mehnat qilish zavqi va baxtidan mosuvo ekanligi, bu esa ular yashayotgan
jamiyatning ma’naviy qashshoqligini ko‘rsatadi.
Mehnat - mehnat sharoiti, mehnat jarayoni va mehnat natijalaridan iborat. Mehnat sharoiti
yoki muhiti ishchi mehnat qilayotgan korxona binosi, arxitekturasi, dizayni, yorug‘ligi, havo
muhiti, shovqin, undagi mikroiqlim omillari harorat, nisbiy namlik, atmosfera bosimi, o‘zaro
ishchan vaziyat, axloqiy-estetik muhitni ham qamrab oladi. Mehnat jarayoni esa insonning ishlab
chiqarish vositalari, ularni boshqarishi, ishlab chiqarish vaziyatidan iborat. Mehnat natijalari
yaratilajak, yaratilgan mahsulot-tovarlardir. Bu uchchalasi o‘zaro bog‘liq bo‘lib mehnat muhiti
ijobiyligi, mehnat jarayonini inson uchun mashaqqatli, sog‘ligiga ziyon etkazadigan, toliqtiradigan
emas, aksincha zavqli va qulay bo‘lishiga, mehnat jarayonining ijobiyligi esa mahsulot-tovarlar
sifati, estetikasi, qulayligi, uyg‘unligi bilan belgilanadi.
Mehnat estetikasi deganda mehnat sharoiti, mehnat vositalari, mehnat natijalarida estetik
qonuniyatlarning namoyon bo‘lishi tushuniladi. Mehnatning estetik jihatlari shaxsning ijodiy
faoliyat potensiali uning ma’naviy, aqliy, axloqiy-estetik tomonlari bilan umumiyligi va mehnat
natijalaridan beg‘araz lazzatlanishiga bog‘liqdir. Mehnatning estetik jihatdan to‘laqonli bo‘lishi
uchun avvalo ob’ektiv omillar, ishlab chiqarish jarayoniga ham bog‘liq. Albatta bu o‘rinda
mehnatkashlarning madaniyati, estetik didi masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnat ko‘rinishidan qat’iy nazar texnika taraqqiyotiga bog‘liq. Ibtidoiy davrdan boshlab
bugungi eng yangi ilg‘or texnologiya shakllanganigacha mehnat vositalari bir necha bor o‘zgardi,
davrdan davrga takomillashib bordi. Bu albatta mehnat estetikasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Oddiygina kompyuter texnologiyasini oladigan bo‘lsak, u hisob-kitob bilan shug‘ullanuvchi kasb
egalaridan tortib, yozuvchi-ijodkorlar mehnatini engillashtiribgina qolmay ular vaqtining tejalishi,
vaqtdan unumli foydalanish imkonini yaratdi. Bugun fermer va dehqonlarimiz ham zamonaviy
texnika orqali erga ishlov bermoqda.
Texnika taraqqiyoti ishchini og‘ir jismoniy mehnatdan xalos etgani bilan birga uning ruhiy-
axloqiy mas’uliyatini kuchaytiradi, ya’ni zamonaviy texnologiyani boshqarish, uni asrash insondan
hushyorlik, axloqiy mas’uliyat talab etadi. Jismoniy mehnat texnika zimmasiga o‘tgani sari, uning
ijodiy tabiati ortib boradi.
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan har bir inson o‘z mehnatidan moddiy va
ma’naviy manfaatdor bo‘lsagina, bu mehnat estetik tarbiya omiliga aylanadi. Mehnat inson iqtidori,
xayolotini yuzaga chiqaradi, funksional jihatlari bilan estetik madaniyat, estetik faoliyatning shakli,
mazmuni, hajmi, natijalarini belgilaydi. Inson hayotining turli soha va yo‘nalishlaridagi estetik
munosabatlar estetik madaniyatning o‘zini namoyon etadigan maydoni sanaladi. Bu avvalo, inson
hayotiy faoliyatining asosiy nuqtasi bo‘lgan mehnatga taalluqlidir.
Mehnat qurollari va kundalik turmush buyumlarining funksional- texnologik qiymati hamda
estetik belgilari va loyihalanishiga qarab kundalik turmush bilan bog‘liq buyum-jihozlar va
ikkilamchi yaratishga mo‘ljallangan mehnat qurollariga bo‘linadi. Ammo bugungi kunda insonning
ijtimoiy faoliyati hisoblangan mehnat turlarini jismoniy va aqliyga ajratish har doim ham to‘g‘ri
emas. CHunki mehnat jarayonida bugun ikkalasi uzviy bog‘lanib bormoqda. XIX asr oxiri va XX
asr boshlarida ishlab chiqarishning mislsiz taraqqiyoti natijasida bu ikki faoliyat bir-birini taqozo
etib bormoqda
Mehnat sharoitlari va vositalariga estetik mazmun baxsh etish insonni estetik kamol toptirish
bilan birga, uning foydali amaliy vazifalarini ham kengroq doirada bajarishga safarbar qiladi.
Natijada estetik mazmun mehnat unumdorligini, samaradorligini va sifatini oshirishning muhim
omiliga aylanadi. Mehnat insonning hayotiy ehtiyoji, uning turmush estetikasini shakllantiruvchi
vosita hamdir. Mehnat estetikasining shakllanishida ishlab chiqarish vositalarining
zamonaviyligidan tashqari, mehnat kollektividagi o‘zaro axloqiy-estetik muhitning ham o‘rni bor.
Negaki ahil jamoa, o‘zaro axloqiy-estetik munosabat ish jarayonining sifati va natijasi estetikasiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Har bir buyum o‘z davrining, shu davrda yashagan inson mehnatining
mahsulidir. Bu buyumlar o‘z zamonasining texnikasi, materiali, odamlar didi bilan chambarchas
bog‘liqdir. SHu jihatdan ham biz ushbu narsa va buyumlarga qarab u davr ma’naviy-moddiy
madaniyati, xalq ehtiyoji, didi haqida ma’lumot olamiz.
Mehnat jarayonida estetik hissiyotning shakllanishi sifat jihatdan insoniyat olami bilan
hayvonot dunyosi o‘rtasidagi tafovutlarni farqlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilgan. Tabiiyki,
insonning mehnat jarayoni o‘ta rang-barangdir. SHu bois uning estetik mohiyatini bir xilda belgilab
bo‘lmaydi. Mehnat estetikasi inson ma’naviyatini yuksaltirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu mehnat jarayoni insonning intilish, xatti-harakat, muayyan amallarni ado etish oqibatida yuz
beradi. O‘z mehnati muvaffaqiyatidan manfaatdor inson amallarni mukammal bajarishga intiladi.
Mehnat jarayonida yuzaga keladigan estetik zavq uning teran, botiniy mohiyatini anglash,
ijodkorlik, bunyodkorlik ruhi bilan bog‘langan bo‘ladi. Inson mehnat jarayonida o‘zini ijodkor his
etadi, mehnatining yaratuvchanlik ma’nosini anglab etadi.
Bozor munosabatlari sharoitida raqobatning mavjudligi moddiy ne’mat ishlab
chiqaruvchilardan har tomonlama keng ijodiy faoliyat ko‘rsatish, sifatli mahsulotlar yaratish,
iste’molchilarning badiiy-estetik didi va ehtiyojlariga mos tovarlar etishtirishni zaruriy ehtiyojga
aylantirdi. SHunday qilib, mehnat estetikasi insonga kuchli va ko‘p-qirrali ta’sir ko‘rsatib, uning
faoliyatiga estetik ma’no-mazmun baxsh etadi, ma’naviy kamol topishiga ko‘maklashadi. Bunda
ijod ustuvor, mukammallik qancha yuqori bo‘lsa, uning estetik mohiyati ham shuncha barqaror,
ma’naviy ta’sirchanligi kuchli bo‘ladi.
Mehnat estetikasi amaliyoti insonning yaratuvchanlik qobiliyatini yuzaga chiqaribgina
qolmay, yaratilayotgan go‘zallik uning qo‘li bilan yaratilgani, uni ruhiy-estetik jihatdan
rag‘batlantiradi, o‘ziga ishonch tuyg‘usini orttiradi, yangi ijodiy faolikka undaydi. Mehnat jarayoni
bilan bog‘liq bo‘lgan soha ergonomika mehnatni engillashtiribgina qolmay, uning unumi,
samarasini oshishiga ham yordam bera boshladi. SHuning bilan birgalikda insonga ulkan mas’uliyat
ham yukladi. Negaki, yangi texnologiya inson tomonidan o‘zlashtirilishi va foydalanishi uchun
qulay, uning jismoniy, ma’naviy-ruhiy xususiyatlarini ham e’tiborga olishni talab etadi. Bu esa o‘z
o‘rnida insonning jismoniy va ruhiy-ma’naviy imkoniyatlarini o‘rganish va shunga muvofiq mehnat
qurollari, mehnat sharoitini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilgan yangi ilm-ergonomikaning
shaklllanishiga sabab bo‘ldi.
Ergonomika 1949 yilda Angliyada paydo bo‘lib mehnat qilayotgan odamning imkoniyatlari,
ruhiyati, anatomiyasi, fiziologiyasiga asoslanib, mehnat sharoitiga qarab o‘rganadi. Bugungi kunda
ergonomika fan sifatida shakllanib maxsus oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilmoqda. SHuningdek, turli
konstruktorlik byurolari, ishlab chiqarish jarayoni kompleks tashkil etilgan sohalarda keng
qo‘llanilmoqda. Ergonomika narsalar olamini yaratish jarayonida eng muhim falsafiy-axloqiy jihat
– buyumga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lish masalasiga e’tibor qaratadi. Predmetlar olami
bilan iste’molchi o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatni ergonomika - muhandislik
psixologiyasi bartaraf qiladi. Ergonomika yordamida dizayn mahsulotlari inson tabiatiga
moslashtirildi. Bunda dizayner, nafosatshunos, loyihachi-konstruktor, texnik-muhandis, ruhshunos
birlashishi talab etiladi.Jonli mehnat jarayoni murakkabroq tuzilma - ishlab chiqarishning tarkibiy
qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘zaro bir-birlari hamda ishlab chiqarish
vositalariga nisbatan muayyan ijtimoiy munosabatda bo‘ladi. Tabiiyki, mahsulot tayyorlashda
muayyan mehnat qurollari (mashina, dastgoh, aslaha va boshqalar), shuningdek, ularni maqsadga
muvofiq joylashtirish va o‘zaro ta’sirini ta’minlashdek murakkab vazifani ado etishga to‘g‘ri keladi.
Bularning barchasi muayyan sur’atda kechadigan, o‘z funksiyasi, strukturasi, tashkiliy ko‘rinishiga
ega bo‘lgan ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qiladi. Bu tuzilma yuksak darajada yaxshi yo‘lga
qo‘yilganligi va mukammalligi bilan estetik ifodaviylik kasb etadi. YUksak darajada tashkillangan
jarayon, uning muayyan sur’atda gavdalanish va kechish manzarasi kishilarga estetik ta’sir etadi,
faoliyatga ijodiy munosabat uyg‘otuvchi emotsional ko‘tarinkilikni vujudga keltiradi. Texnika
estetikasining amaliyoti dizayn va muhim tarkibiy qismi ergonomika hamkorlikda mehnat
estetikasining vujudga kelishini ta’minlaydi.
SHuningdek, mehnatning estetik mohiyati u kechadigan ijtimoiy shart-sharoitlarga ko‘p
jihatdan bog‘liq bo‘ladi. YAqin o‘tmishda kommunistik mafkura, ijtimoiy mulkchilik asoslariga
bo‘ysundirilgan mehnat shaxsda ijodiy erkinlik, qobiliyat, shaxsiy manfaatdorlikni so‘ndirar, uni
ma’naviy kambag‘allashtirishga olib kelar, eng muhimi, o‘z mehnati natijalaridan
“begonalashtirar”, boqimandalik kayfiyatlari shakllanishiga olib kelar edi. Mustaqillik mehnatning
shaxsdan begonalashuviga chek qo‘ydi va uning ma’naviy-ijodiy kuchlari to‘la va har tomonlama
namoyon bo‘lishiga real shart-sharoitlar yaratdi. Bunday imkoniyatlar, ayniqsa, respublikamizda
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy erkinlik sharoitida shaxsning yaratuvchanlik qobiliyatlari rivojlanishiga,
xususiy mulk daxlsizligining huquqiy kafolatlanishi, mulkchilik va tadbirkorlikning har tomonlama
qo‘llab-quvvatlanishi mehnat jarayonida insonning haqiqiy mohiyati namoyon bo‘lishiga yo‘l
ochdi.
Bozor munosabatlari sharoitida raqobat amal qilishi moddiy ne’mat ishlab chiqaruvchilardan
har tomonlama keng ijodiy faoliyat ko‘rsatish, sifatli mahsulotlar yaratish, iste’molchilarning
badiiy-estetik didi va ehtiyojlariga mos tovarlar etishtirishni zaruriy ehtiyojga aylantirdi. Moddiy va
ma’naviy ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligini ta’minlash va rivojlantirish shaxs, millat va jamiyat
taraqqiyoti garovlaridan biridir. Mehnat jarayonlari va mahsulotlar tayyorlashga estetik me’yor
hamda talablarni oshirdi, bu narsa zamonaviy texnologiyalar, innovatsion loyihalarni ishlab
chiqarishda qo‘llashga katta e’tibor qaratdi, xususan, dizaynerlik faoliyati, ishlab chiqarish va
sanoat estetikasi eng jozibali hamda serdaromad sohaga aylandi. Albatta, har bir soha, yoki har bir
mutaxassislikning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish va shu asosda ishlab chiqarish
vositalarini loyihalash talab etiladi. Odam biron harakat va usullarni bajarishdagina charchamasdan,
balki kishi e’tiborini chalg‘itadigan shovqin-suron, hid va nurdan ham charchaydi. SHovqin-suron
ko‘zni toliqtiradi, rang esa kishi asabiga ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu omillarni e’tiborga olmaslik,
uskunalarning estetik ko‘rinishiga ham ziyon etkazadi. Uskunani ishlatishning osonligi, boshqarish
va sozlashning soddaligi, uskuna shaklining mutanosibligi mehnat vaqtida kishi kuch-quvvatini
tejaydi va oqibatda sanoat mahsuloti sifati yaxshilanadi.
Texnika taraqqiyoti barcha turdagi kasb egalarining mehnat faoliyatini engillashtirmoqda.
Traktorchidan tortib, san’atkorgacha bugun zamonaviy texnologiyalardan o‘z faoliyati jarayonida
qo‘llab bormoqda. Ammo ular bajaradigan ish mazmuni turlicha bo‘lganidek texnologiyalar va
ergonomika qonuniyatlari turlicha namoyon bo‘ladi. Bu esa nafaqat zamonaviy texnologiyalarga
bog‘liq balki ish jarayonida axloqiy-estetik muhitni yaratishni ham taqozo etadi.
Mamlakatimizning mustaqillikka erishuvi bilan korxonalar ta’mirlanib, modernizatsiya
qilina boshlandi. Har bir zavod, fabrika yoki sexlarning ichki muhitidan tortib, ishchilarning ish
kiyimi, ular uchun yaratilgan sharoit, mehnat qurollari, dam olish, tibbiy xizmatlarga alohida e’tibor
qaratila boshlandi. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish texnika taraqqiyoti esa inson mehnatini
engillashtiribgina qolmay, zamonaviy texnologiyani o‘zlashtirish va qo‘llash mas’uliyatini ham
yuklaydi. Ammo yuqori unum bilan ishlaydigan zamonaviy ishlab chiqarish uskunasining o‘zigina
korxonaning texnik-estetik darajasini belgilab berolmaydi. Bino, uskunalarning joylashtirilishi, bino
ichidagi yorug‘lik, undagi mo‘‘tadil temperatura, bezalishi ham muhim o‘rin tutadi. YAna shuni
alohida ta’kidlsh lozimki, korxonalarda axloqiy-estetik muhit uyg‘unligiga e’tibor kun sayin oshib
bormoqda.
Mehnatning estetik jihatdan to‘laqonli bo‘lishi avvalo ob’ektiv omil - ishlab chiqarish
jarayoniga ham bog‘liq. Albatta, bu o‘rinda mehnatkashlarning madaniyati, axloqi, estetik didi
masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Eng yuqori va ilg‘or texnologiya ham did, mahorat,
madaniyatga ega emas. Uni inson boshqaradi va inson didi, mahorati, madaniyati mehnat mahsulida
o‘z ifodasini topadi. Texnika taraqqiyoti ishchini og‘ir jismoniy mehnatdan xalos etsada, lekin
ruhiy-axloqiy mas’uliyatini kuchaytiradi. O‘z o‘rnida texnika taraqqiyotining ijobiy va salbiy
jihatlari mavjud. A-1-85+(1-159) “Ta’limda menejment va marketingning ijtimoiy-psixologik
jihatlarini ishlab chiqish va milliy madaniyatni umuminsoniy madaniyat bilan uyg‘unlashtirishga
oid uslubiy qo‘llanma tayyorlash” mavzusidagi grant doirasida bir qator oliy ta’lim muassasalari
talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnomaga ko‘ra "Zamonaviy texnika va
texnologiyaning ijobiy jihatlari nimada? "degan savolga respondentlarning 57,48 foizi “ Mehnat
jarayoni engillashadi”, 55,51 foizi “Vaqt tejaladi”, 46,30 foizi “Ish unumi oshadi”, 18,42 foizi
“Insonning dam olish imkoniyatlari kengayadi” degan javobni tanlashgan.
So‘rovnomada yoshlar zamonaviy texnikaning mehnat faoliyatidagi ahamiyatini baholash
bilan birga, uning salbiy jihatlarini ham ta’kidlab o‘tishgan. Buni "Zamonaviy texnika va
texnologiyaning salbiy tomonlari nimada?”-degan savolga tanlagan javoblari ham tasdiqlaydi.
Respondentlarning 17,68 foizi ”Mehnat jarayoni murakkablashadi”, 35,69 foizi “Kishilar bir-
birlariga befarq bo‘lib qolishadi”, 19,98 foizi “Milliy madaniyat tanazzulga yuz tutadi”, 31,33 foizi
“Inson texnika quliga aylanadi”, 25,82 foizi “Ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, 3,87 foizi “Bir
madaniyatlilik shakllanadi” degan javobni tanlashgan. Demak, shundan ko‘rinib turibdiki, ijobiy
jihatlari: inson og‘ir mehnatdan xalos bo‘ladi, mehnat unumdorligi, ish haqi hayot farovonligi
oshadi, bo‘sh vaqt paydo bo‘ladi, ma’naviy- jismoniy qobiliyatlarini taraqqiy etish imkoni paydo
bo‘ladi. SHu bilan birga salbiy jihatlari: diqqat talab qiladigan murakkab texnikani boshqarish
jarayonida insonda ruhiy zo‘riqishlar paydo qilishi, kasalliklar ko‘payishi, ruhiy va jismoniy
jihatdan me’yordan orta qolish, internet, mobil telefonda foydalanish oqibatida yangi
kasalliklarning paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. SHuningdek, ilmiy-texnik taraqqiyot insonga yangi
ma’naviy talablar qo‘ya boshlaydi. Jamiyatdagi asosiy ishlab chiqaruvchi texnika emas, chunki u
inson tomonidan boshqariladi. SHunday ekan bu talablar texnika emas insonga tegishli bo‘lib
quyidagilardan iborat: 1) inson hayotiy suratlarining oshishi natijasida tartib, mas’uliyat kabi
fazilatlar ortadi; 2) jamiyatning turli sohalarda intensivlashtirish oqibatida kishilar o‘rtasidagi
axloqiy mexanizmlarni boshqarish murakkablashadi, konflikt va qarama-qarshiliklar kuchayadi; 3)
ilmiy-texnik taraqqiyot xizmatchilar kasbiy, mutaxassislik tayyorgarligiga yuqori talablar qo‘yadi,
yangi texnikalarni boshqarish, xizmatchilarning o‘z-o‘zini idora qilishi, irodaviy qobiliyatlarini
kuchaytirish; 4) inson faoliyat sohalari murakkablashuvi natijasida ularning faoliyatida axloqiy
javobgarlik ortib boradi; 5) xizmatchilarning ijodiy faoliyatini oshishi talab etiladi, ushbu faoliyatni
takomillashtirish esa aqliy va ruhiy zo‘riqishlarni kuchaytiradi. Bu ijtimoiy munosabatlar
jarayonida, mehnat jarayonida, ma’naviy hayotda, iste’mol sohasida ilmiy-texnik taraqqiyot ta’siri
kuchayadi.SHunday qilib, mehnat insonga kuchli va ko‘p-qirrali ta’sir ko‘rsatib, uning faoliyatiga
estetik ma’no-mazmun baxsh etadi, ma’naviy kamol topishiga ko‘maklashadi. Bunda ijod
ustuvorligi qancha yuqori bo‘lsa, uning estetik mohiyati ham shuncha barqaror, ma’naviy
ta’sirchanligi kuchli bo‘ladi. Hozirda mehnatning estetik mazmun-mohiyatiga munosabat o‘zgardi:
davlatimizning siyosatida “Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati
islohotlarning bosh maqsadi” etib belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |