1-MAVZU: FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR
MOHIYATI
REJA:
1. Falsafa mavzusi va falsafiy bilimlar mohiyati.
2. Dunyoqarash va uning tarixiy turlari.
3. Falsafa fanining predmeti.
4. Falsafaning asosiy funksiyalari. Falsafaning sohalari.
5. Asosiy falsafiy yo‘nalishlar.
6. Mustaqil O‘zbekistonda falsafa.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR:
fan, falsafa, dunyoqarash, mifologiya,
«dunyo-inson» tizimi, monizm, materializm,
idealizm, agnostitsizm, emperizm,
ratsionalizm, irratsionalizm,
dialektika, metafizika,
dualizm, plyuralizm, milliy
taraqqiyot.
1.
Qadimgi davrda falsafa barcha nazariy fikrlarni, ma’naviy hayotning hamma
tomonlarini qamrab oluvchi fikrlar tizimi sifatida Qadimgi YUnoniston va Rimda
er.avv. VII-III asrlarda paydo bo‘lgan. Agar falsafa so‘zining
kelib chiqishi
(etimologiyasi)ga e’tibor bersak, falsafa yunoncha «filio» - sevaman, «sofiya» -
donolik so‘zlaridan olingan bo‘lib, donolik, donishmandlik bilan shug‘ullanish deb
qaraladi. SHu ma’noda Donishmandlikning o‘zi nima?
Qadimgi yunon faylasufi Diogen (e.o. 400-325) dan donishmand kim? - deb
so‘rashganda, u:
«Haqiqiy donishmand xudodir, biz donishmandlikni
sevguvchilarmiz»
- degan. De
mak, donishmandlikni sevguvchilar donolik
tafakkuri bilan dunyoni, o‘zligini
anglashga intiluvchilardir.
Grek mutafakkiri Geraklit (520-460) shogirtlariga murojaat qilib,
“Do‘stim,
sen hali yoshsan, umringni bekor o‘tkazmay desang, falsafani o‘rgan”,
deb uqtiradi.
Sokrat (e.o. 470-399 y) o‘z – o‘zini erga urish tubanlashish, o‘zligini anglash,
o‘zligini yuqori tutish esa donishmandlikdir degan.
Diogen Laertskiy (eramiz II asri oxiri - III asr boshlari) so‘zlariga qaraganda,
o‘zini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi – yunon mutafakkiri va olimi
Pifagordir. Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta’rif berib, u shunday degan:
«Hayot o‘yinga o‘xshaydi: ba’zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar
savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi
shunday, ba’zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o‘ch bo‘lib dunyoga keladi,
vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi»
1
.
Bugungi kunda haqiqatni izlash faqat falsafagina taalluqli degan fikrga
qo‘shilib bo‘lmaydi. Faylasuf bo‘lmasdan ham fizika, tibbiyot, badiiy ijodda yoki
kundalik hayotda bilim va haqiqatga intilish mumkin.
Biroq haqiqatni ongli izlash
aynan falsafadan boshlangan.
«Falsafa nima degani?» savolga javob izlash oson emas. Falsafaga tegishli
bo‘lmagan narsani aniqlash osonroq. Agar fanlar, aytaylik, botanika yoki lingvistika
ta’riflarini oladigan bo‘lsak, ulardagi mavjud farq, odatda, mashg‘ulotning asl
mohiyatiga daxl qilmaydi. Hech bir botanik mutaxassisligi fanining mavzusi -
o‘simlik olami ekanligiga e’tiroz bildirmaydi. Har qanday lingvist o‘z
fanining
1
Диоген Лаэртский. О жизни, учениях и изречениях знаменитых философов. М., 1979. 334-б.
mavzusi - til ekanligini tasdiqlaydi. Bir faylasufning ta’rifi boshqasinikidan farq
qilishi mumkin. Falsafaning ta’rifi shu qadar ko‘p va turli-tumanki, ko‘pchilikda
«O‘zi bir fan to‘g‘risida gap ketyaptimikin yoki yo‘qmi?»
2
degan savol tug‘ilishi
mumkin.
Ba’zi falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi sabab
to‘g‘risidagi fan deb ta’riflanadi. Masalan, qadimgi
yunon faylasufi Arastu
ta’limotida, u
«barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to‘g‘risidagi fan»
deyilgan
bo‘lsa, o‘rta osiyolik mutafakkir Abu Ali Ibn Sino falsafani
«mutlaq borliq
to‘g‘risidagi oliy fan»
deb ta’riflagan.
Ba’zi ta’limotlarda falsafa «to‘g‘ri fikrlash orqali erishilgan bilim» (T.Gobbs),
umuman,
«fanlarni ko‘rib muhokama qiluvchi»
(G.V. Xegel) deb keng tasavvur
qilinsa, boshqalarida tor ma’noda, masalan,
«fikrning mantiqiy oydinlashuvi»
(L.Vitgenshteyn) sifatida tushuniladi.
Umuman falsafani ifoda qilish mumkinmi? Nemis faylasufi G.V.Xegel (1770-
1831) muayyan falsafa yagona jahon falsafasining - tarixiy bosqichlari, uni
shakllanish onlari va bir butun
rivojlanishining mohiyatidir, deb hisoblagan.
Falsafaga berilgan eng oddiy va dastlabki ta’riflar: falsafa - bu dunyoqarash
yoki boshqacha aytganda: falsafaning mavzusi - «dunyo - inson» tizimidir.
2.
Dunyoqarash nima? Hamma zamonlarda ham inson oldida uning atrof
muhitga, boshqa odamlarga, o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatini belgilovchi savollar
ko‘ndalang turadi. Har birimiz unday yoki bunday tarzda ularga duch kelamiz. Bizni
o‘rab turgan dunyo nimadan tashkil topgan? Uni bilib bo‘ladimi va agar bilish
mumkin bo‘lsa, qay darajada? Insonni o‘zi nima? U qanday bo‘lishi kerak? O‘limdan
so‘ng bizni nima kutadi? Dunyoni nima boshqaradi? Dunyoda yovuzlik muqarrarmi?
Inson dunyoni o‘zgartira oladimi?
Mana shunday savollarga javoblardan inson dunyoqarashi shakllanadi.