Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


umumiy qonunlari kashf etiluvchi va ta’riflanuvchi ma’naviy faoliyatdir



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

umumiy qonunlari kashf etiluvchi va ta’riflanuvchi ma’naviy faoliyatdir.
YA’ni
bu dunyoga va insonning undagi o‘rniga nisbatan qarashlarning umumiy tizimidir. 
Insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan
qoniqmagan insonning o‘ziga ma’lum bilimlar va tajribaga, muayyan e’tiqod,
ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat
qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday ob’ektiv va sub’ektiv borliq 
falsafaning
predmeti
hisoblanadi. 
Falsafaning mavzu sohasi
«dunyo-inson» tizimi hisoblanadi: a) «dunyo»
tizimi, b) «inson» tizimi va a) ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tizimi. Bu
tizimlarning o‘zi turli darajada tasavvur etilgan. «Dunyo» tushunchasida bir butun
dunyo, uning tarkibiy qismlari (megadunyo, makrodunyo, mikrodunyo; anorganik
dunyo, organik dunyo, ijtimoiy dunyo va hokazolar), ular o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik va o‘zaro munosabat tushuniladi. «Inson» tushunchasida alohida olingan
shaxs, turli darajadagi ijtimoiy jamoalar, bir butun jamiyat tushuniladi.
Falsafani «dunyo» va «inson» tizimidagi hamma narsa va «inson» ni «dunyo»
ga bo‘lgan har qanday munosabati qiziqtiravermaydi. Falsafa eng avvalo
umumiylikka, «dunyo-inson» tizimidagi universal munosabatlarga yo‘nalgan.
Bularga ontologik (borliq haqida), gnoseologik (bilish haqida), aksiologik
(qadriyatlar haqida) va praksiologik munosabatlar kiradi. Bu munosabatlarning
umumiyligi ularning zarur tarzdaligini bildiradi. Insonlar qaerda va qanday davrda
yashamasinlar, albatta mana shu munosabatlar orqali atrof muhit bilan bog‘liqdirlar:
ular - shu dunyoning mahsuli, ular shu dunyoni o‘rganadilar, uni baholaydilar va
o‘zgartiradilar.
Qaysi falsafiy muammo - bosh, etakchi muammo ekanligi faylasuflarni
hamisha qiziqtirib kelgan. Ayrim faylasuflar buni Xudoni bilish, boshqalari - insonni
bilish, uchinchilari - dastlabki borliqni aniqlash, to‘rtinchilari - dunyoning qadriyatli
o‘lchovi va hokazolarni bilishda deb bilganlar. Falsafaning asosiy muammolari
mavjudmi, agar mavjud bo‘lsa, ular nimalardan iborat?


Barcha falsafiy muammolarni uchta asosiy guruhga taqsimlash va quyidagi
savollar bilan ifodalash mumkin:
1. Dunyo nima?
2. Inson nima?
3. Dunyo bilan inson o‘rtasidagi munosabatlar nimadan iborat?
Agar biz har qanday falsafiy muammoni oladigan bo‘lsak, u albatta mana shu
uchta falsafiy masaladan bittasiga dahldordir.
SHunday qilib, falsafaning markaziy masalasi bo‘lgan insonning dunyoga
munosabati uning mavzusi hamda inson tabiatida mavjud bo‘lgan dunyoqarashidan
kelib chiqadi. Bu erda, «dunyo-inson» tizimi to‘g‘risida gapirganda, «dunyo» va
«inson» ni ularaning o‘zaro qarama-qarshi tomonlarini qayd etuvchi juda keng
falsafiy tushuncha ekanligini nazarda tutish kerak. SHu bois mazkur kontekstda ular
«Men» va «Men – emas», «sub’ekt» va «ob’ekt», «makrokosmos» va
«mikrokosmos», «ichki dunyo» va «tashqi dunyo», «ruh» va «tabiat», «ong» va
«materiya», «tafakkur» va «borliq», «g‘oyaviy» va «moddiy» kabi turli davr hamda
har xil falsafiy tizimlarda insonning dunyoga nisbatan qarashlari aks ettirilgan bo‘lib,
ular binar oppozitsiyalarga tengdir.
«Dunyo» – inson» muammosining mazmuni markaziy falsafiy muammo sifatida u
yoki bu tarixiy davrning etakchi yo‘nalishlari (tendensiyalari) mazmuni bilan
bog‘liqdir. Jamiyatda ustuvor muammolar o‘zgarganida mazkur muammo
mazmuniga nisbatan urg‘u, ta’kid ham o‘zgaradi. Bu urg‘ular u yoki bu tarixiy davr
faylasuflarining diqqat markazi nimaga qaratilganligining ifodasi hisoblanadi.
Boshqacha aytganda, «dunyo-inson» muammosi u yoki bu davr falsafiy tafakkuri
yo‘nalishini (paradigma) ifodalaydigan o‘z tarixiy shakllariga ega.
SHunday qilib,

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish