ham ushbu muammoni qay tariqa hal qilinishiga bog‘liq. Bu o‘z navbatida, insonning tabiatga
estetik munosabatini o‘zgartirishni taqozo etadi. Negaki, voqelikka estetik munosabat - tabiatga
muhabbatdan boshlanadi. CHunki, tabiat inson kamoloti, salohiyati, iqtidori, imkoniyati uchun
betakror manba bo‘lib xizmat qiladi.
Inson bilimining ortishi, tabiatni o‘rganish va o‘zlashtirish imkoniyatlarini kengayishi
texnik-texnologik taraqqiyotga va inson qudratini yuksalishiga olib keldi. Bu holat o‘z navbatida,
insonni tabiat ustidan hukmronlik qilishga undadi. Buning oqibati turli ko‘rinishdagi ekologik
halokat, tahdid, zarar va illatlarni yuzaga keltirdi.
Endilikda tabiat va inson o‘rtasida yangicha muloqot vujudga kelmoqda. Inson tabiatning
hukmroni emas, balki uning bir bo‘lagi ekanligi tabiatga nisbatan qilingan har qanday yomonlik
oqibat insonga qilingan yomonlik ekanligini anglab etdi. Har qancha ekologiyaga e’tibor qilmaylik,
uni fan sifatida zo‘r berib o‘qitmaylik, baribir tabiatni tushunishimiz qiyin, zotan ekologiya tabiatni
asrashni, qutqarishni, boyitishni targ‘ib qiladi. Biroq ularning hammasiga faqat estetika yordamida,
uning ekologiya bilan hamkorligida erishish mumkin. CHunki estetika insonga tabiatni sevishni,
uning go‘zalligiga beg‘araz munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi, ya’ni tabiatni faqat odamlar uchun
yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok
etishni taqozo qiladi.
Ekologiya atrof-muhitning sifat holatini belgilovchi omil bo‘lganligi uchun u iqtisodiyot,
ijtimoiy hayot, davlatlarning ichki va tashqi siyosatiga ham kirib bordi. Bu bejiz emas, chunki
dunyoda ekologik muammolarning jiddiylashib borayotganligi hech kimga sir emas. Ekologik
xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib butun insoniyatning
umumiy muammosiga aylandi. Ayniqsa Markaziy Osiyo davlatlarida tabiatni muhofaza qilishga oid
qonunchilik rivojlanmoqda va takomillashmoqda, genofondni barqaror rivojlantirishni saqlab
qolishni tabiiy resurslarda oqilona foydalanishni ta’minlaydigan hamda fuqarolarning maqbul atrof
muhitga bo‘lgan huquqni kafolatlaydigan xalqaro konvensiyalar, shartnoma va bitimlarga qo‘shilish
jarayoni davom etmoqda.
Atrof-muhitga bepisandlik, tabiat ne’matlariga hurmatsizlik, o‘simlik va nabotot olamiga
e’tiborsizlik bugungi kunga kelib pirovardida inson va uning genofondiga salbiy ta’sirini o‘tkaza
boshladi. Bundan tashqari, tabiatga g‘ayriestetik munosabat biologik xilma-xillikning qisqarishiga,
katta hajmdagi sanoat va boshqa xil chiqindilarning ko‘payishiga, cho‘llanish, er va suv resurslari
degradatsiyasiga hamda mintaqaviy va global miqyosda echilishi zarur bo‘lgan muammolarni
keltirib chiqardi. Bu muammolar inson hamda uning manfaatlari himoyasi, avvalo, sog‘lom va
musaffo atrof-muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlash jarayoni amalga oshirilayotgan
islohotlarning o‘zagini tashkil etgan O‘zbekiston uchun atrof tabiiy muhitni asrab-avaylashni va uni
sog‘lomlashtirishni yanada dolzarb qilib qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: