Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Biz yuqorida faylasuflarning estetika kategoriyalarining



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

Biz yuqorida faylasuflarning estetika kategoriyalarining
tarixi, uni tizimlashtirish muammolari, ko‘rinishlari va o‘ziga


xos jihatlari bilan bog‘liq qarashlar va nazariyalarga bejiz
murojaat etmadik. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz,
kategoriyalar tizimi qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, ularning
har birida go‘zallik markaziy kategoriya sifatida ishtirok
etmoqda. Biz manashu jihatga ko‘ra go‘zallik falsafasini
tushuntirishdan avval go‘zallikning muhim mezoniy
tushuncha - kategoriya sifatidagi mohiyatini ko‘rib o‘tishni
maqsadga muvofiq, deb bildik. Zero, estetika
kategoriyalarining yaxlit tizimini ishlab chiqish muammosi
ko‘p yillardan buyon olimlar e’tiborini jalb etib
kelayotganligidan maqsad ham go‘zallikning falsafiy,
axloqiy, hatto siyosiy mohiyatini atroflicha o‘rganishga
qaratilganligidadir. 
Go‘zallik estetikaning asosiy kategoriyasi sifatida barcha estetik tushunchalar
uchun asos vazifasini bajaradi. SHuning uchun ham odatda “Estetika fani nimani
o‘rganadi?”, “Estetika fanining maqsadi nima?”, “Estetika qanday fan?” degan qator
savollarga “Estetika - go‘zallikni o‘rganuvchi fan!”, “Estetikaning maqsadi -
go‘zallikni yaratish!”, “Estetika - go‘zallik haqidagi fandir!” - degan javob beriladi.
Ko‘rinib turibdiki, estetika bilan bog‘liq har qanday savolning javobi go‘zallik
masalasiga borib taqaladi. 
Go‘zallik o‘z-o‘zidan vujudga keladigan hodisa emas, balki shakli, mazmuni
va xususiyatiga ko‘ra ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Birinchi ko‘rinishi go‘zallik
ontologiyasi bilan bog‘liq. Go‘zallik tafakkur va tabiat mahsuli. Kulol loydan,
naqqosh yog‘ochdan, misgar misdan, zargar tillodan shunday buyum yaratadiki,
uning jozibasi insonni hayratga soladi. YOki tabiatdagi purviqor tog‘lar, yuksak
cho‘qqilar, dengiz-u ummonlarning go‘zaligini inson takrorlashga ojiz.
Go‘zallik tushunchasining mazmun-mohiyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak,
uning tarixiy taraqqiyot hamda ijtimoiy munosabatlar jarayonida moddiy va ma’naviy
zaruriyatga aylangan tushuncha ekanligini kuzatishimiz mumkin. Bular:
Birinchidan - ijtimoiy hayotning barcha sohalariga go‘zallikni tatbiq etish,
uning qonuniyatlarini ma’naviy jarayonlarga qo‘llash orqali ilg‘or qadriyatlar tizimini
barpo etish mumkin. Jamiyatning iqtisodiy sohalariga go‘zallikni tatbiq qilish orqali
moddiy ehtiyojlar manbai yaratiladi. 
Ikkinchidan – globallashuv jarayonlariga nazar tashlaydigan
bo‘lsak, go‘zallikni amaliy-pragmatik jihatdan ahamiyati katta
ekanligi yanada oydinlashadi. CHunki, hozirgi kunda tinchlikni
barqarorlashtirish, ekologik xavfning oldini olish, davlatlararo va
etnik nizolarga chek qo‘yish, ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab
chiqarishni yo‘q qilish, terrorizm, genotsid va giyohvandlikning
tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi umumbashariy muammolarga
aylanib bormoqda. Endilikda texnogensivilizatsiyani ham go‘zallik
qonunlari asosida tashkil etishga katta ehtiyoj sezilmoqda. 
Uchinchidan - go‘zallik normativ-baholash xususiyatiga ega.
CHunki, go‘zallikni his etish, uni baholash orqali inson o‘zida


uyg‘unlikni namoyon qiladi. Uyg‘unlik insonni faollikka undaydi,
loqaydlik, dangasalik kabi illatlardan halos etadi. Agar faoliyatning
boshqa turlari (siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ahloqiy) shaxsning
alohida kuchlarini rivojlantirishga ko‘maklashsa, go‘zallik ularni
yaxlit shakllantiradi.
Ta’kidlash zarurki, go‘zallik haqidagi qarashlar va nazariyalar markaziga
«Go‘zallik nima?» degan savol qo‘yiladi-yu, ammo ularning aksariyatida «Nima
go‘zal?» degan savolga javobni ko‘ramiz. Bu borada «Huvarnosi Ahura Mazda ko‘p
go‘zaldir, go‘zaldir juda» (Zardusht), «Go‘zallik bu g‘oyalardan iborat g‘oyaning
g‘oyasi» (Aflotun), «Go‘zallik-bu turli musiqalar, yaxshi xulq-atvorga to‘g‘ri
keladigan, odamlar erishishga havas qiladigan narsalardir» (Abu Nasr Forobiy), «Har
qanday go‘zallik, go‘zallikni anglay olgan muhabbat ob’ektidir» (Abu Homid
G‘azzoliy), «Go‘zallikka muhabbat qo‘yishning asosida ham aql, ham hissiyot
yotadi» (Ibn Sino), «Go‘zallik barcha tillarda vasf etiladi va har qanday aqlga xush
keladi» (Umar Hayyom), «Go‘zallik bu hayotdir» (N.G.CHernishevskiy),«Go‘zallik
hissi, yoqimlilik tuyg‘usiga bog‘liq holda, odamlarning birlashuviga, ularda ijtimoiy-
ahloqiy fazilatlarning shakllanishiga olib keladi» (E.Byork), «Go‘zallik manfaatsiz
maftunlikning, muhabbatning ob’ekti» (I.Kant), «Go‘zallik-hodisaga aylangan
erkinlik» (F. SHiller), «To bizga taalluqli emas ekan, hamma narsa go‘zal» (A.
SHopenhauer), «Go‘zallik Xudo-san’atkor tomonidan yaratilgan illyuziya-
xayolotdir» (F. Nitsshe), «Qaerdaki modda nurafshon bo‘lsa, o‘sha erda go‘zallik
hodisasini uchratish mumkin: modda va nurning uzviy omuxtaligi-hayotdir»
(Vl.Solovyov) va shu kabi fikrlar go‘zallikka turlicha yondoshuv natijasida yuzaga
kelgan. 
Odatda, go‘zallik ikki omil asosida yuzaga keladi. Bular: inson
tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratiladigan go‘zallik;
inson tafakkuridan tashqarida, insonga bog‘liq bo‘lmagan xolda
yuzaga keladigan go‘zallik. Birinchisida aql, ruh va xissiyot ustuvor
bo‘lsa, ikkinchisida makon va zamon salmoqli o‘rinni egallaydi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish