YArashmagan kiyimni kiyish naqadar kulgili va hunukligini
tasavvur qilish qiyin emas. SHunday ekan, go‘zallik
xususiyatlarining namoyon bo‘lishida sezgilarning alohida
ahamiyatga ega ekanligini e’tibordan chetda qoldirmaslik
zarur. SHuningdek, go‘zallik haqidagi qarashlar tahlili
shundan dalolat beradiki, mazkur besh sezgi ham go‘zallikni
to‘laqonli aks ettirish uchun etarli emas.
YUqorida bildirilgan fikrlarga asoslangan holda
go‘zallikka quyidagicha ta’rifni berishni maqsadga muvofiq,
deb bildik. Go‘zallik - ma’naviy va moddiy xususiyatga ega
bo‘lgan, ijtimoiy hayotda favqulodda ahamiyat kasb etuvchi
tushuncha bo‘lib, narsa-hodisalarning inson tafakkurida
lazzatning uyg‘unlik, me’yor, hamohanglik, mutanosiblik,
maqsadga muvofiqlik asosida namoyon bo‘lishidir.
Ma’lumki, voqelik o‘z ichiga talaygina ekvivalent tushunchalarni qamrab
oladi; u yagona va ayni paytda rang-barangdir, abadiy va ayni paytda o‘tkinchidir,
o‘zgarmas va ayni paytda o‘zgaruvchandir. Xususan, go‘zallik o‘z mohiyatini
muayyan ziddiyatlar bilan bog‘liqlikda namoyon qilib boradi. Zero, go‘zallikning
dialektik ziddi uni yanada takomillashib borishidagi zaruriy shartdir. Ana shu zaruriy
shart nafosatshunoslikda umumiy nom bilan «xunuklik» deb ataladi: u go‘zallikning
dilemmasi.
Olmon faylasufi K.Rozenkrans o‘zining «Hunuklik estetikasi» nomli asarida
xunuklikni go‘zallik bilan munosabati masalasini ko‘rib chiqadi. Qizig‘i shundaki,
muallif asarda hayotning og‘riqli qusurlarini emas, balki xunuklikka to‘g‘ridan-
to‘g‘ri go‘zallikning murosasiz inkori sifatida yondashadi. Bu borada ta’kidlaydiki,
«Bizga xunuklik emas,
aksincha, o‘zidagilarni bardosh bilan engib, ulardan ajralib
chiqqan go‘zallikkina zavq bag‘ishlaydi. San’at bizga xunuklikning barcha ikr-
chikirlarini ochiq-oydin tasvirlamog‘i lozim».SHuni alohida ta’kidlash o‘rinliki,
estetika kategoriyalari orasida xunuklik singari kishilarda salbiy his-tuyg‘u paydo
qiladigan boshqa tushunchalar ham mavjud. Tubanlik ana shunday tushuncha, uni
xunuklik bilan aynanlashtirib bo‘lmaydi. CHunki, xunuklik kishilarda engil no-
xushlik tuyg‘usini
paydo qilsa, tubanlik esa kuchli nafratlanish hissini uyg‘otadi.
Tabiat, hayvonot va nabotot olamidagi xunuklik engil noxushliklar ko‘rinishida
namoyon bo‘ladi, biroq, tubanlikka aylanmaydi. Insondagi xunuklik esa tubanlik
darajasiga borib etadi. Daryoning suvi loyqalangani, ko‘kalamzorlarga to‘kilgan
axlat, qurbaqa, ilon xunuk ko‘ringani bilan undan odamlar nafratlanmaydilar. Inson
tomonidan qilinadigan ayrim hatti-harakatlardan esa nafratlanish va hatto jirkanish
mumkin. Mamlakat boshiga og‘ir kulfat tushganda undan o‘z moddiy manfaatlari
yo‘lida foydalanuvchi tuban odamga misol bo‘ladi.
Ko‘rinib turibdiki, go‘zallikning o‘zi murakkab masala bo‘lishi barobarida
uning ziddi hisoblangan xunuklik ham murakkablikda qolishmaydi. SHunga
qaramay, go‘zallik o‘z mukamalligiga xunuklikni bartaraf etish orqali erishadi.
Zotan, ongli mavjudot hech qachon xunuklikka e’tiqod qo‘ygan emas, aksincha,
go‘zallikning qudratini tan olgan.
Ulug‘vorlikning falsafiy mohiyati
.
Ingliz nafosatshunosi E.Byork go‘zallikni
ulug‘vorlik bilan qiyoslaydi va ularni bir-biriga qarama-qarshi tushunchalar sifatida
tadqiq etadi. Olmon faylasufi I.Kant esa go‘zallik va ulug‘vorlikni uyg‘unlikda
rivojlanuvchi tushunchalar deb hisoblaydi. Ulardan farqli o‘laroq, faylasuf Gegel
ulug‘vorlikni go‘zallikning bir ko‘rinishi bo‘lib, ulug‘vorlik – zohiriy go‘zallikning
botiniy go‘zallikka aylanishidir, deb tushuntiradi. Mazkur fikrlardan
ulug‘vorlik-
insonning narsa hodislarga estetik va axloqiy mezonlar bilan yondashishi va ulardan
yuksak hayratlanish tuyg‘usini hosil qiluvchi estetik hissiyot majmui, degan fikr kelib
chiqadi.
Ta’kidlash zarurki, ulug‘vorlik go‘zallik singari qamrovli tushuncha. U o‘zida
hajm, miqdor, ko‘lam va buyuklikni namoyon qiladi. Fridrix SHiller ulug‘vorlik
qayg‘u va qo‘rquvni enguvchi va insonni ulug‘lab unga go‘zallik baxsh etishini
tushuncha ekanligini uqtiradi. Buni u «axloqiy xavfsizlik»
tushunchasi orqali
izohlaydi. CHunki, qo‘rquv va dahshatga qarshi borish uchun ham xavfdan xoli
bo‘lish lozim. Zero, jismoniy xavfsizlik bevosita shaxsning o‘ziga tegishli bo‘lib,
insondagi qatiy ishonch bois xotirjam, xavfsiz. Biroq, dahshatli yo‘qotishlar va
mudhish qotilliklar qarshisida insonning xotirjamligi yo‘qoladi. Agar xavf insonning
o‘zigagina yaqinlashsa-yu, u o‘zini hotirjam his qilsa, demakki, uning vijdoni
xavfdan xoli; unga hech qanday havf tahdid solmaydi. SHu bois «axloqiy havfsizlik»
din, e’tiqod va abadiylikka dahldorlikni taqazo etadi. Buni o‘zbek xalqi ma’naviy
merosida muhim o‘rin tutgan Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur kabi
sarkardalarning, Abu Rayxon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek kabi olimlarning hayotidagi
ma’naviy jasoratni asos sifatida aytish mumkin. Ayniqsa, Abu Mu’in Nasafiy islomiy
xalqlarning zaiflashuvi va o‘zaro e’tiqodiy ziddiyatlar kuchaygan bir davrda e’tiqodiy
masalalarda hujjatlari eng aniq keltirilgan manbalar asosida
ahli sunna val jamoa
bilan unga xusumatlashgan boshqa firqalarning o‘zaro murosaga kelishini ta’minlash
yo‘lida ko‘rsatganma’naviy jasorati bunga misol bo‘ladi. SHunga ko‘ra, ulug‘vorlik
muhokamasi yuksak darajada madaniyatni talab qiladiki, bu muhokama go‘zallik
muhokamasidan ustuvorroqdir, deyish mumkin.
Tabiatdagi ulug‘vorlikcheksiz osmon, purviqor tog‘lar, yuksak cho‘qqilar,
moviy dengizlar, ming yillik chinorlar, shuningdek, vulqon va chaqmoq singari tabiat
hodisalarida namoyon bo‘ladi. Ular uzoqdan kishilarda hech qanday hayajonli
taassurot qoldirmaydi. Biroq, ularga yaqinlashganimiz sari ruhiyatimizni hayajon,
jo‘shqinlik egallay boshlaydi, ularni butunligicha ko‘z
bilan qamrab ololmaslik
darajsiga etganda esa bu hayajon yanada ortadi. Tabiatdagi ulug‘vorlik matematik va
dinamik xususiyatga ega. Matematik xususiyatida hajm, dinamik xususiyatida kuch
ustuvor ahamiyatga kasb etadi. Biroq, ikkala xususiyat ham insonda kuchli hayrat va
hayratlanish tuyg‘ularini paydo qiladi. Tog‘lar insonni yuksak fikrlashga, buyuk
g‘oyalarga undaydi: Everestga O‘zbekiston bayrog‘ini tikib qaytishgan
alpinistlarimizning taassurotlari nihoyatda hayajonlidir.
Odatda estetikaning asosiy kategoriyalariga “zid”, “qarama-qarshi” va
“teskari” tushunchalar tabiat, jamiyat munosabatlarida namoyon bo‘lishi mumkin.
Biroq, estetika kategoriyalari orasida ulug‘vorlikning ziddi bo‘lgan tubanlik bevosita
inson va uning faoliyati bilan bog‘liq tarzda namoyon bo‘ladi.
Tubanlik- insonda kuchli nafratlanish tuyg‘ularini hosil qiluvchi estetik
kategoriya. U kishilarda salbiy his-tuyg‘u paydo qiladigan xunuklikdan ko‘ra
kuchliroq, ta’sirchanroqdir: SHu bois uni hunuklik bilan aynanlashtirib bo‘lmaydi.
Tabiat, hayvonot va nabotot olamidagi xunuklik tubanlikka aylanmaydi. Insondagi
xunuklik esa tubanlik darajasiga borib etadi. Daryoning suvi loyqalangani,
ko‘kalamzorlarga to‘kilgan axlat, qurbaqa, ilon xunuk ko‘ringani
bilan undan
odamlar nafratlanmaydilar. Gohida muhtojlik inson tabiatidagi yovuz maylni
qo‘zg‘atib yuborishi natijasida insonni tubanlashtiradi.
Tubanlik kategoriyasi Etika bilan Estetikaning bir-biriga yaqin, uzviy va
ajralmas ekanligini isbotlovchi tushuncha hamdir. Tubanlik etikada – xoinlik,
sotqinlik, qotillik, vahshiylik kabi illatlar bilan bab-baravar mazmun kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: