Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

Fojeaviylik kategoriyasi.
Fojeaviylik muammosi har doim falsafiy va estetik
tafakkurning muhim tadqiqot obekti bo‘lib kelgan. Har qanday fojea zamirida alohida
fojiali to‘qnashuv yotadi, uning eng muhim jihati ko‘lamlilik va ijtimoiy ahamiyatga
tegishligidadir. 
Fojeaviylik real hayot va inson a’molidagi kuchlar
to‘qnashuvining natijasi bo‘lib, bu to‘qnashuvlar kurashining qanday
tugallanishi pirovardida insoniyat istiqboli, taqdiri bilan bog‘lanib
ketadi. Bu hol fojeaviylikning falsafiy jihatdan murakkab estetik
kategoriya ekanligini ko‘rsatadi. Odatda, fojeiy qahramoni ko‘pincha
ijobiy tusda tasvirlanadi: u o‘z davrining ijobiy orzu-umidlari, u yoki
bu qirralarini o‘zida mujassamlashtirgan kuchli, yorqin, ulug‘vor
shaxsni namoyon etadi. Lekin fojea to‘qimasida boshqa turdagi
qahramonlar kam aks ettirilgan bo‘lib, o‘z taqdirlari bilan
tomoshabinda o‘ta kuchli his-tuyg‘ularni qo‘zg‘aydi. 
Kulgililik kategoriyasiga doir tadqiqotlar kulgining predmetini bir tomondan -
ob’ektiv xususiyat sifatida, ikkinchi tomondan - shaxsning sub’ektiv imkoniyatlari
natijasi sifatida, uchinchi tomondan - sub’ekt va ob’ekt o‘zaro aloqadorligining
natijasi sifatida o‘rganadi. Bu o‘z navbatida, kulgililik kategoriyasini turli rakursda
o‘rganishga olib keldi. 
Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o‘rganilgan. Jumladan,
Aflotun ojiz va layoqatsizlarni kulgili odamlar, nodonlik - insonni kulgili qiladi,
deydi. Arastu fikriga ko‘ra, kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor
etkazmaydigan va zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib chiqaradi. Insondagi
jahldorlik, suskashlik, qizg‘onchiqlik, subutsizlik, izzattalablik, shuhratparrastlik kabi
illatlar kulgililik ob’ektidir. Bundan tashqari, Arastu kulgi - axloq hududlarini bezarar
buzishdir, degan fikrni bildiradi.
Kulgilililk boshqa nafosatli hodisalar singari faqat ob’ektiv
tomonga ega bo‘lmay, sub’ektiv tomonlarni ham o‘zida birlashtiradi.
Kulgililikning sub’ektiv tomoni- keng ma’nodagi hazil(yumor)
tuyg‘usidir. (Moler hazil tuyg‘usini insonni hayvondan ajratib
turadigan xususiyati deb atagan edi.) Hazil - insonlararo
munosabatlarni tabiiy va erkin idrok etishi, turli beo‘xshov
ziddiyatlarni anglagan xolda ularga nisbatan oqilona kulgi bilan
javob berish qobiliyatidir. Hazil tuyg‘usi juda murakkab aqliy tuyg‘u


bo‘lib, unda shaxs o‘zining butun borlig‘i bilan namoyon bo‘ladi, uda
insonning his-tuyg‘usi, aqliy madaniyati, orzu-umidlari va tabiati aks
etadi. SHuning uchun ham insonning nima uchun kulayotganligiga
qarab, uning qanday illat va qanday fazilatga ega ekanligini bilish
mumkin bo‘ladi. 
Hulosa qilib aytish mumkinki, jamiyat ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotidagi har
bir muammo u yoki bu fanning tadqiqot doirasiga tegishlidir. SHu ma’noda estetika
ham fan sifatida maqsadi va vazifasi doirasida muayyan sohani o‘rganadi. Bu
vazifalar umuman olganda, tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil
qilishga, qonun va kategoriyalar asosida olamni yangidan idrok etishga qaratilgan
bo‘ladi.
Tabiat go‘zalligi va tarbiyaviy ahamiyati azaldan faylasuflarni qiziqtirib kelgan. Insoniyat
ma’naviy yuksalishidagi eng buyuk davrlar ham tabiat va odamzod hayotidagi o‘zaro uyg‘unlik va
mutanosiblikning mavjudligini idrok etish, tabiat va dunyoning tartibli yaratilishi haqidagi oqilona
munosabatlar bilan bog‘liq.
Ma’lumki, go‘zallik haqidagi ilk tasavvurlar ham tabiatga dahldor bo‘lib, tabiatdagi
organizmlarning har biri o‘z holicha emas, balki boshqa organizmlar bilan bog‘liq holda yashaydi.
Masalan, nabotot olami ham, hayvonot olami ham quyosh, suv, havo, tuproq ta’sirida yashaydi,
rivojlanadi. Buni zardo‘shtiylikning kitobi bo‘lgan “Avesto”da ham ko‘p bora ta’kidlab o‘tiladi.
Axura Mazda qiyofasidagi ezgulik hayot ramzi, erni hayvonot va nabotot bilan boyitadi, inson
ularni sog‘lik, kuch-qudrat, baxt shodlik, umid, ishonch, go‘zallik, farovonlik yordamida munavvar
qiladi. SHuni ta’kidlash joizki “Avesto” da inson oliy jonzot sifatida talqin etiladi, ayni paytda eru-
ko‘kdagi barcha ne’matlarni sevish, ardoqlash, insonning muqaddas burchi hisoblagan. Ozodalik,
tozalik tushunchalari axloqiy hamda ilohiy tushuncha darajasiga ko‘tariladi. Suvni, atrof-muhitni
toza tutish, jonivorlarga shafqatli munosabat, bularning bari “Avesto”da eko-estetik tarbiyaning
uzviy bog‘liq ifoda etilishini ko‘rsatadi. 
Tabiatga estetik munosabat xususida Qadimgi Xitoy daochilik ta’limotida ham o‘ziga xos
yondoshuv mavjuddir. Daosizm ta’limotida Inson mavjud olam kabi dao qonunlari asosida vujudga
kelgan., u tabiatning bir qismi, uning vazifasi fazilat (de) yo‘lidan borish. Har qanday sun’iy
aralashuv, tabiatning muvofiqlik tartibini o‘zgartirishga intilish-odamlar uchun halokatli, barcha
yovuzliklarning, son-sanoqsiz baxtsizliklarning manbai tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishdir.
SHu sababli Lao-szi nazdida faoliyat-daoga qarshi qaratilgan va xalqqa zarar keltiradi., uning asosiy
axloqiy tamoyili “uvey”-faoliyatsizlik, donishmand kishining “dao”si-bu kurashsiz faoliyat. Lekin
bu kurashsiz faoliyat aslida tabiatga qarshi bo‘lmagan faol hatti-harakat, faqat daoga xos, tabiat
qonunlariga mos faoliyatdir. Tabiat go‘zalligini asl holda saqlash va uni ko‘rish, his qilish
daochilikda muhim ahamiyat kasb etgan.
Muqaddas Islom dinining muborak manbalari - Qur’oni Karim va Hadisi sharifda atrof-
muhitni toza saqlash, tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanishga da’vat qilinadi. Tabiat ne’matlarini
isrof qilmaslik, insonning yashasha tarzi, shaxsiy gigienasi, zurriyotni tozaligiga, o‘simlik-hayvonot
dunyosini asrashga, umuman ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga katta ahamiyat berilgan.
CHunonchi, Hadisda “Kimki daraxt ekib uni muhofaza qilishga sabr qilsa, meva bergunicha


parvarish qilsa, u odamga mevasidan kelgan har bir foyda uchun Olloh huzurida ajr savob bo‘lgay”
“Dunyo yam-yashil va go‘zaldir. Kimki undan haqli ravishda halollik bilan olsa, undan baraka
topadi. Kimki nafs xoxishi bilan dunyoni mukasidan ketib egallasa, qiyomat kuni do‘zaxdan boshqa
narsaga erishmaydi” – degan hikmatlar bir necha marta ta’kidlanadi.
Tabiatdagi eng oddiy narsa va hodisalar mazmuni va shakli uyg‘unligi bilan go‘zaldir.
Go‘zallik bu voqelik (tabiat, jamiyat, san’at) hodisasi bo‘lib, aniq hissiy ta’sir o‘tkazish orqali
insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga, shodlik, zavqlanish, to‘la ma’naviy
qoniqish holati vujudga kelishiga imkon yaratadi. Go‘zallik doimo foydalidir, lekin bu foydalilik
jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Tabiatdagi go‘zallik ijtimoiy hayot go‘zalligidan, foydali amaliy faoliyatidagi go‘zallik
badiiy ijoddagi go‘zallikdan farq qiladi. Lekin go‘zallik qanchalik o‘zining rango-rangligi bilan
ajralib turmasin, ularning barchasi qandaydir umumiy tub belgilarga ega bo‘lib, mana shu umumiy
tub belgilar tufayli ularning barchasini maxsus ilmiy-falsafiy istiloh-go‘zallik tushunchasi orqali
talqin etish imkoniyati mavjud.
Inson hamma erda va har qanday darajada mavjud tabiiy hamohanglik bilan to‘qnashar
ekan, u albatta tabiatning go‘zalligidan zavq-shavq oladi, ongli yoki anglamagan holda sevinadi,
ma’naviy boylik orttiradi. Inson tabiatdagi u yoki bu davr, u yoki bu ijtimoiy guruh ijtimoiy
orzusiga muvofiq keladigan hodisalarni go‘zallik sifatida baholaydi. Hamma vaqt tabiatga estetik
munosabat va tabiatni estetik o‘zlashtirish uni «insoniylashtirish», tabiat hodisalariga inson talab-
ehtiyojlarini, maqsad-orzularini tatbiq etish bilan bog‘lanib ketgan. 
Insonda tabiatga qanday munosabatda bo‘lish tuyg‘usi birdaniga paydo bo‘lmagan, albatta,
u sekin-asta, inson zoti va tabiati rivojlanib borgani sari shakllanib borgan, ibtidoiy san’at manzarali
tasvirlarni bilmagan, tabiat hodisalarining go‘zal yoki hunuk ekanligini baholamagan, qadimgi
ovchi-musavvir o‘z diqqat e’tiborini asosan tirikchilik manbai bo‘lgan narsalar, voqea hodisalarga
qaratgan edi. (Omonqo‘ton, Sarmishsoy, Zarautsoy, Xojikent, Panjikent va boshqa qoya rasmlarni
eslang). O‘sha paytlarda inson faoliyatining asosiy turi bo‘lgan ovchilik o‘rniga u yoki u bilan
yonma-yon dehqonchilikning paydo bo‘lishi bilan, ya’ni inson atrofidagi tabiatni o‘zlashtira
boshlashi bilan tabiat boshqacha ijtimoiy orzu mezonlari bilan baholanadi, o‘lchanadi, inson uchun
tabiatning go‘zallik va xunuk tomonlari ayon bo‘la boshlaydi. 
Go‘zallikni yuksak darajadagi foydalilik tarzida idrok etiladi. Biroq, bu go‘zallikka
munosabatning faqat bir jihati, xolos. Bizning asrimizda insoniyat ulkan vayron qilish qudratiga ega
bo‘lgan vositalarni qo‘lga kiritdi. SHu narsa aniq-ravshan bo‘lib bormoqdaki, tabiatga faqat moddiy
manfaatdorlik nuqtai nazaridan munosabatda bo‘lish salbiy oqibatlarga ham olib keladi.
Estetik xususiyatlar orasida tabiat go‘zalligi inson uchun hammadan ko‘ra yaqinroq va
tushunarliroqdir. Tabiat bilan yaqin bo‘lishga botiniy intilish, undagi go‘zallik va nafosat olamini
o‘zlashtirish, idrok etish inson zotiga xosdir. 
Tabiat estetikasi insonni uyg‘unlikka asoslangan go‘zallikni ko‘rish, xis qilish, zavqlanish
va qadrlashga o‘rgatadi. CHunki, tabiat go‘zalligi ko‘z bilan ko‘rish, qalb bilan his etish va harakat
bilan barpo etish orqali idrok etiladi. Bu jarayon uchta jihatni to‘laqonli anglash va munosabatda
bo‘lishni taqozo etadi. Bu: a) tabiiy organizmning o‘ziga xos tuzilishi va o‘zaro mutanosibligini; b)
doimiy harakatda, rivojlanishda bo‘lgan jonli organizmning o‘ziga xos xususiyatlarni; v) tabiiy
ob’ektlarga xos bo‘lgan dekorativ nafosatni. Bunday hodisa odatda san’at orqali etkazib beriladi.
Tabiatning estetik xususiyatlari insonni tabiatni sevishga, uning go‘zalligiga beg‘araz
munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi, ya’ni tabiatni faqat odamlar uchun yaratilgan deb emas, uni
jamiyatdan tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok etishni taqozo qiladi.
Ayniqsa, tabiat estetikasining zamonaviy ko‘rinishi bo‘lgan landshaft dizayni masalalariga


zamonaviy yondashuv, atrof-muhitni go‘zallashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
SHu bois mamlakatimizda landshaft dizaynini yanada rivojlantirish, aholi punktlari va qishloqlararo
hududlarning arxitekturaviy-badiiy qiyofasini yaxshilash, landshaft dizayni mutaxassislarini
tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 13 avgustda “O‘zbekiston Respublikasida landshaft dizaynini
rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” gi Qarori qabul qilindi. Qaror asosida ishlab chiqilgan
dasturda Toshkent shahar hokimligi obodonlashtirish bosh boshqarmasi, Nukus shahri va viloyat
markazlari bo‘lgan shaharlar obodonlashtirish boshqarmalarining landshaft dizayni guruhlarini,
loyihalash tashkilotlarini malakali kadrlar, mutaxassislar bilan ta’minlash, zarur texnika, asbob-
uskunalar va materiallar sotib olish uchun mablag‘lar ajratish ko‘zda tutilgan. Ayniqsa landshaft,
me’moriy dizayn bevosita inson turmush tarzining farovonlashuvi va sog‘lom turmush tarzining
vujudga kelishida muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidlash lozim. 
Olmon faylasufi Immanuil Kant tabiatni axloqiylik bilan bog‘laydi: “Kimniki bevosita tabiat
go‘zalligi qiziqtirsa, bu uning fikrlash tarzida, yo‘q deganda, axloqiylikka, ezgulikka qobiliyat
mavjudligidan dalolat beradi”, – deydi. Biroq, yana bir olmon faylasufi Gegelning “Tabiatda ideal
yo‘q, shu sababli u ikkinchi darajali go‘zallikdir!” – degan fikri estetikada uzoq davrlar hukmronlik
qildi. Bu ayniqsa, “tabiatdan inom-ehson kutmaymiz, balki uni bo‘ysindirish vazifamizdir” - degan
g‘oya tarafdorlari uchun juda qo‘l keldi. Natijada uzoq yillar tabiat, atrof-muhim va ekologiya
estetikasi muammolari nazarda chetda qolib keldi. Me’moriy obidalarni asrash, tiklash haqida
qayg‘urdi, ularni estetik qadriyatlar deb e’lon qildik, lekin landshaft estetikasini chetga chiqarib
qo‘ydik. 
O‘zbekistonda tabiatga estetik munosabatni takomillashtirish borasida muayyan tajriba
orttirildi. Sohadagi vazifalarning ko‘lami mamlakatimiz hamda mintaqada ekologik vaziyatni
sog‘lomlashtirish bilan bog‘liq muammolarni kompleks hal etishni, bu borada davlat organlari,
jamoat birlashmalari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning sa’y-harakatlarini
muvofiqlashtirishni taqozo etadi. Zero, sog‘lom va go‘zal atrof-muhit muhofazasi davlatning,
jamiyatning va har bir fuqaroning eng muhim vazifasidir.
Inson hayotining farovonligi bevosita tabiat bilan bog‘liq, shu bois ekologiya va inson
salomatligi, tabiatga estetik munosabatni shakllantirish masalalari bugun ijtimoiy zaruriyatga va
ma’naviy ehtiyojga aylanib bormoqda. Bu jamiyat, davlat va har bir fuqaro manfaatiga birdek
daxldor masalalar sirasiga kiradi. Tabiatni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish, ko‘chat-
daraxtlar o‘tkazish va ularni parvarishlash, foydali qushlar va hayvonlarga zarar etkazmaslik, ko‘l
va ariqlarni ifloslantirmaslik, ularni doim tozalab turish tabiatni go‘zallashtirish muammolari bilan
bevosita bog‘liq.
Hozirgi kunda tobora oydinlashib borayotgan haqiqat shuki, tabiatni estetik qadriyat deb
bilmaslik estetik savodsizlik, aniqrog‘i, bugun tabiatsiz estetikani tasavvur qilish mumkin emas. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish