113
Mohiyat va hodisa o ‘zaro umumiy va o ‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu
xususiyatlar quyidagilardan iboratdir.
1.
Mohiyat — ichki aloqalarni, hodisa esa tashqi aloqalarni ifodalaydi.
Masalan, inson daraxtning shitirlashini, qushlarning sayrashini eshitadi. Bu
hodisalaming sababi turlicha bo’lsa-da,
ularning mohiyati bittadir, ya’ni havo
zarralarining tebranishidir. Biroq, inson buni birdan payqay olmaydi. Dastlab, u
hodisa sifatida yuz bergan narsani fahmlaydi, so’ng uning mohiyatini bila boshlaydi.
Mohiyat — narsalaming ichki aloqadorligi bo’lgani sababli, u chuqur tahlil
qilish vg. izlanish natijasida, amaliyot jarayonida bilib boriladi. Hodisa esa aksincha,
hissiy organlar orqali bevosita idrok etiladi. U hissiy organlarimizga to’g’ridan-
to’g’ri ta’sir etib, u yoki bu sezgi va idroklarimizni hosil qiladi.
2.
Mohiyat bilan hodisa o’zaro birlikda bo’lishi bilan, ular bir-biriga
qarama-qarshi ham, shu sababli ular hech vaqt birbiriga aynan mos kelmaydi.
Ularning qarama-qarshiligi borliqdagi narsalaming o’z tabiatidan kelib chiqadi.
Mohiyat hodisada yashirin bo’ladi va uni bevosita hissiy
organlar orqali bilish
mumkin emas. Hodisa — narsalaming namoyon bo’lish shakli sifatida mohiyat bilan
hech vaqt mos kelmaydi. Agar narsalaming namoyon bo’lish shakli bo’lgan hodisa
mohiyat bilan bevosita mos kelganda edi u holda har qanday fan ortiqcha bir narsa
bo’lib qolgan bo’lur edi. Fanning vazifasi — borliqning ko’pdan-ko’p
hodisalari,
ularning tashqi tomonlari va belgilari ostida yashirinib yotgan, ularning asosini
tashkil qiladigan mohiyatlarni izlab topishdan iborat.
3.
Mohiyat nisbatan doimiyligi va barqarorligi bilan hodisadan farq qiladi.
Mohiyat va hodisa munosabatini daryoning yuzidagi ko’piklar
va uning ostidagi
suvning tez oqimiga o’xshatish mumkin. Bundagi daryo suvi harakatining yuzidagi
ko’piklar hodisa bo’lsa, ularning ostidagi suvning tez oqimlari mohiyatdir. Lekin
uning ustidagi ko’piklar ham mohiyatning o’ziga xos ifodasidir.
4.
Mohiyatning
nisbiy
doimiyligi
va
barqarorligini,
hodisaning
o’zgaruvchanligini mutlaqlashtirmaslik lozim. Chunki,
mohiyat ham, hodisa ham
o’zgarib boradi. Lekin, mohiyat hodisaga nisbatan sekin o’zgaradi, u ma’lum
barqarorlikka ega.
114
Mohiyat va hodisa o’zaro umumiy tomonlarga ega. Masalan: a) har qanday
mohiyat hodisada namoyon bo’ladi, ya’ni hodisa
mohiyatning u yoki bu holda
ko’rinishidir; b) mohiyat va hodisa obektiv xarakterga ega bo’lib, ular inson ongiga
bog’liq bo’lmagan holda mavjuddir; d) mohiyat ham, hodisa ham doimo o’zgarishda
va rivojlanishda bo’ladi. Biroq, mohiyat va hodisa ziddiyatli xarakterga ega bo’lishi
bilan birga, mohiyatning o’zi ham ziddiyatlidir. Dialektika buyumlarning
mohiyatidagi shu ziddiyatlami o’rganadi.
Mohiyat va hodisa bog’lanishlarini har tomonlama o’rganish fan va amaliyotda
ham muhim o’rin tutadi. Bunda hodisani mohiyatdan ajrata bilish muhim ahamiyatga
ega. Mohiyatni
hodisadan ajrata bilmaslik, nazariya va amaliyotda jiddiy xatolarga
olib ‘ keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: