O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Bilish subekti. 
Bilish bilan shug’ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish 
subekti hisoblanadi. Ayrim Mingan tadqiqotchiolimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot 
institutlari ham alohida bilish subektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat 
mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning o’ziga ham qaratilishi mumkin. Inson 


126 
va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish obekti, ham bilish subekti sifatida 
namoyon bo’ladi. 
Bilishning maqsadi
ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish 
jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat 
va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan — fan 
uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim. Inson ilmiy bilimlar 
vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida 
e’zozlana boshlaydi. Fanning har tomonlama rivojlanishi bilan turli ilm sohalarining 
hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish subekti, yangi ilmiy kashfiyotlar 
ijodkoriga aylanadilar. 
Bilish predmeti
subektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish obektining 
ayrim sohalari va tomonlaridir. Fanning o’rganish sohasi tobora konkretlashib boradi. 
Tabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botanika, zoologiya, geografiya, 
ixtiologiya va boshqa sohalari vujudga kelgandir. Tadqiqot predmeti fanlarni bir-
biridan farqlashga imkon beradigan muhim belgidir. 
Bilish darajalarini
shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy dara jaga ajratish 
mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo’lib, hissiy bilish 
deyiladi. Hissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir. 
Insonning sezgi a’zolari (ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) 
boshqa mavjudotlarda bo’lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini 
farqlash, tabiiy muxitga moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi. 
Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, xayol tashqi olam 
to’g’risida muayyan bilimlar hosil qilishga yordam beradi. 
Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo’lib, aqliy bilish (ratsional 
bilish) deyiladi. Agar inson o’z sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat 
tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki 
mohiyatini bilib oladi. Mohiyat hamisha yashirindir, u doimo hodisa sifatida 
namoyon bo’ladi. Har bir hodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon 
bo’ladi. Shu boisdan ham hodisa aldamchi va chalg’ituvchidir. Binobarin, inson 


127 
sezgilarining biron bir narsa yoki hodisa to’g’risida bergan malumotlari hech qachon 
uning butun mohiyatini ochib bera olmaydi. 
Tushuncha, hukm va xulosalar chiqarish ilmiy bilishning muhim vositalaridir. 
Bunday bilish insondan alohida qobiliyat, kuchli irodani tarbiyalashni, narsa va 
hodisalardan fikran uzoqlashishni, diqqatni bir joyga to’plashni, ijodiy xayolni talab 
etadi. 
Bilishning oliy darajasi intuitiv bilish, qalban bilish, g’oyibona bilishdir. 
O’zining butun borlig’ini fan, din, siyosat va san’at sohasiga bag’ishlagan buyuk 
kishilar ana shunday bilish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Intuitiv bilish hissiy va aqliy 
bilishga tayanadi. Buyuk shaxslarning g’oyibona bilishi ularning doimiy ravishda 
fikrini band etgan, yechimini kutayotgan umumbashariy muammolar bilan bog’liqdir. 
Ilmiy bilishning eng samarali usullarini aniqlash gnoseologiyada muhim o’rin egallab 
keldi. Har bir fan o’ziga xos bilish usullaridan foydalanadi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish