Tasavvur —
ilgari idrok etilgan, ammo, ayni vaqtda, bevosita idrok
etilmayotgan predmet va hodisalarning inson miyasidagi qayta ishlanib, tiklangan
hissiy obrazdir. Tasawurning o’ziga xos xususiyati shundaki, u borliqdagi predmet va
hodisalar bilan, ayni vaqtda, bevosita bog’lanishda bo’lmagan holda ularning ilgarigi
130
paydo bolgan obrazlari asosida qayta tiklanishidir. Ammo inson o’z tasawurida, shu
bilan birga, oldin idrok etilgan predmet yoki hodisaga, ularga o’xshash yangi predmet
va hodisalarning hissiy obrazlarini ham hosil qilishi mumkin.
Hissiy bilishning tasawur shaklida predmet va hodisalarning ikkinchi darajali,
muhim
bo’lmagan
xususiyatlari
tashlab
yuborilib,
faqat
ayrim
muhim
xususiyatlarigina in’ikos etgan bo’ladi. Shu tufayli, tasawur predmet va hodisalarni
umumlashtirgan, mavhumlashtirgan darajada aniq hissiy shaklida in’ikos ettiradi. Bu
jihatdan tasawurda, hech shubhasiz,tafakkuming ba’zi elementlari paydo bo’ladi.
Lekin, u hali hissiy bilish chegarasidan chiqib ketmagan bo’ladi.
Umuman olganda, insonning hissiy bilishi, ma’lum darajada, cheklangan, bir
tomonlama, to’liq bo’lmagan bilishdir. Inson borliqdagi predmet va hodisalarning
ichki tomonlarini, ularning o’zgarish va rivojlanish qonunlarini, bir so’z bilan
aytganda, ularning mohiyatini faqat
mantiqiy bilish
orqaligina bila oladi.
Mantiqiy bilish
— predmet va hodisalarning mohiyatini bilishdir. Insonning
borliqni aqliy bilishi — bu uning tafakkuri orqali borliqdagi predmet va hodisalarni
fikr shakllarida bilishdir. Aqliy bilish — borliqdagi predmet va hodisalarning inson
miyasidagi umumlashgan, mavhumlashgan va konkretlashgan fikriy ifodalanishidir.
Mantiqiy bilishda inson tafakkuri borliqdagi predmet va hodisalarning ichki
bog’lanishlari va aloqadorliklarini, ulaming harakat, o’zgarish va rivojlanish
qonunlarining ma’lum fikr shakllari —
hukm, tushuncha
va
xulosalarda
ifodalaydi.
Bunda hissiy bilish obrazlari tafakkur uchun material bo’lib xizmat qiladi. Tafakkur
o
:
zida hissiy bilish bergan ma’lumotlarni qayta ishlab, ularniumumlashtirib,
mavhumlashtirib, ayni.bir vaqtda, aniqlashtirib, analiz va sintez qilib, aniqlikdan
mavhumlikka va yana undan aniqlikka keltirib, ma’lum hukmlar, tushunchalar va
xulosalarni hosil qiladi.Tafakkur hosil qilgan aqliy bilishning bu fikriy shakllari tilda
so’zlar va gaplarda ifodalanadi. Aqliy bilishning dastlabki shakli hukmlardir.
Hukm
— mantiqiy bilishning shunday fikriy shakliki, unda borhqdagi muayyan
predmet va hodisalar, ular o’rtasidagi bog’lanish va aloqadorliklar haqida tasdiq yoki
inkor fikr ifodalanadi-yu, inson o’z tafakkurida bir yoki bir necha hukmlarni mantiqiy
131
o’zaro bogllab, turli usullar asosida ularning eng muhim xususiyatlarini ajratib olib,
biror tushuncha hosil qiladi. Mantiqiy bilishning navbatdagi shakli
tushunchadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |