O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Sezgilar,
bu shunday kanallarki, ularning vositasida odam qurshab turgan olam 
bilan bog’langan, olam haqida bevosita axborot olib turadi. Sezgilar abstrakt tafakkur 
amalga oshishining asosi bo’lgan ozuqadir. 
Sezgi
 
xissiy bilishning eng oddiy shakli, ob’ektivlik bilan sub’ektivlikning 
qorishmasidir, u manbai jihatidan ob’ektiv va u yoki bu sezgi a’zolarining tuzilishiga 
bog’lik holda shakli jihatidan sub’ektivdir. Garchi sezgi bilish uchun yagona kanal 
bo’lsada, birgina sezishning o’zi tashqi dunyoni butun yaxlitligi, chuqurligi va 
konkretligi bilan anglab olish uchun yetarli emas. Sezgi sub’ektga o’rganilayotgan 
8
Falsafa. Darslik. M.Axmedova umumiy tahriri ostida. T.: O’FMJ, 2006. -339 b


129 
ob’ektning ayrim tomonlari yoki xossalarini bilishga yordam beradi, ammo o’zining 
tabiiy cheklanganligi sababli ob’ektni yaxlit holida bilishga imkon bermaydi. 
Shuning uchun bilish sezishdan idrok qilish tomon boradi. 
Idrok
 
bu bir sezgi emas, u turli xil sezishlarning jamul-jami, kombinatsiyasidir. 
Biz idrok qilish orqali predmetning ayrim tomonlarini emas, balki uni yaxlit holda 
aks ettiramiz. 
Masalan, sharsimon, yashil-qizil, yaltiroq, xushbuy, chuchuk-nordon narsalarni 
xis qilishlar birgalikda ongimizda olma obrazida assotsiatsiyalashadi. 
Xissiy bilishning idrokdan keyingi bosqichi 
tasavvurdir
. U sezishdan ham, idrok 
qilishdan ham sifat jihatdan farq qiladi. Tasavvur bu xissiy idrok bilan tushuncha 
o’rtasidagi oraliq bosqichdir. Sezish va idrok qilishdan farqli o’laroq, tasavvur endi 
sub’ekt bilan ob’ektning bevosita o’zaro ta’siri bo’lib chiqmaydi. Ilgari biron-bir 
hodisa yoki predmetni idrok etgan, ko’rgan odam ularning obrazlarini hatto ular 
bizning sezgilarimizga ta’sir etmagan taqdirda ham xotirlab, ko’z oldiga keltirishi 
mumkin. Bundan tashqari, biz tasvirlashlariga asoslanib, masalan, ilgari o’zimiz hech 
qachon ko’rmagan tropik changalzorlarni tasavvur qila olamiz. Birok sezgi va 
idrokdan farqli o’laroq, tasavvur ilgari idrok etilgan predmetni gavdalantirar ekan, 
uning konkret-xissiy detallarining hammasini emas, balki faqat eng muhim, harakterli 
qismlari, tomonlari va belgilarini ifodalaydi. 
Idrok — 
borliqdagi predmet va hodisalarni yaxlit holda, bir butun ko’rinishda, 
ularning hamma asosiy tashqi belgi va xususiyatlarini umumlashtirgan holda in’ikos 
ettiruvchi hissiy bilishning nisbatan yuqoriroq shaklidir. Idrok — predmet va 
hodisalarning bir butun yaxlit hissiy obrazdir.
 
U his qilish va sezgilar shakllaridagi 
obrazlami jamlab ifodalovchi xususiyatga ega. Biroq, insonning hissiy bilishi idroklar 
shakllarida yuzaga kelgan hissiy ma’lumotlar inson miyasida qayta ishlanib, hissiy 
bilishning yangi, yuksak shaklini hosil qiladi. Bu
 — 
tasavvurdir.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish