O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov


-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO’NALISHLARI



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

5-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO’NALISHLARI
 
Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini 
o’rganish falsafa tarixida muhim o

rin egallab kelmoqda. Inson o’z bilimi tufayli 
borliq, tabiat, jamiyatni va nihoyat, o’z-o’zini o’zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson 
faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa 
tarixida muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va 
muammolari bilan shug’ullanuvchi maxsus sohasi — «Gnoseologiya» vujudga keldi 
va u qadimgi lotincha «gnozis» — bilish va «logos» — fan, ilm ma’nolarini 
anglatadi. 
Falsafiy adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lug‘atlarda 
«gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. Shu bilan bir 
qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» 
sо‘zi ham qо‘llaniladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, gnoseologiyaga tatbiqan bilish nazariyasi va 
epistemologiya nomlarining qо‘llanilishini о‘rinli deb bо‘lmaydi. Zotan, «episteme» 
sо‘zi «pistis» e’tiqod sо‘zi bilan uzviy bog‘liq. Biroq, biz biladigan (gnosio) va biz 
ishonadigan (pistio), mavjudligiga e’tiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy va ilmiy 
bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir. Shu bois G‘arbiy 
Yevropa falsafasida epistemologiyaning mazmuni ikki xil, ba’zan esa – uch xil talqin 
qilinadi.
Umuman olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining 
umumiy, aniqroq aytganda – falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga 
e’tiborni qaratadi. Epistemologiya esa, bizning muayyan narsalar haqidagi 
bilimlarimiz va (yoki) e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini о‘rganadi.
Demak, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy 
ifodasidir. Tom ma’nodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiy bilimning 
mazmunini, shuningdek diniy e’tiqodlarning gnoseologik mohiyatini о‘rganish bilan 
shug‘ullanadi. Bunda esa bilish (ong)ning mohiyati tо‘g‘risida bahs yurituvchi 
falsafiy ta’limot ma’nosidagi «gnoseologiya» atamasidan foydalaniladi. Shu bilan biz 
avval gnoseologiya muammolari doirasini aniqlab olishga harakat qilamiz.


124 
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bо‘limi 
bо‘lib, unda 1) insonning dunyoni bilish imkoniyati 2) insonning о‘zlikni anglash 
jarayoni; 3) bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi, 4) bilimlar tabiati va 
ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan о‘zaro nisbati о‘rganiladi.
Shunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni о‘rganish 
bilan shug‘ullanadi.
Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning 
о‘z-о‘ziga, boshqa odamlarga va umuman jamiyatga ta’siri natijalarini fiziologik 
darajada his qilamiz va kо‘ramiz. Biroq bu jarayonda ongning о‘zi kо‘rinmaydi. 
Moddiy dunyo hodisalaridan farqli о‘laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U gо‘yo 
vaqt va makon chegaralaridan tashqarida turadi. Gnoseologiyaning vazifasi bu 
kо‘rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi bilan о‘zaro 
aloqalarini aniqlash, uni о‘z muhokama va tadqiqot predmetiga aylantirishdan iborat.
Gnoseologiyaning asosiy muammosi bizning barcha bilimlarimiz tajribada 
sinalganmi? degan «oddiy» masalani yechishdan iborat: Bu savolga javob izlash va 
masalaning yechimini topishda gnoseologiyada ikki muxolif an’ana: bilimlarimiz 
tajribada sinalganini qayd etuvchi empirizm va buni inkor etuvchi ratsionalizm 
tо‘qnashadi.
Inson o’zining bevosita borligini, mavjudligini uni qurshab turgan dunyo bilan 
doimiy aloqada amalga oshiradi. Dunyoda yashash va optimal moslashish uchun 
inson, uning aqlidroki va hislari tashqariga, ya’ni dunyoni bilishga qaratilgan. 
M.Xaydeggerning so’zlari bilan aytganda «bilish tadqiqot sifatida mavjud narsani 
hisobotga jalb etadi». Bilish faoliyatiga inson hayoti va faoliyatining zarur elementi 
deb qaramoq zarur. Bilishning maqsadi va vazifasi turli hodisalarni o’rganish yo’li 
bilan ularning chuqur, turg’un, belgilovchi tomonlari va qirralarini, ularning 
mohiyatini ochib, xaqiqatni anglab olishdan iborat. Antik falsafadayoq sofistlar va 
Sokrat dunyoqarashining asosiy masalasini insonning tabiatga, sub’ektning ob’ektga, 
tafakkurning borliqqa munosabati masalasi sifatida ilk bor ta’riflab bergan edilar. 
Yangi zamonda F.Bekon va R.Dekart bilish to’g’risidagi ta’limotni boyitib, uni 
sub’ektning ob’ektga munosabati deb ta’rifladilar. Dekartning so’zlariga ko’ra, 


125 
sub’ekt

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish