Imkoniyat va voqelik
. Imkoniyat va voqelik narsa va hodisalarning
o’zgarishi, rivojlanishi jarayonidagi ikki davrni, holatni, ularning o’zaro
munosabatini ifodalovchi kategoriyalardir.
Voqelik —
hozir real mavjud bo’Iib turgan narsa va hodisalardir.
Lekin, bu
hodisalar rivojlanish jarayonida hozirgi holatda bo’lmay, balki dastlab imkoniyat
120
holatida bo’lib, ular o’zlarining ma’lum kelib chiqish davriga, vaqtiga, tarixiga ega.
Voqelik paydo bo’lishidan oldin imkoniyat shaklida mavjud bo’ladi.
Imkoniyat —
bu voqelikning kurtak holdagi ko’rinishidir, u yuzaga chiqmagan
voqelikdir.
Shu bilan birga, imkoniyat voqelikni keltirib chiqaruvchi, rivojlanishning
obektiv va subektiv shart-sharoitlari tarzida ham namoyon bo’ladi. Ya’ni, imkoniyat
obektiv qonuniyatlardan kelib chiqadi, lekin ular turli subektlar tomonidan yaratilishi
ham mumkin.
„Imkoniyat
”
va „voqelik" kategoriyalarini, ularning o’zaro dialektikasini chuqur
bilib olish, kishilarning amaliy faoliyatida, ilmiy-tekshirish ishlarlda katta ahamiyatga
ega.
„Imkoniyat" va „voqelik" kategoriyalarining mazmuni ongdan tashqaridagi
obektiv olamdan olinadi. Bu kategoriyalar bir butun moddiy yoki ruhiy jarayonning
ikki tomonini aks ettiruvchi o’zaro dialektik munosabatdadirlar. Shuning uchun
imkoniyat va voqelikni bir-biridan farq qilish lozim, chunki ulami aralashtirib
yuborish nazariyaning rolini inkor etishga, insonning tabiat va jamiyatni
o’zgartiruvehi faoliyatini tushunmaslikka, amaliyotning ahamiyatini yo’qqa
chiqarishga, yo’q narsani bor, deb bilishga, yangining kurash jarayonida eski ustidan
g’alaba qilishini ko’rmaslikka olib keladi.
Jamiyatdagi imkoniyatlar yangi — endi vujudga kelayotgan, rivojlanayotgan va
eski — umrini tugatayotgan real kuchlar sifatida progressiv va konservativ bo’lishi
mumkin.
Eskilikni ifodalovchi imkoniyat, rivojlanish jarayonida voqelikka aylanib qolishi
ham mumkin, lekin bu harakatning ichki qonuniyatidan, uning tub xarakteridan kelib
chiqmaydi. Shuning uchun eskilikni ifodalovchi imkoniyatning voqe bo’lishi
vaqtinchadir.
Imkoniyat voqelikka birdan aylanmaydi. U eski voqelik ichida, awalo, kurtak
shaklida mavjud bo’lib, so’ng rivojlanib borib, tobora reallasha boradi va ma’lum
davrda, ma’lum shart-sharoit tufayli voqelikka aylanadi. Imkoniyat reallasha borgan
sari uning mavjud eski voqelik bilan kurashi ham keskinlashib boradi. Shunga ko’ra,
imkoniyatni formal, abstrakt va real imkoniyatlarga
ajratib o’rganiladi. Quruq, fikriy
121
izchillik jihatidangina to’g’ri bo’lgan, lekin real asosga ega bo’lmagan imkoniyat
formal imkoniyatdir. Formal imkoniyat obektiv rivojlanish qonuniyatlaridan kelib
chiqmaydi. Shuning uchun ham, u hech qachon voqelikka aylanmaydi.
Amalga oshishi uchun hali shart-sharoitlar to’liq yetilmagan, lekin amalga
oshishi qonuniy bo’lgan, narsa va hodisaning o’zgarish va rivojlanish mantiqidan
kelib chiquvchi imkoniyat abstrakt imkoniyat deyiladi. Abstrakt imkoniyat
rivojlanish jarayonida ma’lum obektiv va subektiv shart-sharoitlar yetilganda real
imkoniyatga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |