O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Tо‘liqsiz induksiyada 
esa birorta belgining bir mantiqiy sinfga tegishli 
predmetlarning bir qismiga (bir nechtasiga) xosligini (yoki xos emasligi) aniqlash 
asosida shu belgining berilgan sinfga mansub barcha predmetlarga xosligi (xos 
emasligi) haqida xulosa chiqariladi.
 
Tо‘liqsiz induksiyada fikrimiz, xuddi tо‘liq induksiyadagidek, juz’iylikdan 
(yakkalikdan) 
umumiylikka, 
kamroq 
umumiylashgan 
bilimdan 
kо‘proq 
umumiylashgan bilimga qarab harakat qiladi. Lekin unda, tо‘liq induksiyadan farqli 
о‘laroq, xulosa kuzatish, tajriba davomida qayd etilmagan, о‘rganilmagan 
predmetlarga ham tegishli bо‘ladi. Tо‘liqsiz induksiyaning evristik mohiyati aynan 
ana shundadir. 
Tо‘liqsiz induksiyada fikrimiz quyidagi shaklda quriladi: 
S1 predmeti P belgiga ega. 
S2 predmeti P belgiga ega. 
... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... 
Sn predmeti P belgiga ega. 
S1, S2,..., Sn predmetlari C sinfiga tegishli. 
Ehtimol, S sinfining har bir predmeti R belgiga egadir. 


297 
Bu shaklni simvolik kо‘rinishda quyidagicha yozish mumkin: 
R (x1) 
R (x2) 
... ... ... 
R (xn) 
x1, x2,..., xn... ЄC 
x ((xЄS) →R(x)) 
Xulosa yuqoridagidek о‘qiladi, ya’ni: «Ehtimol, S sinfining har bir predmeti R 
belgiga ega bо‘lsa kerak». 
Masalan: 
2 soni 2 ga qoldiqsiz bо‘linadi. 
4 soni 2 ga qoldiqsiz bо‘linadi. 
... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... 
n soni 2 ga qoldiqsiz bо‘linadi. 
2, 4,..., n... sonlari juft sonlardir. 
Ehtimol, juft sonlarning barchasi 2 ga qoldiqsiz bо‘linsa kerak. 
Tо‘liqsiz induksiyada xulosaviy bilimning empirik asosi tо‘liq aniqlanmaydi
ana shuning uchun ham unda amalga oshirilgan umumlashtirish tо‘liqsiz bо‘ladi. 
Xususan, unda berilgan mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasi emas, faqat 
S dan Sn gacha bо‘lgan qismigina о‘rganiladi, xolos. Ana shu о‘rganilgan 
predmetlarga birorta P belgining xosligi (xos emasligi) kuzatilsa, uning 
о‘rganilayotgan sinfga mansub barcha predmetlarga xosligi (xos emasligi) haqida 
ehtimoliy tarzdagi xulosa chiqariladi.
Masalan, tabiatda gaz haroratining о‘zgarishi uning hajmining о‘zgarishiga olib 
kelishi, jamiyatda iqtisod bilan siyosatning bog‘liqligi, bilishda fakt va qonunning 
о‘zaro aloqasi zaruriy (muayyan sharoitda, albatta, vujudga keladi) va umumiy 
(muayyan sharoit paydo bо‘lgan barcha hollarda takrorlanadi) aloqalardan, borliqda 
amal qilayotgan qonuniyatlardan kelib chiqadi. 


298 
Zaruriy aloqalarning bir vaqtning о‘zida umumiy aloqalardan iborat bо‘lishi 
(predmetlarning birorta sinfi, tо‘plamiga xos bо‘lishi), ularning esa, о‘z navbatida, 
yakka, ayrim predmetlarda namoyon bо‘lishi, ya’ni ularning xususiyatlari sifatida 
yuzaga chiqishi ilmiy bilish va amaliy muhokama yuritishda birorta mantiqiy sinf 
haqida unga mansub predmetlarning ayrimlarini о‘rganish asosida fikr bildirish 
mumkinligini anglatadi. 
Haqiqatan ham, kundalik turmushimizda biz ana shunday yо‘l tutamiz. Xususan, 
paxta, bug‘doy, sut, metall prokati, gazlama va shu kabi ommaviy ravishda ishlab 
chiqariladigan mahsulotlar sifati haqida ulardan olingan kichkina namunalarni 
tekshirish natijalariga tayangan holda fikr bildiramiz va hosil qilgan xulosaviy 
fikrlarimiz haqiqatdan yoki haqiqatga yaqin fikrdan iborat bо‘ladi. О‘z-о‘zidan 
ravshanki, bu yо‘l bilan olingan xulosalar hamma vaqt ham tо‘g‘ri bо‘lavermaydi. 
Ba’zan chiqarilgan xulosalar xato ham bо‘lishi mumkin. 
Demak, tо‘liqsiz induksiya bо‘yicha xulosa chiqarishga xos xususiyatlardan biri 
asoslardan xulosaning mantiqan kelib chiqishining kuchsiz bо‘lishidir. 
Tо‘liqsiz induksiya uchun xarakterli bо‘lgan bu kamchilikni «tuzatish» uchun 
xulosaning chin bо‘lishi ehtimoli ortishiga imkoniyat yaratuvchi bir qancha 
metodologik talablarga rioya qilish zarur Ular quyidagilar: 
1.Ekstensiv metoddan foydalanish, ya’ni о‘rganilayotgan predmetlar sonini 
oshirish. Bu biroz bо‘lsa ham xulosaning chin bо‘lishi ehtimolini orttiradi. Lekin bu 
yerda bir narsani hisobga olish zarur. Tajriba tugal bо‘lmagan, ya’ni sinfning barcha 
predmetlari emas, faqat bir nechtasi о‘rganiladigan bir sharoitda keyingi 
о‘tkaziladigan tajribalardan birida avvalgi tajribalar natijalariga zid bо‘lgan holni 
kuzatish ehtimoldan xoli emas. Bunda о‘rganilayotgan hodisalar sonini kо‘paytirish 
yо‘li bilan kо‘zlangan maqsadga erishishga urinish samarasizdir beradi. Tajribani 
tugalligiga erishib bо‘lmaydi, chunki bilish obyekti kо‘p hollarda ochiq tizimdan – 
hodisalar va holatlar soni amalda cheksiz bо‘lgan obyektdan iborat bо‘ladi. 
2.Tajriba natijalarining sifat jihatidan xilma-xil bо‘lishiga erishish, ya’ni bir xil 
sharoitda takrorlanadigan belgilarnigina emas, balki turli xil sohalar, holatlarda 
takrorlanadigan о‘xshash belgilarni ham qayd etish muhimdir. 


299 
3. Tajriba natijalarining kuchli bо‘lishi, «bexosdan» aniqlanishi ham muhim 
ahamiyatga ega. 
4.Keyingi ikki metodologik talab tо‘liqsiz induksiyada empirik materiallarni 
tanlab olishni taqozo etadi. 
Dastlabki empirik materiallarni kuzatish va tajriba natijalarini tanlab olish 
usuliga kо‘ra tо‘liqsiz induksiyaning ikki turi: sanash orqali (enumerativ induksiya) 
va istisno qilish orqali tо‘liqsiz induksiya (eliminativ induksiya) ajratilishi mumkin. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish