Induktiv xulosa chiqarish e
mpirik umumlashtirish shaklida amalga oshib, unda
birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish
asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha predmetlarga xosligi haqida
xulosa chiqariladi
.
Induksiya asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda о‘rnatilgan turli empirik
qonunlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida о‘z aksini topadi, predmet va hodisalar
haqidagi bilimlarimizni oshiradi.
Induktiv xulosa chiqarish bilvosita xulosa chiqarish hisoblanadi, ya’ni uning
asoslari ikkita va undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan bо‘ladi. Ular, odatda,
yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladilar. Xulosada esa, bir
mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy hukm tarzidagi
fikr hosil qilinadi.
Demak, induktiv xulosa chiqarishda yakkalik, juz’iylik va umumiylikning
295
dialektik aloqasini kuzatamiz. Ayrim faktlarni ifodalaydigan, juz’iy xarakterga ega
bо‘lgan bilimlar umumiy bilimlarni hosil qilish uchun mantiqiy asos bо‘lib xizmat
qiladi. Takrorlanib turuvchi turg‘un aloqalar, odatda, predmetlarning muhim zaruriy
aloqalaridan iborat bо‘lgani uchun, bu umumiy bilimlar qonuniyatlarni ifodalaydilar.
Asoslardagi yakka va juz’iy faktlar haqidagi bilimlar esa ana shu qonuniyatlarning
namoyon bо‘lishini qayd etadilar.
Induktiv xulosa chiqarishning ikkita turi: tо‘liq va tо‘liqsiz induksiya farq
qilinadi.
Tо‘liq induksiyada
birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub har bir
predmetga xosligini aniqlash asosida, shu belgining berilgan sinf predmetlari uchun
umumiy belgi ekanligi haqida xulosa chiqariladi.
Tо‘liq induksiya predmetlarning kichik sinfiga, elementlari yaqqol kо‘zga
tashlanib turadigan, miqdor jihatdan cheklangan yopiq sistemalarga nisbatan xulosa
chiqarishda ishlatiladi. Masalan, Quyosh tizimiga kiruvchi planetalar, NATOga a’zo
davlatlar, birorta shaharda joylashgan korxonalar va shu kabilar haqidagi xulosalarni
tо‘liq induksiya yо‘li bilan olish mumkin. Xususan, Quyosh tizimiga kiruvchi
planetalar harakatining yо‘nalishi soat strelkasi harakati yо‘nalishiga teskari ekanligi
haqidagi xulosa aynan ana shu usul yordamida hosil qilinadi. Tо‘liq induksiyada
muhokamaning qurilish shakli quyidagi kо‘rinishga ega:
S1 predmeti R belgiga ega.
S2 predmeti R belgiga ega.
... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ...
Sn predmeti R belgiga ega.
Faqat S1, S2,..., Sn largina S
sinfini tashkil etadi.
S sinfining har bir predmeti R belgiga ega.
Simvolik ifodasi esa quyidagicha:
R (x1)
296
R (x2)
... ... ...
R (xn)
ЄS
x((xЄS) →(x))
Tо‘liq induksiya predmetlarning kichik sinfi haqida empirik materiallarni
umumlashtirish yо‘li bilan xulosaviy bilim olishning samarali vositasi bо‘lib,
xulosasi aniq bо‘lishi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |