O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov


Xususiyatlar va munosabatlar analogiyasi



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Xususiyatlar va munosabatlar analogiyasi 
Modeldan prototipga о‘tkazilayotgan axborotning tabiatiga kо‘ra analogiyaning 
ikki turi farqlanadi: xususiyatlar analogiyasi va munosabatlar analogiyasi. 
Xususiyatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turdagi ikki predmetlar 
sinfi о‘xshash belgilariga kо‘ra о‘zaro taqqoslanadi. О‘xshash belgilarga asoslanib, 
birida mavjud bо‘lgan belgining boshqasida ham bо‘lishi mumkinligi haqida xulosa 
chiqariladi. Masalan, Yer va Quyosh qator muhim xossalariga kо‘ra о‘xshashdir, 
ya’ni ular bir sayyoralar tizimiga kiruvchi osmon jismlaridir, ikkisi ham harakatda, 
kimyoviy tarkibi ham о‘xshash. Ana shu о‘xshashliklarga asoslanib olimlar 
Quyoshda topilgan yangi element – geliy Yerda ham bо‘lsa kerak, degan xulosaga 
kelganlar. Analogiya yо‘li bilan chiqarilgan bu xulosaning chinligi kо‘p о‘tmay 
tasdiqlandi – Yerda ham geliy elementi topildi. 
Bu misolda ikki predmetning о‘xshashligiga asoslanib, birida mavjud bо‘lgan 
belgining boshqasida ham borligi haqida xulosa chiqarildi. О‘xshatilayotgan 
predmetlarni A va V harflari bilan, belgilarni a, v, s harflari bilan ifoda qilsak, 
xususiyatlar analogiyasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: 
A predmet a, v, s, d belgilarga ega. 
V predmet a, v, s belgilarga ega. 
Ehtimol, V predmet d belgiga egadir. 
Bu analogiya bо‘yicha xulosa chiqarishning keng tarqalgan shaklidir. Unda bir 
predmet haqidagi bilim shunga о‘xshash boshqa predmet haqidagi bilimdan xulosa 
shaklida keltirib chiqariladi. 
Munosabatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turdagi ikki predmetlar 
sinfi о‘rtasidagi munosabatlar о‘xshashligiga asoslaniladi. Ikki turdagi (a R b) va (m 
R1 n) munosabatlarni taqqoslasak, a m ga, b n ga о‘xshash emas, lekin ular 
о‘rtasidagi R-R1 munosabatlarning о‘xshashligi bizga xulosa chiqarish imkonini 
beradi. Masalan, I. Kepler Planetalar harakatining qonunini ochganda, samoviy 


311 
jismlarning о‘zaro tortishish kuchini insonlar о‘rtasidagi muhabbatga taqqoslaydi, 
shu asosda astronomiyaga “tortishish kuchi” tushunchasini kiritadi.
Munosabatlar analogiyasida ikki predmet о‘xshashligi asosida emas, ikki 
predmet о‘rtasidagi munosabatni о‘rganish asosida boshqa ikki predmet о‘rtasidagi 
munosabat haqida xulosa chiqariladi. 
Analogiyani turlarga ajratganda xulosaning aniqlik darajasiga ham e’tibor 
beriladi. Shu jihatdan analogiyani qat’iy (aniq), qat’iy bо‘lmagan, noaniq va xato 
analogiyaga ajratamiz. Qat’iy analogiyaning о‘ziga xos xususiyati shundaki, 
kо‘chirilayotgan va о‘xshatilayotgan belgilar о‘rtasidagi aloqa zaruriy bо‘ladi. Aniq 
fanlardagi modellashtirishda fikr qat’iy analogiya shaklida yuritiladi. 
Qat’iy bо‘lmagan analogiyada о‘xshash bо‘lgan va kо‘chirilayotgan belgi 
о‘rtasidagi zaruriy aloqa ehtimollik darajasiga ega bо‘ladi. Ijtimoiy, tarixiy 
voqealarni о‘rganishda va aniq, tabiiy fanlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilganda 
fikr yuritish qat’iy bо‘lmagan analogiya tarzida bо‘ladi. Masalan, nemis olimi 
Shpenglerning ta’kidlashicha, jamiyat ham tirik organizmlar kabi tо‘rtta rivojlanish 
bosqichini bosib о‘tadi. Bular: paydo bо‘lish, rivojlanish, yetuklik davri va yemirilish 
davri. 
Agar yolg‘on hukmni 0 bilan, chin hukmni 1 bilan, xulosaning ehtimollik 
darajasini R (a) bilan belgilasak, qat’iy analogiyada R (a)q1; qat’iy bо‘lmagan 
analogiyada 1>R (a)>0 bо‘ladi. 
Analogiya bо‘yicha chiqariladigan xulosaning aniqlik darajasini oshirish uchun, 
ya’ni xulosaning chin bо‘lish ehtimolini oshirish uchun ma’lum shartlarga rioya 
qilish zarur. Bular quyidagilardan iborat: 
1. Taqqoslanayotgan predmetlarning о‘xshash belgilari imkoni boricha kо‘proq 
aniqlanishi lozim. Shunda xulosaning chinlik darajasi, chin xulosa chiqarish imkoni 
ortadi. 
2. Taqqoslanayotgan predmetlarning о‘xshash belgilari predmetlar uchun 
muhim belgilar bо‘lishi kerak. Shunda xulosa chin fikrga yaqinlashadi. 
3. Taqqoslanayotgan predmetlarning kо‘chirilayotgan belgisi bilan boshqa 
belgilari zaruriy aloqada bо‘lishi kerak. Shunda xulosaning ishonarli, aniq bо‘lish 


312 
shartlari bajarilgan bо‘ladi. 
4. Taqqoslanayotgan predmetlarning kо‘chirilayotgan belgisi bilan о‘xshash 
belgilari bir turda bо‘lishi kerak. 
5. Taqqoslanayotgan predmetlarning farq qiluvchi belgilari miqdori kam bо‘lishi 
va bu belgilar zaruriy, muhim bо‘lmasligi shart. Agar predmetlar muhim, zaruriy 
belgilari bilan bir-biridan farq qilsa, analogiyaning xulosasi xato bо‘ladi. 
Yuqoridagi qoidalarning buzilishi yolg‘on analogiyaga, ya’ni xulosaning xato 
bо‘lishiga sabab bо‘ladi.
Analogiya modellashtirish metodining mantiqiy asosini tashkil etadi. 
Modellashtirishda (konkret yoki abstrakt) obyektlar modellarda, ya’ni shartli 
obrazlar, shakllar, obyektning kichraytirilgan nusxalarida tadqiq etiladi. 
Ma’lum sabablarga kо‘ra tekshirilayotgan obyektni tabiiy sharoitlarda о‘rganish 
qiyin bо‘lganda yoki mumkin bо‘lmaganda modellashtirishdan foydalaniladi. Bu о‘z 
navbatida bilish jarayonini yengillashtiradi. 
Modellarni uch turga bо‘lish mumkin: 
1. 
Tabiiy modellar – о‘rganilayotgan obyekt bilan bir turda bо‘ladi va 
undan faqat о‘lchamlari, jarayonlarining tezligi va ba’zi hollarda yasalgan materiali 
bilan farq qiladi. 
2. 
Matematik modellar – prototip (asl nusxa)dan jismoniy tuzilishi bilan 
farq qiladi, lekin prototip bilan bir xil matematik tasvirga ega bо‘ladi. 
3. 
Mantiqiy matematik modellar – belgilardan iborat bо‘lib, abstrakt model 
hisoblanadi va tafakkur jarayonini о‘rganishda qо‘llanadi. 
Modellarning bu turlaridan alohida-alohida va birgalikda foydalaniladi. 
Sо‘nggi vaqtlarda modellashtirish kо‘pincha kompyuter vositasida amalga 
oshirilmoqda. Masalan, yangi avtomobilning modeli kompyuterda yasalib, uning 
о‘lchamlari, turli afzalliklari matematik modellashtirish vositasida aniqlanadi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish