O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Tafovut metodi.
 
Bu metod faqat ikki holatda, ya’ni hodisaning vujudga kelgan 


305 
va kelmagan hollarini taqqoslash asosida hodisaning sababini aniqlash usuli bо‘lib, 
unda mavjud hollar bir-biridan faqat bitta holati bilan farq qiladi: birida u yо‘q, 
ikkinchisida – bor va faqat ana shu holat bor holdagina hodisa yuzaga keladi. 
Shuning uchun ham mazkur holat kuzatilayotgan hodisaning sababi bо‘lsa kerak, deb 
taxmin qilinadi, ya’ni taxminiy xulosa hosil qilinadi. Uning sxemasi quyidagicha: 
Hol
lar 
Hodisa vujudga kelishdan avval mavjud bо‘lgan 
holatlar 
Hodisalar 

ASD 


AVSD 

Ehtimol, V holat d hodisaning sababidir. 
Tafovut metodidan bilishning turli sohalarida keng foydalaniladi. Masalan, 
yaxshi ishlayotgan va yaxshi ishlamayotgan korxonalar solishtirilib, korxonaning 
yaxshi ishlamasligi sababi aniqlanadi. Meditsinada esa ikkita hayvonlar guruhi – 
eksperiment о‘tkazilayotgan va nazorat qiluvchi guruhlar qiyos qilinib, eksperiment 
о‘tkazilayotgan guruhda sinalgan preparatning samaradorlik darajasi aniqlanishi 
mumkin. Bunda har ikkala guruh bir xil sharoitda saqlanib (A, S, D), eksperiment 
davomida bittasiga V holati qо‘shiladi. Bu esa avvalgi holda yо‘q bо‘lgan d 
hodisasining vujudga kelishiga sababchi bо‘ladi. Ana shunga asoslanib, «V holati d 
hodisaning sababi bо‘lishi mumkin», degan xulosaga kelinadi. 
Demak, tafovut metodiga muvofiq
hodisa vujudga kelayotgan va vujudga 
kelmayotgan holatlar ulardan avval kelayotgan holatlarning bittasidagina farq qilib, 
qolganlarida о‘xshash bо‘lsa, ana shu bitta holat kuzatilayotgan hodisaning 
sababidir. 
Yо‘ldosh о‘zgarishlar metodi.
Yо‘ldosh о‘zgarishlar metodiga muvofiq, 
bir holatning о‘zgarishi hodisaning 
о‘zgarishiga ham olib kelsa, shu holat kuzatilayotgan hodisa о‘zgarishining 
sababidir. 
Yо‘ldosh о‘zgarishlar metodi yordamida juda kо‘p qonunlar, shu jumladan, 


306 
fizikadagi gazning harorati bilan uning zichligi, tortishish kuchi bilan masofa, 
iqtisodiyotdagi talab va taklif о‘rtasidagi bog‘lanishlar va shu kabilar о‘rganiladi. 
Hodisadan avval kelayotgan holatlarni A, V, S harflari bilan, bu holatlarning 
о‘zgarishi darajasini 1,2,..., n bilan, hodisani d bilan belgilasak, yо‘ldosh о‘zgarishlar 
metodida muhokama jarayonining quyidagi shakl bо‘yicha amalga oshishini 
kо‘ramiz: 
Hol
lar 
Hodisa vujudga kelishdan avval mavjud bо‘lgan 
holatlar 
Hodisalar 

AVS1 
d1 

AVS2 
d2 
.... 

AVS n 
dn 
Ehtimol, S holat d hodisaning sababidir. 
Masalan, Quyoshning dastlabki holatdagi aktivligi S1 ga teng bо‘lganda, Yerda 
radiatsiya darajasini d1 deb olsak, Quyosh aktivligining S2 darajasiga kо‘tarilishi 
Yerdagi radiatsiya darajasining ham d2 gacha kо‘tarilishiga olib keladi.Yо‘ldosh 
о‘zgarishlar metodining qо‘llanishi ma’lum bir shart sharoitlarga rioya qilishni 
taqozo etadi.
Birinchidan, о‘rganilayotgan hodisaning sababi bо‘lishi mumkin deb gumon 
qilingan holatlar aniqlanishi kerak. Bu holatlarni A, V, S lar deb hisoblasak, «A yoki 
V yoki S holat d hodisasini keltirib chiqaradi», degan ayiruvchi hukm kо‘rinishidagi 
fikr hosil bо‘ladi. 
Ikkinchidan, konkret holatning о‘zgarishi hodisadagi konkret о‘zgarishga olib 
kelishi shartiga muvofiq kelmaydiganlari chiqarib yuborilishi (eliminatsiya qilinishi) 
zarur. Yuqoridagi shaklda A va V holatlar aynan shunday bо‘lib, ular muhokama 
jarayonidan chiqarib yuborilishi kerak. 
Uchinchidan, eliminatsiyadan keyin qolgan yagona holat ajratib olinib, uning 
о‘zgarishi hodisaning о‘zgarishiga sababdir, degan xulosaga kelinadi. Bizning 


307 
shaklda bunday holat S bо‘lib, uning S1 dan Sngacha bо‘lgan о‘zgarish intensivligi 
hodisaning d1dan dngacha bо‘lgan о‘zgarishi intensivligi bilan birgalikda kechayapti. 
Yо‘ldosh о‘zgarishlar tо‘g‘ri va teskari yо‘nalishlarga (proporsionallikka) ega 
bо‘lishi mumkin. 
Tо‘g‘ri yо‘nalishdagi (proporsionallikdagi) bog‘lanish deganda, hodisadan avval 
keladigan 
holat 
о‘zgarish intensivligining ortishi hodisaning о‘zgarishi 
intensivligining ortishiga olib keladigan aloqadorlik nazarda tutiladi. Masalan, 
Quyoshdagi dog‘ning kattalashishi magnit bо‘ronining kuchayishiga olib keladi. 
Teskari yо‘nalishdagi (proporsionallikdagi) bog‘lanish deganda esa, hodisadan 
avval kelayotgan holat intensivligining ortishi hodisaning о‘zgarish intensivligining 
kamayishiga olib keladigan aloqadorlik tushuniladi. Masalan, tushunchaning hajmi 
kengaytirilganda, uning mazmuni torayadi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish