O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Qoldiqlar metodi.
Bu metod tatbiq etiladigan obyekt murakkab hodisadan iborat 
bо‘lib, bittasidan boshqa qismlarining sabablari aniq bо‘lganda, ana shu qolgan 
qismni vujudga keltiruvchi sababni topish maqsadida qо‘llaniladi. Uning muhokama 
yuritish jarayonida amal qilish shakli quyidagicha: 
Hol
lar 
Hodisa vujudga kelishdan avval mavjud bо‘lgan 
holatlar 
Hodisalar 

AV 
xy 

AVS 
xyz 
Ehtimol, S holat z ning sababidir. 
Qoldiqlar metodini qо‘llash natijasida geliy, rubidiy kabi kimyoviy elementlar, 
Neptun planetasi topilgan va boshqa turli sohaga oid hodisalar aniqlangan. 
Bu metod qо‘llanganda muhokama yuritish jarayonining qanday kechishini 
Neptun planetasining kashf etilishi misolida kо‘rib chiqamiz. Uran planetasining 
harakatini kuzatar ekanlar, olimlar uning hisoblab chiqilgandan kо‘proq miqdorda 
og‘ishgan orbita bо‘ylab harakat qilishini qayd etganlar. Ma’lumki, planetaning 
og‘ish miqdorining bir qismi unga shu paytgacha ma’lum bо‘lgan planetalarning 


308 
ta’sir о‘tkazishi bilan bog‘liq. Qolgan qismining esa boshqa bir kuch ta’sirida 
bо‘layotganini tushunish qiyin emas. Olimlar, shu paytgacha noma’lum planeta 
mavjud bо‘lib, ana shuning ta’sirida Uran planetasining og‘ish miqdori 
kо‘payayotgan bо‘lsa kerak, degan taxminiy fikr bildirishgan. Oradan ma’lum bir 
vaqt о‘tgandan keyin Leverye hisoblash yо‘li bilan yangi planeta – Neptunning 
joylashishini aytib beradi. Nihoyat, I. Galle 1846 yili yangi qurilgan teleskop 
yordamida uni osmon sferasidan topadi. 
Agar Uran planetasiga ta’sir etuvchi planetalarni A, V, S Uran planetasining 
umumiy og‘ishish miqdorini tashkil etuvchi qismlarini a, v, s, d bilan belgilagan 
holda, og‘ishish miqdorini — A planetasi, v miqdorini — V planetasi, s miqdorini – 
S planetasi ta’siri bilan bog‘lasak, unda d miqdori «Qandaydir noma’lum X planeta 
ta’sirida vujudga kelsa kerak», degan xulosani hosil qiluvchi muhokamaning amalga 
oshayotganini kо‘ramiz. 
Uning formulasi quyidagicha bо‘ladi: 
A, V, S lar a, v, s, d larni keltirib chiqaradi. 
A a ni keltirib chiqaradi. 
V v ni keltirib chiqaradi. 
S s ni keltirib chiqaradi. 
Ehtimol, qandaydir X mavjud bо‘lib, u d ni keltirib chiqarayotgan bо‘lsa kerak. 
Demak, qoldiqlar metodi mohiyatini shunday ifodalash mumkin: 
agar 
о‘rganilayotgan murakkab hodisani tashkil etuvchi hodisaning (yoki hodisa 
qismining) bitta holatdan boshqa holatlar bilan aloqasi zaruriy tavsifga ega 
bо‘lmasa, ana shu qoldiq holat mazkur hodisaning (hodisa qismining) sababi bо‘lishi 
mumkin.
Ilmiy induksiyaning boshqa metodlari singari qoldiqlar metodi ham ehtimoliy 
bilim olish vositasi hisoblanadi.
Shunday qilib, sababiy aloqadorlikni aniqlashning biz kо‘rib chiqqan induktiv 
metodlari о‘z mantiqiy tarkibiga kо‘ra yetarli darajadagi murakkab muhokama 
yuritish usullari bо‘lib, ularda induktiv umumlashtirish deduktiv xulosa chiqarish 
ishtirokida amalga oshiriladi. Xususan, deduksiya tasodifiy holatlarni muhokama 


309 
jarayonidan chiqarib tashlash (eliminatsiya qilish) yо‘li bilan (ayiruvchi-qat’iy 
sillogizmning tollendo ponens modusi asosida) induktiv umumlashtirish yо‘nalishini 
belgilash, uning xulosasi asoslanganlik, ishonchlilik darajasining ortishiga xizmat 
qiladi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish