O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Ilmiy induksiya metodlari 
О‘xshashlik metodi. 
Unda о‘rganilayotgan hodisaning sababi haqidagi xulosa 
shu hodisaning kuzatilayotgan tomonlarini solishtirish, ularning о‘xshash tomonini 
aniqlash asosida hosil qilinadi. Masalan, kimyoviy tarkibi, zichligi, og‘irligi, kattaligi 
turlicha bо‘lgan mayatniklar uzunligi bir xil sterjenlar – ilgaklarga ilinib, harakatga 
keltirilganda, bir xil tebranish davriga ega bо‘lgan. Bunda hodisaning vujudga kelishi 
kuzatilayotgan barcha hollarda undan avval kelayotgan holatlarning faqat bittasigina 
takrorlanadi. Ana shunga tayanib, mazkur takrorlanuvchi holat kuzatilayotgan 
hodisaning vujudga kelishi sababi bо‘lsa kerak, degan tarzda taxminiy xulosa 
chiqariladi.
 
О‘xshashlik metodi bо‘yicha muhokama yuritish shakli quyidagi kо‘rinishga 
ega: 
holl
ar 
Hodisa vujudga kelishdan avval mavjud bо‘lgan holatlar 
Hodisa 

AVS 


DEV 


VSD 

Ehtimol, V holat d hodisaning sababidir. 
Demak, о‘xshashlik metodining mohiyatini quyidagicha ifodalasa bо‘ladi: 
Agar hodisaning kuzatilayotgan hollari uchun faqat bitta holatgina umumiy 
bо‘lsa, ana shu holat mazkur hodisaning sababidir.
О‘xshashlik metodining amalga oshish mexanizmi quyidagi mantiqiy amallarni 
о‘z ichiga oladi. 
Birinchidan, о‘rganilayotgan hodisaning taxminiy sabablari haqida ma’lumot 
tо‘planadi. Bizning shaklda bu A, V, S, D, YE holatlari bо‘lib, ular d hodisasining 
paydo bо‘lishiga sabab bо‘luvchi holatlar sifatida olib qaralgan. Uni «A yoki V yoki 
S yoki D yoki YE d hodisasini keltirib chiqaradi» shaklidagi dizyunktiv hukm deb 


304 
qabul qilsak bо‘ladi. 
Ikkinchidan, mavjud holatlar ichidan kuzatilayotgan hodisa bilan zaruriy 
ravishda bog‘lanmagan, sababiy aloqadorlikka xos belgilarga ega bо‘lmagan holatlar 
chiqarib yuboriladi. Yuqoridagi sxemada d hodisasi birinchi holda D va YE holatlari, 
ikkinchi holda A va S holatlari, uchinchi holda A va YE holatlari bо‘lmaganda ham 
vujudga kelyapti. Ana shuning uchun ular zaruriy ravishda bog‘lanmagan va demak, 
uning sababi bо‘la olmaydigan holatlar sifatida muhokamadan chiqarib yuborilishi 
kerak. Uni, «A ham S ham D ham YE ham d hodisasining sababi emas», degan 
kо‘rinishdagi inkor hukmdan iborat, deb olishimiz mumkin. 
Ushbu amaldan keyin hodisaning asl sababi bо‘lishi mumkin bо‘lgan holatlar 
doirasi qisqaradi. 
Uchinchidan, barcha hollar uchun о‘xshash bо‘lgan, hammasida turg‘un 
ravishda takrorlanadigan holat ajratib olinadi. Bizning shaklda u V holatidan iborat. 
Aynan ana shu holat kuzatilgan hollarda boshqa о‘xshash holatlar bо‘lmagani 
uchun, hodisaning sababi bо‘lsa kerak, deb taxmin qilinadi. 
Yuqorida sodir etilgan mantiqiy amallar natijasini tо‘plab, tartibga solsak
yuritilgan muhokamaning umumiy shakli ayiruvchi-qat’iy sillogizmning tasdiq-inkor 
(tollendo ponens) modusi shaklida ekanligini kо‘ramiz: 
A yoki V yoki S yoki D yoki YE d hodisasini keltirib chiqaradi. 
A ham S ham D ham YE ham d hodisasining sababi emas. 
Ehtimol, V holat d hodisaning sababidir. 
О‘xshashlik metodidan foydalanib hosil qilingan xulosaning asoslanganlik 
darajasi kо‘p omillarga, xususan, kuzatish va eksperiment о‘tkazilayotgan 
sharoitlarning xilma-xilligi, kо‘rib chiqilayotgan hollarning miqdori va shu kabilarga 
bog‘liq. Agar о‘xshash holat kuzatilayotgan holatlar soni qanchalik kо‘p bо‘lsa, u 
holat turli xil sharoitlarda har xil boshqa holatlar bilan turlicha komplekslarda olinsa, 
uning vujudga kelayotgan hodisaning sababi bо‘lish ehtimoli ortadi. 
Lekin shunga qaramay bu metod yordamida olingan xulosaning chinligi 
ehtimoliy xarakterga egaligicha qolaveradi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish