Tayanch tushunchalar
Xulosa
chiqarish,
deduktiv xulosa
chiqarish,
sillogizm,
entimema,
polisillogizm, epixeyrema, sorit, induktiv xulosa chiqarish, tо‘liq induksiya, tо‘liqsiz
induksiya, ommabop induksiya, ilmiy induksiya, ilmiy induksiya metodlari, statistik
313
umumlashtirish, analogiya, xususiyatlar analogiyasi, munosabat analogiyasi,
modellashtirish.
Takrorlash uchun savollar
1. Xulosa chiqarish nima?
2. Xulosa chiqarishning tarkibi qanday?
3. Xulosa chiqarishning qanday turlari mavjud?
4. Deduktiv xulosa chiqarishning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
5. Bevosita xulosa chiqarish qanday shakllarda amalga oshadi?
6. Oddiy qat’iy sillogizmning tarkibi qanday?
7. Sillogizm figuralari va moduslari qanday hosil bо‘ladi?
8. Entimema nima?
9. Murakkab sillogizmlar nima?
10.Induksiya va tajriba о‘zaro qanday aloqada?
11.Tо‘liq va tо‘liqsiz induksiyalarning bir-biridan farqi nimada?
12.Ilmiy induksiya nima?
13.Sababiy aloqadorlikni aniqlashning qanday induktiv metodlari mavjud?
14.Analogiya bо‘yicha xulosa chiqarishning asosiy xususiyatlari nimalardan
iborat?
15.Analogiya va modellashtirish о‘zaro qanday aloqada?
314
12-MAVZU. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY
SHAKLLARI.
Yurtimizning
gullab-yashnashi,
barqaror,
mustahkam
bо‘lishi asosan
yoshlarning ongli, bilimli, komil inson bо‘lishlariga bog‘liq. Bu haqda О‘zbekiston
Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimov shunday deb ta’kidlagan: «Komil
inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan
о‘zgalarga ibrat bо‘la oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli,
bilimli odamlarni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bо‘lmaydi. U har bir narsani aql,
mantiq tarozisiga solib kо‘radi. О‘z fikr-о‘yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi
yetuk odam bо‘ladi»
Chuqur tahlilga, mantiqqa asoslanmagan bir yoqlama fikr odamlarni chalg‘itadi.
Faqat bahs-munozara, tahlilga asoslangan tо‘g‘ri xulosalargina haqiqatni bilishga yо‘l
ochadi.
Bahs, munozara yuritishning, chin fikrlarni isbotlay bilishning, xato fikrlarni rad
etishning о‘ziga xos qonun-qoidalari mavjud. Bu qoidalarni bilish har bir insonga,
shu jumladan, talabalarga chin fikrni xato fikrdan ajrata bilish, tо‘g‘ri tafakkurlash
madaniyatini shakllantirish imkonini beradi.
Kishilarning amaliy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ular qо‘llayotgan bilimlarning
qay darajada chin bо‘lishiga, ya’ni bu bilimlarning voqelikni qanchalik tо‘g‘ri aks
ettirishiga bog‘liq. Xato fikrlar predmetlarning real aloqalari va munosabatlarini
buzib kо‘rsatadi, bilishda kо‘p chalkashliklarga olib keladi. Shuning uchun ham
bilish jarayonida har bir fikrni tо‘g‘ri qurishga erishish, uning chinligini dalillar bilan
kо‘rsata olish, xato fikrlarni esa rad qila bilish muhim ahamiyatga ega.
Fikrning chin yoki xatoligini kо‘rsatish uchun uni hodisaning (faktning) о‘zi
bilan solishtirish mumkin. Lekin kо‘p hollarda bilish jarayonida natijalarning chin
yoki xatoligi ularni ilgari vujudga kelgan bilimlar bilan bog‘lash orqali aniqlanadi.
Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli asoslashdir.
Faktlar va boshqa dalillarga tayanib yuritiladigan, chinligi asoslangan fikr
yuksak ishontirish kuchiga ega bо‘ladi, kishilarda ishonch-e’tiqodni shakllantiradi.
Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega bо‘lgan e’tiqodni yaratishdan iborat. Asoslash
315
ishonch-e’tiqodni shakllantirish vositasidir.
Ishonch-e’tiqod bu kishilarning xulq-atvori va xatti-harakatlarini belgilab
beradigan qarashlari va tasavvurlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |