O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

 
 


323 
13-MAVZU. AXLOQSHUNOSLIKNING PREDMETI, TADQIQOT DOIRASI VA 
VAZIFALARI. 
 
Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va moxiyatini, kishining jamiyatdagi 
axloqiy munosabatlarini urganadi. «Axloq» suzi arabchadan olingan bo’lib, «xulk» 
suzining kuplik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha 
sifatida fanning tadqiqot obyektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-
atvori va xatti-xarakatining eng kamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy 
tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bulsak, doiraning eng 
kichik qismini odob, undan kattarok qismini xulk, eng kamrovli qismini axloq 
egallaydi. 
Odob
– inson xakida yokimli taassurot uygotadigan, lekin jamoa, jamiyat va 
insoniyat xayotida u kadar muxim axamiyatga ega bulmaydigan, milliy urf-odatlarga 
asoslangan chiroyli xatti-xarakatlarni uz ichiga oladi. 
Xulk
– oila, jamoa, maxalla-kuy mikyosida axamiyatli bulgan, ammo jamiyat va 
insoniyat xayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydigan yokimli insoniy xatti-
xarakatlarning majmui. 
Axloq 
esa – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bula oladigan ijobiy 
xatti-xarakatlar yigindisidir. 
Bu fikrlarimizni misollar orkali tushuntirishga xarakat qilamiz. Deylik, metroda 
yoshgina yigit, talaba xamma qatori utiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi 
chikib, uning ruparasida tik turib koldi. Agar talaba darxol: «utiring, otaxon!» deb joy 
bushatsa, u chiroyli a’mol kilgan buladi; chetdan karab turganlar unga ich-ichidan 
minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan», deb kuyadi. 
Aksincha, talaba yo teskari karab olsa, yoki uzini mudraganga solib, kariyaga joy 
bushatmasa, gashimiz keladi, kunglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan 
fikr utadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uygotadi. Lekin, ayni paytda, talabaning 
kariyaga joy bushatgani yoki bushatmagani okibatida vagondagi yulovchilar xayotida 
biror-bir ijobiymi, salbiymi – muxim uzgarish ruy bermaydi. 


324 
Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: maxallamizdagi oila boshliqlaridan 
biri imkon boricha quni-qushnilarning barcha ma’rakalarida xizmatda turadi, xech 
kimdan kulidan kelgan yordamini ayamaydi, ochiq kungil, ochiq qul, doimo o’z 
bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mexribon va x. k. Unday 
odamni biz xushxulk inson deymiz va unga maxallamizning namunasi sifatida 
qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bulsa, u quni-qushnilar bilan kupol muomala qilsa, to’y 
– ma’rakalarda janjal ko’tarsa, sal gapga udagaylab, musht uqtalsa, ichib kelib, 
oilada xotin-bolalarini urib, xaqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan 
oilasi, ba’zi shaxslar jabr kuradi, maxalladagilarning tinchi buziladi, lekin xatti-
xarakatlari jamiyat ijtimoiy xayotiga yoki insoniyat tarixiga biror bir ta’sir 
utkazmaydi. 
Axloqqa kelsak, masala jiddiy moxiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yoxud 
viloyat prokurori uzi mas’ul xududda doimo qonun ustuvorligini, adolat karor 
topishini kuzlab ish yuritadi, lozim bulsa, xokimning noqonuniy farmoyishlariga 
qarshi chikib, ularning bekor qilinishiga erishadi; oddiy fuqaro nazdida nafaqat o’z 
kasbini e’zozlovchi shaxs, balki xaqiqiy huquq posboni, adolatli tuzum timsoli 
tarzida gavdalanadi; u – umrini millat, Vatan va inson manfaatiga bagishlagan yuksak 
axloq egasi; u, uzi yashayotgan jamiyat uchun namuna bularok, usha jamiyatning 
yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha, qonun 
ximoyachisi bulaturib, uzi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yulida okni kora, korani 
ok deb tursa, u axloqsizlik kilgan buladi: oddiy fukoro nazdida birgina kishi prokuror-
amaldor emas, balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uygonadi. Bu 
tasavvurning muntazam kuchayib borishi esa, oxir-okibat usha jamiyat yoki tuzumni 
tanazzulga olib keladi
19

Axloqshunoslikdagi tushunchalar (kategoriya) ning shaklari xilma-xil bo’lib, 
mazmunida axloqshunoslik talab qiladigan jarayonlar ifoda etiladi. Kategoriya – 
yunoncha so’z bo’lib, ta‘rif berish, fikr aytish ma‘nolarni anglatadi.
19
Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. — T.: O’zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. — 42b. 


325 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish