Islom karimov o‘zbekiston erishgan yutuq va marralar — biz tanlagan islohotlar yo‘lining tasdig‘idir



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/35
Sana20.02.2022
Hajmi1 Mb.
#461254
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
Bog'liq
Islom Karimov. Asarlar. 22-jild. O\'zbekiston erishgan yutuq va marralar - biz tanlagan islohotlar yo\'lining tasdig\'idir

“BARKAMOL AVLOD” SPORT O‘YINLARI 
QATNASHCHILARIGA 
Qadrli farzandlarim! 
Avvalambor, siz, aziz bolalarimni, sizlarni qutlab turgan muhtaram 
ustoz-murabbiylar, ota-onalar, yoru do‘stlaringizni O‘zbekiston hayotidagi 
ulkan voqea – yoshlik, kamolot va sport bayrami – “Barkamol avlod” 
o‘yinlarining tantanali ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy 
muborakbod etaman, barcha-barchangizga sog‘lik-salomatlik, baxt-saodat, 
yangi-yangi omadlar tilashdan baxtiyorman. 
Ayni shu kunlarda yanada chiroy ochib borayotgan Namangan 
zaminiga, ushbu musobaqalarga chuqur tayyorgarlik ko‘rib, sizlarni 
bag‘rini keng ochib kutib olayotgan, mehr-oqibat, odamiylik kabi 
fazilatlarning o‘rnini, qadrini biladigan, mehnatkash va mehmondo‘st 
Namangan ahliga, mana shu muazzam stadionda to‘planib turgan 
sizlarning barchangizga o‘zimning yuksak hurmatimni izhor etishdan 
xursandman. 
Aziz bolalarim, farzandlarim! 
Biz bugun mamlakatimizda yangi davlat, yangi jamiyat barpo 
etmoqdamiz. Lo‘nda qilib aytganda, biz o‘z oldimizga qo‘ygan buyuk 
maqsadlar, ya’ni, dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga 
kirish, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini oshirish, o‘z 
erkinligimizni, o‘z mustaqilligimizni himoya qilishga qodir bo‘lish, jahon 
miqyosida o‘zimizga munosib o‘rin egallash – 
bunday ulug‘vor vazifalar 
bugungi kunda, hech shubhasiz, barchamizga yaxshi ayondir.
Albatta, bunday oliy maqsadlarga erishish barchamizdan og‘ir va 
mashaqqatli mehnatni, katta sinovlardan o‘tish, boshlagan yo‘limizni 
davom ettirishni, fidoyilikni, bir yoqadan bosh chiqarib, birdamlik bilan 
harakat qilishni, kurashishni talab etadi. 
Yana bir fikrni chuqur anglab olishni istardim. Biz ko‘zlagan yuksak 
marralarga erishishning eng katta, eng muhim sharti va omili – bu 
avvalambor ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom, hech kimdan 
kam bo‘lmasdan, boshini baland ko‘tarib yashaydigan, Vatanimizning 
taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan 
barkamol avlodimiz, mana shu muhtasham stadionda to‘plangan sizlar kabi 
ming-minglab yoshlarimiz, o‘z farzandlarimizdir. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
150
Biz orzu qilgan, biz intilayotgan buyuk kelajagimizni qurishda, barpo 
etishda biz siz, azizlarni eng katta ishonchimiz, eng katta tayanchimiz, deb 
bilamiz. 
Hech shubhasiz aytish mumkin – bugungi kunda ona yurtimizda 
dunyodagi boshqa mamlakatlarning havasini tortayotgan zamonaviy ta’lim 
va tarbiya tizimi, o‘quv maskanlari barpo etilgan. Bolalarimiz to‘qqiz yillik 
umumta’lim maktablarini bitirib, qishloq va shaharlarimizda yangitdan 
qurilgan 1500 dan ziyod eng zamonaviy litsey va kollejlarda 3-yil 
davomida tahsil oladi. Bu o‘quv yurtlari eng ilg‘or ilm-fan va taraqqiyot 
sirlarini o‘zlashtirishga, 2-3 ta kasb-hunarni, xorijiy tillarni, Internet va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashga imkon 
yaratadi va bugungi zamon talabiga javob beradigan yetuk mutaxassislarni 
tayyorlaydi. 
Eng muhimi, yigit va qizlarimiz ana shu litsey va kollejlarni bitirib, o‘z 
ona yurtiga, o‘z Vataniga sadoqatli bo‘lish maktabini o‘taydi, hayotga 
ongli qadam qo‘yishga, jamiyatda o‘ziga munosib o‘rin topishga tayyor 
bo‘ladi. 
Mening ishonchim komil – ham bilim, ham kasb-hunar beradigan 
bunday o‘quv yurti, bilim o‘chog‘ini bitirib chiqqan siz aziz 
bolalarimizning har biri, mana, men hech kimdan kam bo‘lmay, ozod 
Vatanda voyaga yetdim, endi mening kelajagim o‘z qo‘limda, ota-onam, 
el-yurtimning ishonchini oqlayman, degan fikr bilan yashashi muqarrar. 
Bunday avlodning qaddi ham, qadri ham baland, ertangi kuni albatta 
yorug‘ bo‘ladi. 
Hurmatli musobaqa ishtirokchilari! 
Bugungi kunda unib-o‘sib kelayotgan, barkamol avlod bo‘lib voyaga 
yetayotgan yoshlarimizning barchasi o‘z hayoti, o‘z kelajagini sportsiz 
tasavvur etolmaydi, desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman. 
Sizlarning bilim va kasb-hunar cho‘qqilarini egallash bilan birga, 
sportga mehr qo‘yib, xalqaro olimpiada o‘yinlarining barcha belgi-
alomatlarini o‘zida mujassam etgan ushbu “kichik Olimpiada”ning final 
bosqichiga yetib kelish uchun qanday tinimsiz mashq qilganingiz, iroda va 
mahorat ko‘rsatib, qanday sinov va qiyinchiliklarni yengib o‘tganingizni 
men o‘zimga yaxshi tasavvur qilaman. Sizlarning mana shunday marralarni 
qo‘lga kiritganingizning o‘zi, hech shubhasiz, katta g‘alaba. 
Agar 2011-yilda bo‘lib o‘tgan “Barkamol avlod” musobaqalarining 
saralash bosqichida 700 mingdan ortiq o‘quvchi ishtirok etgan bo‘lsa, 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
151
2014-yilda bu raqam 810 ming nafarni tashkil etayotgani ham, mazkur 
bellashuvlarning qamrovi kengayib, kurash maydonlaridagi bahslar 
naqadar qizg‘in va murosasiz kechganidan dalolat beradi. 
Barchamiz yaxshi bilamizki, hayotdagi har qanday yutuq, ayniqsa, 
sport olamidagi g‘alaba o‘z-o‘zidan kelmaydi. Sport maydonlarida 
erishiladigan yutuq – bu avvalo butun borlig‘ini safarbar etib, o‘z oldiga 
qo‘ygan maqsad yo‘lida o‘zini yengib, o‘zini ayamasdan, kurashib 
yashaydigan insonning yutug‘i, ana shu insonni tarbiyalab voyaga 
yetkazgan ta’lim-tarbiya maskanining, butun jamiyatimizning yutug‘idir. 
Hech ikkilanmasdan aytish mumkin: katta sportga intilgan, bu yo‘lda 
endigina o‘zining ilk qadamini qo‘yayotgan har qaysi yosh sportchimiz 
bugun jahon maydonlarida Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib 
kelayotgan, nomlari butun O‘zbekistonda mashhur bo‘lgan o‘nlab-yuzlab 
sportchilardan o‘rnak va ibrat oladi. 
Shular 
qatorida 
boks 
bo‘yicha 
jahon 
chempioni 
Bektemir 
Meliqo‘ziyev, stol tennisi bo‘yicha xalqaro turnir g‘olibi Tohir Salimov, 
dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining kumush medali sovrindori Sarvar 
Shomurodov, shaxmat bo‘yicha jahon chempionati sovrindori Mohinur 
Qahramonova, boks, tennis, og‘ir atletika, stol tennisi bo‘yicha xalqaro 
turnirlar g‘oliblari Sunnatilla Bahodirov, Humoyun Sultonov, Otaxon 
Imomov hamda Saidaxon Kazakova, yunon-rum kurashi, taekvondo va 
dzyudo 
bo‘yicha 
Osiyo 
chempionati 
sovrindorlari 
Qamariddin 
Zayniddinov, Temur Hakimov, G‘afur Aktamov singari iste’dodli 
yoshlarimizning nomlarini bugun hurmat bilan tilga olamiz. 
Aziz va suyukli farzandlarim! 
Barchangizning hayotingizda yorqin sahifa bo‘lib qoladigan, qizg‘in 
va halol kurashlar ruhida, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik muhitida o‘tadigan 
musobaqalarda sizlarga muvaffaqiyat tilar ekanman, bir fikrni takror va 
takror aytmoqchiman. 
Biz o‘z oldimizga qo‘ygan buyuk marralarni egallash yo‘lida kundalik 
hayotimizda amalga oshirayotgan, butun dunyo tan olayotgan reja va 
dasturlarimiz, o‘sish sur’atlarimiz, kundan-kunga qiyofasi o‘zgarib, kuch-
qudratga to‘lib borayotgan go‘zal va betakror ona yurtimiz, eng muhimi, 
rivojlangan mamlakatlardagi tengdoshlari bilan tillashuv va bellashuvga 
tayyor bo‘lib, tobora hal qiluvchi kuch darajasiga ko‘tarilayotgan siz, aziz 
yoshlarimiz, farzandlarimiz bilan biz ko‘zlagan maqsadlarimizga albatta 
erishamiz. Bunga hech qanday shubha bo‘lmasligi kerak. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
152

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish