www.ziyouz.com
kutubxonasi
153
“O‘ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT DASTURINI AMALGA
OSHIRISHNING MUHIM ZAXIRALARI” MAVZUSIDAGI
XALQARO KONFERENSIYANING OCHILISH MAROSIMIDAGI
NUTQ
Hurmatli konferensiya ishtirokchilari, xonimlar va janoblar!
Siz, aziz mehmonlarimizni, xalqaro konferensiya ishtirokchilarini –
nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar hukumatlari vakillari, olimlar
va mutaxassis-amaliyotchilar, iqtisodiyotning agrar sektorida faoliyat
ko‘rsatayotgan
kompaniyalar, banklar va boshqa moliya institutlari
rahbarlarini qutlash va mazkur forumda qatnashayotganingiz uchun yuksak
hurmat-ehtirom va samimiy minnatdorlik bildirish menga katta
mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi
tashkiloti (FAO) bosh direktori Joze Gratsianu da Silva, Jahon sog‘liqni
saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakob,
Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti
Ven Say Chjang, Yevropa
Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Yanush Xerman,
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibining o‘rinbosari Hamid Opeloyer,
Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti bosh direktori Jan-Mari Oran,
Jahon bankining Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish masalalari
bo‘yicha bo‘limi
rahbari Loran Debr, Islom taraqqiyot bankining Qishloq
xo‘jaligini rivojlantirish departamenti direktori Demba Ba, Belgiya
Parlamenti Senatining a’zosi Dominik Tilmans, Bolgariya qishloq xo‘jaligi
va oziq-ovqat vaziri Dimitar Grekov va forumdagi ishtiroki bilan bugungi
anjumanimizning ahamiyatini yanada oshirayotgan boshqa qadrli
mehmonlarimizga alohida minnatdorlik bildiraman.
Konferensiyada 40 ta mamlakatdan va 20 ta xalqaro tashkilotdan 200
nafardan ziyod mehmon ishtirok etmoqda.
Muhtaram anjuman qatnashchilari!
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan
xalqaro
ekspert tadqiqotlari jahonda va uning ayrim mintaqalarida ushbu muammo
bilan bog‘liq murakkab vaziyat yuzaga kelayotgani jiddiy tashvish va
xavotir uyg‘otayotganini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda mazkur muammo
jahon hamjamiyati uchun o‘ta dolzarb va jiddiy tahdidlar qatoriga
kiritilmoqda.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
154
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hamda Jahon
sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra,
hozirgi vaqtda dunyoda
840 milliondan ortiq kishi, ya’ni deyarli har sakkiz odamning biri to‘yib
ovqatlanmayapti, sayyoramiz aholisining 30 foizidan ziyodi to‘laqonli
ravishda ovqatlanmaslik, eng asosiy mikroelement va vitaminlar
yetishmasligi muammosini boshidan kechirmoqda. Ana shunday sabablar
tufayli 160 milliondan ortiq bola bo‘yining o‘sishi, jismoniy va intellektual
rivojlanishiga doir kamchiliklardan aziyat chekmoqda.
2008-yilda boshlangan inqiroz bilan bog‘liq
voqealar barchamizning
esimizda, o‘shanda jahon miqyosida narx-navo ko‘tarilib, oziq-ovqat
ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgani Osiyo, Afrika va Lotin
Amerikasining ko‘plab davlatlarida norozilik va ommaviy tartibsizliklarga
sabab bo‘lgan, butun dunyoda barqarorlikka nisbatan jiddiy xavf-xatarga
aylangan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: