www.ziyouz.com
kutubxonasi
168
loyihasini amalga oshirishni boshlaganimiz bejiz emas. Uning doirasida
1,8 milliondan ziyod odam istiqomat qilayotgan 315 ming gektar
maydonni
suv
bilan
ta’minlaydigan
irrigatsiya
infratuzilmasi
rekonstruksiya va modernizatsiya qilinadi.
Qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda Jahon bankining ishtiroki
tobora kengayib bormoqda. Umumiy qiymati 380 million dollar bo‘lgan 8
ta loyiha amalga oshirildi, joriy yilda yana umumiy qiymati 450 million
dollarlik ikkita loyihani hayotga tatbiq etish rejalashtirilmoqda.
Janubiy Qoraqalpog‘istonda uzoq muddatli
imtiyozli kreditlar
hisobidan suv resurslarini boshqarishni yaxshilash bo‘yicha 260 million
dollarlik yirik loyihani amalga oshirishga kirishmoqdamiz.
Mazkur loyiha doirasida yaroqsiz holga kelib qolgan 30 ming gektar
yerni qayta tiklash rejalashtirilmoqda. Kelgusida bu maydonlarda
diversifikatsiyalashgan va yuqori darajada mexanizatsiyalashgan oziq-
ovqat mahsulotlari yetishtirish mo‘ljallanmoqda.
Jahon banki bilan hamkorlikda mamlakatimizning yettita viloyatida
amalga oshirilayotgan, bog‘dorchilik va
sabzavotchilikni kompleks
modernizatsiya qilishga qaratilgan, umumiy qiymati 200 million dollar
bo‘lgan loyiha katta istiqbolga ega bo‘lib, uning doirasida urug‘chilik,
o‘simliklar
seleksiyasi
va
muhofazasi
sohasidagi
ilmiy-tadqiqot
salohiyatimizni modernizatsiya qilish va oshirish, shuningdek, zamonaviy
agrotexnologiyalar yo‘nalishida sarmoyalar kiritish maqsadida fermer
xo‘jaliklari va kichik biznes subyektlari uchun
kredit liniyalarini ochish
ko‘zda tutilmoqda.
Mazkur loyihaning istiqbolli va yangiligi BMT qoshidagi Global
ekologik fondning e’tiborini tortgani, fond tomonidan fermer xo‘jaliklarida
ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va yangi zamonaviy uskunalarni xarid
qilishga qaratilgan 13 million dollarlik grant taqdim etilgani quvonarlidir.
Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Xorazm, Jizzax va Sirdaryo
viloyatlarining irrigatsiya tizimlarini qayta tiklash bo‘yicha umumiy
qiymati 143 million dollar bo‘lgan ikkita loyiha amalga oshirilmoqda,
shuningdek, Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni
yaxshilashga qaratilgan loyihani tayyorlashga kirishildi.
Xorijiy sheriklar bilan birgalikda tashkil etilgan,
meva-sabzavot
mahsulotlarini
saqlash,
qayta
ishlash
va
eksport
qilish
bilan
shug‘ullanadigan agrosanoat korxonalari iqtisodiyotimizda tobora katta
o‘rin egallab bormoqda.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
169
O‘zbekistonda
qishloq
xo‘jaligi
sohasida
bugungi
kungacha
Germaniya, Gollandiya, Avstriya, AQSh, Shveytsariya, Xitoy, Janubiy
Koreya, Italiya, Ispaniya kabi 50 ta mamlakatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar jalb etilgan holda, 400 ga yaqin korxona tashkil etildi. Bu
korxonalar yangi mahsulot yetishtirishdan
tortib mahalliy xomashyoni
chuqur qayta ishlash asosida tayyor oziq-ovqat tovarlari ishlab
chiqarishgacha bo‘lgan yo‘nalishlarda faoliyat olib bormoqda.
Ana shu korxonalarda o‘ta yuqori haroratda ishlov berish, aseptik
usulda konservalash, muzlatish va sun’iy quritish usullari to‘liq
o‘zlashtirilgan. 2013-yilning o‘zida bu korxonalar tomonidan qiymati 800
million dollardan ortiq bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarildi, jumladan, 200
million dollardan ziyod mahsulot eksport qilindi.
Yaqin yillarda meva-sabzavot xomashyosini
qayta ishlash va unga
ishlov berish bo‘yicha umumiy qiymati 150 million dollarga yaqin bo‘lgan
265 ta investitsiya loyihasini qo‘shimcha ravishda amalga oshirish ko‘zda
tutilgan. Bu sohaga kiritilgan sarmoyalar ko‘p xarajatni talab etmasligi, shu
bilan birga, 1,5-4-yil ichida o‘zini qoplashi bilan e’tiborli ekanini qayd
etmoqchiman.
Aziz do‘stlar!
Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida hal etishni
talab qilayotgan o‘ta muhim muammolar, hech shubhasiz, shu boradagi
sa’y-harakatlarni yanada muvofiqlashtirish va keng miqyosdagi xalqaro
hamkorlikni, kelajakka qaratilgan yondashuv va xulosalarni birgalikda
ishlab chiqishni taqozo etadi. Va o‘z-o‘zidan
tushunarliki, jahonning turli
mamlakatlarida to‘plangan tajriba va amaliyot bilan tizimli va doimiy
ravishda almashib turishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: