www.ziyouz.com
kutubxonasi
1
ISLOM KARIMOV
O‘ZBEKISTON ERISHGAN
YUTUQ VA MARRALAR —
BIZ TANLAGAN ISLOHOTLAR
YO‘LINING TASDIG‘IDIR
22
Toshkent
«O‘zbekiston»
2015
www.ziyouz.com
kutubxonasi
2
PREZIDENT ISLOM KARIMOVNING “SHARQ
TARONALARI” TO‘QQIZINCHI XALQARO MUSIQA
FESTIVALINING OCHILISHIGA BAG‘ISHLANGAN
TANTANALI MAROSIMDAGI TABRIK SO‘ZI
Muhtaram festival qatnashchilari!
Qadrli mehmonlar!
Xonimlar va janoblar!
Avvalo, dunyoning qadimiy shaharlaridan biri bo‘lmish Samarqand
shahrida, mana shu muhtasham Registon maydonida to‘planib turgan siz,
aziz “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali ishtirokchilarini qutlashga,
barcha-barchangizga o‘zimning samimiy hurmat-ehtiromimni bildirishga
ruxsat bergaysiz.
Bugungi musiqa va san’at forumida qatnashayotgan yuksak martabali
mehmonlarimizga – YUNESKO Bosh direktori Irina Bokova xonimga,
Xalqaro madaniyat va san’at uyushmasi bosh kotibi Kuo Li Min xonimga,
Xalqaro folklor ijodiyoti tashkiloti bosh kotibi janob Mun Xyung Sukka,
Osiyo xalqaro san’at festivallari uyushmasi raisi janob Chen Shenglayga,
Koreya Respublikasi Prezidentining madaniyat va san’at siyosati
masalalari bo‘yicha maslahatchisi janob Xyung Van Li va boshqa qadrli
do‘stlarimizga o‘zimning chuqur hurmat va tashakkurimni izhor etaman.
Festivalimizda xalqaro miqyosda keng tanilgan mashhur musiqa
arboblari – Marokashdagi “Timitar” xalqaro musiqa festivali rahbari janob
Braxim El Mazned, Yapon musiqa assotsiatsiyasi prezidenti janob Kavase
Tadasuke, shuningdek, Afg‘oniston axborot va madaniyat vaziri janob
doktor Said Mahdum Raxin, Kuala-Lumpur shahri meri janob Datuk
Ahmad Feysal Tolib qatnashayotgani bizning anjumanimizga alohida
e’tirof va nufuz bag‘ishlaydi.
Xalqaro festivalimizda yana bir hurmatli mehmonimiz – Amerika
Qo‘shma Shtatlari Kongressining a’zosi, taniqli siyosatchi janob Jeyms
Patrik Moranning ishtirok etayotgani barchamizga katta mamnuniyat
yetkazadi.
Shu fursatdan foydalanib, bugun musiqa bayramimizda hozir bo‘lgan
xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi muhtaram elchilari va vakillarini
qutlashni istardim.
Bugun
biz
jahonning 52 ta davlatidan kelgan siz,
aziz
www.ziyouz.com
kutubxonasi
3
mehmonlarimizni sharqona ehtirom bilan “Xush kelibsiz azim Samarqand
zaminiga, xush kelibsiz mehmondo‘st O‘zbekistonimizga!” deb kutib
olamiz.
Hurmatli do‘stlar!
Bugun biz “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini yurtimizda
to‘qqizinchi bor o‘tkazmoqdamiz. Har safar navbatdagi festivalni o‘tkazar
ekanmiz, mazkur anjumanni dunyoning eng ko‘hna shaharlaridan biri
bo‘lgan Samarqandda o‘tkazish haqida YuNESKO tomonidan qo‘llab-
quvvatlangan qarorimiz naqadar to‘g‘ri bo‘lganiga takror va takror ishonch
hosil qilamiz.
Asrlar
davomida
umumbashariy
madaniyat
va
sivilizatsiya
markazlaridan biri bo‘lib kelayotgan, afsonaviy Sharq timsoli, o‘zining
yetti iqlimga mashhur me’moriy obidalari, buyuk salohiyati, go‘zal va
so‘lim tabiati bilan har qanday odamni o‘ziga maftun etadigan bu tarixiy
shahar eng yuksak xalqaro anjumanlarni o‘zida qabul qilishga har
tomonlama munosibdir.
Bunday ulug‘vor va tabarruk shaharning yuragi bo‘lmish, Registon deb
nom olgan, dunyoda kam uchraydigan bu muhtasham sahna, hech
shubhasiz, milliy mumtoz taronalarga yangicha, betakror go‘zallik va
nafosat baxsh etadi, ming-minglab san’at muxlislari xotirasida o‘chmas iz
qoldiradi.
Aynan Samarqand zaminida poydevor qo‘yilgan “Sharq taronalari”
festivalining o‘z oldiga qo‘ygan g‘oya va maqsadlarini qisqacha ifoda
qiladigan bo‘lsak, ular avvalambor musiqa san’atini ulug‘lashga, uning
odamlarga bo‘lgan ta’sirini oshirish, ezgu orzu-umidlarni musiqa orqali
tarannum etishga va shu asosda dunyodagi turli millat va elatlarning
vakillarini hech qanday tarjimonsiz bir-biriga bog‘lash, do‘stlik va
hamjihatlikni yanada mustahkamlashga qaratilgani bilan ayniqsa
e’tiborlidir.
Muhtaram festival qatnashchilari!
Biz barchamiz sizlarning timsolingizda ana shunday buyuk va bebaho
ma’naviy boylikni asrab-avaylash va rivojlantirish yo‘lida beg‘araz xizmat
qilayotgan, Sharqning mumtoz san’atini yangi-yangi yosh avlodlarga
bezavol yetkazib kelayotgan fidoyi insonlarni, mohir san’at ustalari va
ustozlarini ko‘ramiz.
Shu ma’noda, bugun biz boshimizdan kechirayotgan notinch va o‘ta
murakkab bir zamonda xalqlarni bir-biriga o‘zaro yaqinlashtirish,
www.ziyouz.com
kutubxonasi
4
mushtarak ildizlarni bir-biriga payvand etishda, mintaqa va butun dunyoda
tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash yo‘lida musiqa san’atining
beqiyos kuchi va ta’sirini namoyon etishda “Sharq taronalari” kabi
festivallarning ahamiyatini o‘lchash va qiyoslash qiyin, desam, haqiqatni
aytgan bo‘laman.
Ayni mana shunday olijanob maqsadlarni o‘z zimmasiga olgan, turli-
turli mintaqa va mamlakatlardan kelgan siz, hurmatli madaniyat vakillarini
aziz mehmonlarimiz sifatida qabul qilamiz, sizga berilgan iste’dod va
talant oldida ta’zim qilamiz.
Aziz festival ishtirokchilari!
Tobora ulkan obro‘ va e’tibor topib borayotgan “Sharq taronalari”
xalqaro musiqa anjumanini yuksak darajada o‘tkazish uchun puxta
tayyorgarlik ko‘rish va kerakli imkoniyatlarni tug‘dirish albatta
tashkilotchilardan, avvalo Samarqand ahlidan katta mas’uliyat talab
etishini hammamiz yaxshi tushunamiz.
Bugun hech ikkilanmasdan aytish mumkin: ayni shunday tayyorgarlik
ishlarida jonbozlik ko‘rsatgan, o‘zining mehmondo‘stligi, ajoyib fazilatlari
bilan dunyoda nom qozongan Samarqand ahliga barchangizning
nomingizdan, shaxsan o‘z nomimdan samimiy minnatdorlik bildirishni
o‘zimning burchim deb bilaman.
Fursatdan foydalanib, shu azim shaharda tug‘ilib o‘sgan, voyaga
yetgan inson sifatida men uchun doimo aziz va qadrdon bo‘lgan
Samarqand xalqiga, keksayu yosh barcha hurmatli hamyurtlarimga
farzandlik mehrim va sadoqatimni yana bir bor izhor etish menga cheksiz
xursandchilik va baland ruh bag‘ishlaydi.
Aziz yurtdoshlarim!
Muhtaram mehmonlar!
Barchangizni bag‘rimga bosib, bugungi go‘zal bayram bilan – “Sharq
taronalari” xalqaro musiqa festivalining ochilishi bilan yana bir bor
tabriklayman.
Hammangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, anjuman ishiga
muvaffaqiyat tilayman.
E’tiboringiz uchun rahmat.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
5
Do'stlaringiz bilan baham: |