MDH makonida zo‘ravonlik va murosasizlik g‘oyalarini
ochiq-oydin targ‘ib qilayotgan turli ekstremistik tashkilotlar faolligi
kun sayin kuchayib borayotganini e’tiborga olgan holda, ekstremizm
va terrorizmga qarshi kurashda Hamdo‘stlik mamlakatlarining o‘zaro
hamkorligini nazarda tutamiz.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
35
Bugun tobora avj olayotgan radikalizm, terrorizm va jangari
ekstremizm mafkurasi nafaqat bir mamlakat yoki muayyan mintaqa
doirasida keng tarqalayotgani, balki
ushbu jarayon milliy chegara
bilmasligi
haqida gapirishning hojati yo‘q. Aynan shu sababli MDHga
a’zo davlatlar hududida har qanday ko‘rinish va shakldagi terrorizm va
ekstremizmga yo‘l qo‘ymaslik muhitini shakllantirish, ushbu xavfli
tahdidlarning paydo bo‘lishi va tarqalishiga ko‘maklashadigan sabab va
sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish uchun birgalikda harakat qilish
zarur.
Bugungi sammitda jinoyatchilik va terrorizm, narkotik vositalarning
noqonuniy aylanishiga qarshi hamkorlikda kurashish bo‘yicha chora-
tadbirlar dasturi, shuningdek, Axborot texnologiyalaridan foydalangan
holda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik
konsepsiyasining qabul qilinishi Hamdo‘stlikka a’zo barcha davlatlarning
uzoq muddatli xavfsizlik manfaatlariga mos keladi.
Ikkinchidan
. Afg‘onistondan AYSAF tinchlikparvar kuchlarining
2014-yilning oxirigacha chiqarilishi, shak-shubhasiz, Afg‘oniston bilan
chegaradosh davlatlar va unga yaqin hududlar uchun jiddiy sinov bo‘ladi.
Dunyodagi aksariyat mamlakatlar Afg‘oniston muammosini hal
etishning yagona yo‘li – bu, ushbu muammoning siyosiy tinch yechimini
topish, o‘zaro kurashayotgan turli tomonlar o‘rtasida BMT shafeligida
muzokaralar o‘tkazish va murosaga kelish, tarkibiga o‘zaro qarama-qarshi
asosiy kuchlar ham kirishi mumkin bo‘lgan muvaqqat hukumatni
shakllantirish zarur, degan xulosaga kelmoqda.
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan qo‘shni davlat sifatida uning ichki
ishlariga aralashmaslik, Afg‘oniston bilan hamkorlikni ikki tomonlama
asosda tashkil etish, Afg‘oniston xalqi saylaydigan hukumatga yordam
berish va uni qo‘llab-quvvatlash siyosatiga qat’iy amal qiladi.
Bunday sharoitlarda har bir mamlakat o‘zi qabul qiladigan chora-
tadbirlarni amalga oshirishi, shuningdek, Afg‘onistondan qo‘shinlarni
chiqarish jarayoni yon-atrofdagi mamlakatlarga ziyon yetkazmasligidan
manfaatdor tomonlarning o‘zaro muvofiqlashgan va maslahatlashgan holda
ish tutishi, eng
muhimi,
yuzaga kelayotgan
sharoitda avvalo
Afg‘onistonning o‘zida tartibsizlik va zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik
mamlakatlarimiz va umuman, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni
saqlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada manfaatdor qudratli
davlatlar amaliy yordam ko‘rsatishi mumkin va darkor.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
36
Do'stlaringiz bilan baham: |